O‘qituvchi faoliyati
O‘quvchi faoliyati
turli topshiriqlar asosida muammoli holat
yaratish;
muammoni hal etishga oid farazlarni
aytishni taklif etish;
tanlangan farazni muammoni bajarishga
tatbiq etish;
xulosalar chiqarishga ko‘maklashish;
chiqarilgan xulosalarni amaliyotga tatbiq
etish yo‘llarini ko‘rsatish.
muammoli holatda ishtirok etish va
muammoni qabul qilish;
farazlarni aytish;
farazlardan mosini muammoni so‘rash
bajarilishiga tatbiq etish;
xulosalar chiqarish;
xulosalarni
amaliyotga
tadbiq
etish
bo‘yicha takliflarini bayon etish.
Muammoli hikoya o‘rganilayotgan mavzu doirasida hikoya boshida, hikoya davomida,
hikoya oxirida talabalar oldiga muammolar qo‘yib, ularning mavzuga qiziqishlarini oshirish
yo‘lidir.
Muammoli ma’ruza: ma’ruzadan oldin o‘quvchilarni mavzuga qiziqtirish maqsadida yoki
ma’ruza oxirida o‘quvchilar oldiga muammolar qo‘yish yo‘li bilan ta’lim maqsadiga erishishdir.
Og‘zaki bayon metodini ishlashining talab darajasida bo‘lishi uchun quyidagilarga
e’tiborni qaratishimiz lozim:
1.
O‘quv xonalarini zamonaviy texnika jihozlari bilan ta’minlash;
2.
Sinf xonalarida ta’lim-tarbiya berish maskanligini hisobga olib, davlatimiz ramzlarini
ifodasi alohida “Ma’naviyat kuzgusi” va musiqa san’ati olamiga katta xizmat qilgan olimlar,
bastakorlar, o‘tmish mutafakkirlarning sur’atlari va musiqani elementar nazariyasi haqidagi
ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ko‘rgazmali qurollari tashkil etilishi shart. O‘qituvchi tomonidan
og‘zaki bayon etilayotgan materiallar asos talab qilgan vaqta, ulardan foydalanish samara beradi.
Shu bilan birgalikda ma’naviyatimiz fidoiylari, ilmu-fozil ota-bobolarimiz haqidagi ma’lumotlar,
ulardan meros qolgan durdona asarlar bilan jihozlanishi kerak.
3.
O‘quvchi yoshlarga ta’lim va tarbiya berish barobarida e’tiborni ko‘proq sinf
xonalaridagi har bir jihozni jamoat mulkiga hurmat nuqtai nazarda munosabatda bo‘lishga
o‘rgatish juda muhimdir. Mavzularga oid mashg‘ulotlari rangdor suratlar, plakatlar, devoriy
gazetalar ilingan bo‘lishi kerak.
4.
Og‘zaki bayon uchun zarur adabiyotlar, tayyor amaliy ishlar va mashg‘ulotlar uchun turli
tuman mavzulardagi yangiliklar, eng asosiysi, hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda, milliy
mafkura bilan sug‘orilgan bo‘lishi kerak.
Adabiyotlar:
1.
Qosimova Z.X. Talaba yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning pedogogik
asoslari. –T., 2004.
2.
Ismoilova M.E. Xalq qo‘shiqlari vositasida o‘quvchilarning ma’naviy-ahloqiy
fazilatlarini shakllantirish. –T., 2006.
3.
Abdujabborova M.L. O‘smirlar orasida olib boriladigan mafkuraviy profilaktika
ishlarining ijtimoiy-pedagogik asoslari. –T., 2007.
4.
Sharipov O. Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari. O‘quv qo‘llanma. –T.,
2019.
Do'stlaringiz bilan baham: |