B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor


Bolaning tabiati ko‘rgazmalilikni yoqtiradi



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

Bolaning tabiati ko‘rgazmalilikni yoqtiradi
” (1). 
Ta’lim jarayonida multimedia vositalaridan foydalanishning ilmiy metodik asoslari va uning 
samarali usullari, bugungi kunga qadar ko‘plab pedagogik ilmiy tadqiqotlar, amaliy tajriba-sinov 
ishlari orqali isbotlab berilgan. Respublikamizning umumta’lim maktablarida fanlarni o‘qitish 
jarayoniga tatbiq etilgan AKT va multimedia vositalari o‘quvchilar tomonidan qisqa fursatlarda 
fanni o‘zlashtirish uchun qo‘llanilayotgan muhim vositalar safiga kirib ulgurdi.
Chunki, multimedia vositalari yordamida o‘quvchilarni o‘qitish ikki barobar samarali 
bo‘lmoqda. Mazkur vosita yordamida o‘qitishga an’anaviy ta’lim usullariga nisbatan o‘rtacha 
30%gacha vaqtni tejash mumkin hamda olingan bilimlar o‘quvchilar xotirasida uzoq muddat 
saqlanib qoladi. Chunki eshitilgan materialning to‘rtdan bir qismi xotirada qoladigan bo‘lsa, 
o‘quvchilarga beriladigan ma’lumotlarni video (ko‘rish) orqali amalga oshirsak, axborotni 
xotirada saqlab qolish va tasavvur qilish imkoniyati 23-30%ga oshadi. Shuningdek, o‘quv 
materiallari audio, video va grafika ko‘rinishida mujassamlashtirilgan holatda berilsa, 
ma’lumotlarni xotirada saqlab qolish 75%ga oshishi kuzatilmoqda (2).
1-sinf ona tili darslarining asosiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib ya’ni, o‘quvchilar 
nutqini so‘zlar bilan boyitishga mas’ulligini hisobga olgan holda lug‘at ustida ishlash, 


311 
o‘quvchilarning savodxonligini oshirishga qaratilgan imloviy mashqlarni bajarishda multimedia 
vositalaridan unumli foydalanish ta’lim sifatini oshirishi barobarida o‘qituvchiga quyidagi 
imkoniyatlarni beradi: 

o‘qish jarayonini qiziqarli tarzda tashkil etish orqali o‘quvchilarda motivatsiya hosil 
qilish; 

darslarni yuqori estetik va hissiy darajada o‘tkazish; 

ko‘rinishni ta’minlash; 

katta miqdordagi didaktik materialni jalb qilish; 

darsda bajarilgan ishlarning hajmini 1,5-2 baravarga oshirish (turli interfaol usullar 
tufayli). 
1-sinfda ona tili darslarida so‘zni tovushli-harfli tahlil qilish, so‘zning bo‘g‘inlari tuzilishi, 
ba’zi orfogrammalar o‘rganilishi turli qiziqarli ko‘rgazma va ovozli materiallar orqali amalga 
oshirilsa, o‘quvchining yodida qoladi va vizual hotira sabab uning ko‘z oldidan o‘tib turadi, 
darsdan keyingi jarayonda ham takrorlab yurishiga yordam beradi. Yorqin rasmlar, g‘aroyib, 
qiziqarli topshiriqlar kichik yoshdagi o‘quvchilarda ona tiliga qiziqishni oshirishga yordam beradi, 
o‘yin shaklida o‘quv materiali bilan tanishish imkonini beradi, o‘zini nazorat qilish va o‘quv 
refleksiyasi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. 
Birinchi sinfda ona tilini o‘qitish o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish, og‘zaki va yozma 
nutqini rivojlantirish, fonetika, leksika, so‘z yasalishi va grammatikaga oid bilimlarni egallashga 
zamin yaratadi. Biroq, endigina o‘yinqaroq bolalikdan mas’uliyatli o‘quvchilik davriga o‘tish, 
muhit o‘zgarishi bilan bog‘liq ruhiy qiyinchiliklar davrida yozish va o‘qish malakalarining talab 
darajasida birdek shakllantirish ham o‘quvchidan, ham o‘qituvchidan katta mehnat talab etishi 
tabiiy. O‘quvchi uchun mashaqqatli bu jarayonni qiziqarli va yoqimli mashg‘ulotga aylantirishda 
multimedia vositalaridan fodalanish katta samara beradi. Multimedia vositalaridan quyidagi 
tartibda (“A” harfini o‘tishda) foydalanish tavsiya etiladi: 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish