Farg„ona viloyati
28. «Fargona Bek-ota» MCHJ
— go‗sht mahsulotlari ishlab chiqarish
29. «White milk Invest» MCHJ
— sut mahsulotlari ishlab chiqarish
30. «Amin Furkat» MCHJ
— sut mahsulotlari ishlab chiqarish
Xorazm viloyati
31. «Urganch go‗sht» MCHJ
*
— go‗sht mahsulotlari ishlab chiqarish
32. «Go‗zali xulkar» XK
— sut mahsulotlari ishlab chiqarish
33. «Khorezm Nolod» XK
— sut mahsulotlari ishlab chiqarish
34. «Tillo Domor» XK
— sut mahsulotlari ishlab chiqarish
Toshkent shahri
35. «Marmaks» MCHJ QK
— go‗sht konservalari ishlab chiqarish
36. «Gerfed-Impeks» MCHJ
— sut mahsulotlari ishlab chiqarish
15
37. «Tegen group» MCHJ
— go‗sht mahsulotlari ishlab chiqarish
38. «Toshkent sifat sut» MCHJ
— sut mahsulotlari ishlab chiqarish
39. «Rozmetov Z M» MCHJ
— go‗sht mahsulotlari ishlab chiqarish
40. «Gold Tek» MCHJ
— go‗sht mahsulotlari ishlab chiqarish
41. «Delight-Neo» MCHJ
— sut mahsulotlari ishlab chiqarish
42. «Osiyo elga baraka» MCHJ
— go‗sht mahsulotlari ishlab chiqarish
43. «Ibragimov X.N.» XK
— sut mahsulotlari ishlab chiqarish
44. «Best Poultry» MCHJ
— go‗sht mahsulotlari ishlab chiqarish
45. «Vazira biznes» MCHJ
— sut mahsulotlari ishlab chiqarish
Konserva sanoatining vazifalari
Korporativ boshqaruvning jahon amaliyotida qabul qilingan tamoyillari va
usullariga muvofiq respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarish samarali tizimini
shakllantirish, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
qayta jihozlash uchun investitsiyalarni keng jalb etish, meva-sabzavot va boshqa
qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hajmlarini oshirish, ichki hamda
tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‗lgan sifatli mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari
turlarini ishlab chiqarishni ko‗paytirishga alohida e‘tibor berilmoqda.
Respublikamiz qishloq xo‗jalik mahsulotlarini qayta ishlash sohasining
hozirgi bosqichdagi asosiy vazifalari: xom ashyo yetishtiriladigan joylarda
zamonaviy qayta ishlash sexlari va zavodlarini barpo etish, dunyo bozorida
konserva mahsuloti assortimentlarini ko‗paytirishdir.
Konserva sanoatining asosiy vazifalari va yo‗nalishlari etib quyidagilar
belgilansin:
- meva-sabzavot hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ichki va tashqi
bozorlarini o‗rganish bo‗yicha chuqur marketing tadqiqotlari o‗tkazish va buning
asosida tarmoqni o‗rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish dasturlarini ishlab
chiqish;
16
- yuqori qo‗shilgan qiymatga ega, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir
bo‗lgan yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida tarmoq
korxonalarida qishloq xo‗jaligi oziq-ovqat xom ashyosini yanada chuqur qayta
ishlash zamonaviy texnologik siklni tashkil etish;
- qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, qayta ishlash
korxonalari, tayyorlash va sotish tashkilotlari o‗rtasida bozor munosabatlari
asosida, uning tayyorlanishi, saqlanishi, yanada chuqurroq qayta ishlanishi va
sotilishini hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan qishloq xo‗jaligi oziq-ovqat xom
ashyosi harakatining zamonaviy logistikasini keng joriy etish;
- ilg‗or xorijiy texnologiyalar va dizayndan foydalangan holda zamonaviy
tara-qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish;
- meva-sabzavot, go‗sht-sut va boshqa qishloq xo‗jaligi oziq-ovqat xom
ashyosini qayta ishlash bo‗yicha yuqori unumli zamonaviy innovatsiya
texnologiyalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ushbu maqsadlar uchun,
avvalambor, strategik xorijiy investorlarning to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiyalarini
jalb etish;
- qayta ishlangan meva-sabzavot, shuningdek boshqa oziq-ovqat
mahsulotlarining
eksportini
tashkillashtirish,
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish bo‗yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish,
oziq-ovqat mahsulotlari sifatini baholashning zamonaviy xalqaro tizimini ishlab
chiqarishga joriy etish;
- ishlab chiqariladigan mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatsiyalash
bo‗yicha ishlarni tashkillashtirishda tarmoq korxonalariga ko‗maklashish, tarmoq
korxonalariga axborot xizmatlari ko‗rsatish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirishni tashkil etish.
