309
Bu uchala kompetentsiya ham bugungi kunda eng asosiy hisoblanadi.
Bizga maʼlimki, Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim Vazirligining 2018-yil 7-
iyuldagi 4-sonli xayʼat qarori bilan tasdiqlangan “Ilk qadam” maktabgacha talim muassasasi
Davlat oʻquv dasturining 3-bobi maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim berishda
kompetensiyaviy yondashuv deb nomlanganligi ham fikrimizning yorqin misoli boʻla oladi [1, 6-
bet]. Chunki, tarbiyalanuvchilarda dasturda belgilangan kompetensiyalarni shakllantirish uchun
ham tarbiyachilarimizda bularning oʻzi shaklangan boʻlmogʻi zarur.
Tarbiyachi kompetentligi
kasbiy mahorati, oʻz sohasini yaxshi bilishi, kasbiy malakasini oshirib borishi, kasbiy faoliyati
davomida zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalana olishi jarayonida namoyon boʻladi.
Tarbiyachining kasbiy mahorati uning shunday shaxsiy (bolajonligi, xayrihohligi,
insonparvarligi, mehribonligi, samimiyligi, nazokati va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi,
fidoiyligi,
ijodkorligi, eruditsiyasi va h.k.) fazilatlarini belgilaydigan xususiyatki, u oʻz oʻquv
fanini chuqur va atroflicha bilishida, pedagogic-psixologik va metodik tayyorgarligida, oʻqitish,
tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yoʻllarini izlab topib, amaliy faoliyatda qoʻllashida
namoyon boʻladi.
Tarbiyachining oʻz sohasini bilishi - kasbiga oid barcha fanlarni chuqur bilishi, oʻz ustida
tinimsiz ishlashi, doimiy izlanishi, dunyoqarashining kengligi, oʻzini tarbiyalashi uchun koʻproq
ilm olishi, intellektual qobiliyatini rivojlantirishi, estetik
jihatdan tarbiyalanganligi,
mehnatsevarligi va mehnatga layoqatliligi hamda pedagogik qobiliyatlarning barchasini oʻzida
mujassamlashtirganligida koʻrinadi.
Tarbiyachining kasbiy malakasini oshirib borishi, oʻz ustida ishlashi, bugungi kun
yangiliklaridan xabardor boʻlishi hamda malakasini oshirib borish jarayonida namoyon boʻladi.
Hozirgi kunda tarbiyachi, pedagoglar har uch yilda bir marta qayta tayyorlash institutlarida oʻz
malakalarini oshiradilar. Buning natijasida ular axborot texnologiyalarini taʼlim
jarayonida
qoʻllashning yangi imkonoyatlari, metod va usullari bilan yaqindan tanishadilar hamda olgan
bilimlarini oʻz ish faoliyatlarida tatbiq etish koʻnikma va malakalariga ega boʻladilar.
Tarbiyachi faoliyati davomida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishi,
taʼlim berish va taʼlim olishni еngillashtiradi, zamonaviy axborot texnologiyalari quyidagilarga
boʻlinadi:
Audio va video
materiallardan foydalanishi;
Kompyuter texnologiyalardan unumli foydalanishi;
Multimediali taʼlimni tashkil etishi;
Kompyuterda konstruktorlik ishlarini olib borishi.
Ana shu axborot texnologiyalarini taʼlimda qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlarini koʻrib
chiqamiz.
Tarbiyachi uchun:
Taʼlim berish samarasini oshiradi;
Uzviylik va tizimlilikni taʼminlaydi;
Anʼanaviy tarzda tashkil etishga koʻmaklashadi;
Dunyoqarashini oshiradi;
Taʼlim berish jarayonida qulaylik yaratadi.
Tarbiyalanuvchilar uchun:
taʼlim
olish samarasini oshiradi;
taʼlim olishga boʻlgan qiziqishni oʻrgatadi;
bolalarni dunyoqarashlarini kengaytiradi;
bolalarni aqliy faoliyati hamda fikrlash qobilyatini rivojlantiradi;
shaxsiy sifatlarni takomollashtirishga xizmat qiladi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan kelib chiqib, shunday xulosa qilish mumkinki, bugungi
kunda har tomolama rivojlangan shaxsni tarbiyalash uchun avvalo taʼlim beruvchi
tarbiyachilarning oʻzlari tarbiyalangan va shuning bilan birga zamonaviy, kasbiy bilim, koʻnikma,
malakalarga hamda shaxsiy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlishlari lozim.