Qishloq xo‗jalik mahsulotlari pishgan davrda katta idishlarda dastlabki qayta
ishlangan holda ularning zahirasini yaratish imkonini bermoqda. Dalalardagi
yig‗ishtirish mavsumi tugagandan so‗ng ushbu mahsulotlarni qayta ishlash
jarayoni oxirigacha olib borilib, mayda taralarga qadoqlanadi. Natijada konserva
17
korxonasining ishlash mavsumi uzayadi.
Insoniyat oldida turgan birinchi navbatdagi eng muhim masala, oziq-ovqat
masalasi bo‗lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‗lib qoladi, Chunki inson
hayoti uchun zarur moddalarni oziq-ovqatdan oladi.
O‗rta yoshli odam bir sutkada o‗rtacha 800 gramm ovqat va 2 litr suv
iste‘mol qilishi kerak.
Hozirgi vaqtda yer yuzi aholisi bir sutkada 4-4,5 mln tonna ovqat iste‘mol
qilayotgan bo‗lsa, 2025 yilga borib bu son juda ortib ketadi, Chunki har bir
sekundda 3 bolani tug‗ilishini hisobga olsak, aholi soni 9,5 - 10 mlrd.ni tashkil
etadi. Shunisi achinarliki, iste‘moldagi ovqat oqsilga boy to‗liq qimmatli
bo‗lmaganligi va o‗z vaqtida tibbiy yordam ko‗rsatilmaganligi oqibatida har yiliga
200 ming yangi tug‗ilgan go‗dak bolalar nobud bo‗lishdek noxush hollar sodir
bo‗lmoqda.
Ana shu og‗ir va mas‘uliyatli vazifa, ya‘ni insoniyatning oziq-ovqatga
bo‗lgan ehtiyojni to‗liq qondirish oziq-ovqat sanoati xodimlarining asosiy
vazifasidir.
Tayyorlangan oziq-ovqat faqat salmog‗i bilangina emas, balki sifati bilan
ham iste‘molchilarga ma‘qul bo‗lishi kerak.
Sifatli oziq-ovqat tayyorlash avvalam bor, xom ashyo tarkibida bo‗lgan va
mahsulotga qo‗shilgan kimyoviy moddalar turlarini, tarkibini, tuzilishini, olinish
usullarini hamda texnologik va organizmda hazm bo‗lish jarayonlarida qanday
o‗zgarishlarga uchrashi mumkinligini bilib olishga bog‗liqdir.
Shunday ekan, aholining konservalangan mahsulotlarga bo‗lgan talabini
qondirish
uchun,
avvalo
Respublikamizdagi
mavjud
bo‗lgan
ichki
imkoniyatlarimizni ishga solish hamda ishlab chiqarishda ishni to‗g‗ri tashkil
qilish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, xorijiy mamlakatlarning bu boradagi
ish tajribalarini o‗rganib, Respublikamiz shart-sharoitlariga mos jihatlaridan
samarali foydalanish katta ahamiyat kasb etadi.
18
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarining
ko‗lamini yanada kengaytirib, ishlab chiqarish korxonalarining xodimlari bilan
nazariyotchi olimlar o‗rtasida integratsiya aloqalarini mustahkamlab, birgalikda
ishni tashkil etilsa, yaqin kelajakda u o‗zining yaxshi samarasini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |