Литература:
1.
Маркова А.К. и др. Мотивация учения и её воспитание у школьников. – М.:
Педагогика, 1983. - 158 с.
2.
Маркова А.К. Психология профессионализма. – М., 1996,-308 с.
3.
Мижериков В.А., Ермоленко MR Введение в педагогическую деятельность: Учеб.
Пособие для студентов педагогических учебных произведений. – М.: Педагогическое
общество России, 2002, -268 с.
4.
Мудрик А.В, Социальная педагогика: Учеб. для студ. пед. вузов / Под ред.
В.А.Сластёнина. – М.: Изд. центр «Академия», 2000 -192 с.
5.
Мышление учителя: Личностные механизмы и понятийный аппарат / Под ред.
Ю.Л.Кулюткина, Г.С.Сухобский. – М.: Педагогика, 1990. - 104 с.
֍
–
֍
–
֍
MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALARGA TA’LIM BERISHNING
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Suvankulov U.
Samarqand davlat universiteti, magistrant
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog
kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash,
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni
har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar
yaratish, dunyoda benihoya ojiza, maxsus parvarishga muhtoj bo‘lib tug‘iladigan va qisqa vaqtda
jonli mavjudot ichida eng yuqori cho‘qqiga chiqa oladigan, barcha narsalarga o‘z xukmini
o‘tkazadigan, tabiat qonunlaridan foydalangan holda uni ham o‘z muhofazasiga oladigan,
ontogenetik taraqqiyot bosqichida qisqa vaqtda mislsiz katta yo‘lni bosib o‘tadigan qudratga ega
bo‘lgan mavjudot – inson bolasidir. Uning kuch-qudrati aqlidadir. Har bir davlat, jamiyat
taraqqiyoti, uning istiqboli shu davlat, mamlakatda yashovchi fuqarolarning aqliy saviyasi bilan
belgilanadi. Shu sababli ko‘pgina taraqqiy etgan davlatlar aqlli, idrokli, iqtidorli, ma’lumotli,
qobilyatli, talantli kishilarni o‘zga mamlakatlardan o‘z davlatiga olib kelish choralarini ko‘rishgan.
AQShning hozirgi kundagi taraqqiyot darajasiga yetishida ham bu yetakchi omillardan birini
tashkil etadi. Jamiyat fan va texnikasining rivojlanishida aql muhim omil va mezonlardan biri
bo‘lsa, har bir xalqning ma’naviyat jihatdan boyligini, axloqiy yuksak pog‘onada ekanligini,
insonparvarligini, fuqarolari robot emas, balki to‘laqonli chin inson ekanligini aniqlovchi
mezonlardan biri – ularning nogironlarga va shu jumladan, turli sabablarga ko‘ra aqli zaif bo‘lib
qolgan bolalarga munosabati, diqqat-e’tiboridir.
305
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog
kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash,
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni
har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar
yaratish maqsadida “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qarori, “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish
faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3276-sonli qarori,
“Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-
sonli qarori, “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni qabul qilindi.
Qabul qilingan me’yoriy hujjatlar maktabgacha ta’lim muassasalarida ilg‘or xorijiy tajribani
hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy
rivojlantirish sharoitlarini yaratish; maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim
muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya
jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va
texnologiyalarini joriy etish imkoniyatini yaratadi. Ijtimoiy hayotimizdagi o‘zgarishlar
mustaqillik, respublikamizdagi demokratiyaning tantanasi, huquqiy davlat tizimiga intilish,
psixologiyaning qonuniyatlari va ilmiy materiallarini o‘rganish hamda ulardan turmushda
foydalanishni talab qiladi.
Bolalar psixologiyasi predmetining muhim tomonlaridan biri – turli yoshdagi bolalarda
sezgi, idrok, diqqat, xotira, nutq, tafakkur, hissiyot, hayol va iroda kabi psixik jarayonlarining
namoyon bo‘lishi, taraqqiy etishi hamda takomillashuvining qonuniyatlarini o‘rganishdan
iboratdir. Bolalar psixologiyasi bola shaxsiy psixologik xususiyatlarini qanday tarkib toptirishni
chuqur analiz qiladi. Bunda bolalar psixologiyasining bolalar shaxsini tarkib topishiga faol ta’sir
qiluvchi omillar qiziqtiradi.
Ma’lumki, bola shaxsi va uning psixologik xususiyatlari qandaydir tasodifiy omillarning
tartibsiz ta’sir etishi natijasida emas, balki muayyan konkret omilning qonuniy ta’sir etishda tarkib
toptiradi. Ana shu muhim qonuniy tarzda ta’sir qiladigan omillarni ochish va isbotlash bilan
bolalar psixologiyasi shug‘ullanadi. Bolalar psixologiyasi bolalar shaxsi va shaxsiy psixologik
qonuniyatlarning tarkib topishi kabi muhim ilmiy malakalarni o‘rganib, mamlakatimizda yangi
tipdagi tarbiya qonuniyatlarini ochib beradi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Maxsus ta’lim
konsepsiyasi” talablaridan kelib chiqqan holda imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitish, ijtimoiy
hayotga moslashtirish hamda ularni maktab ta’limiga tayyorlash muammosi respublikamizda
ilmiy-nazariy, amaliy-metodik jihatdan yetarli darajada ishlanmaganligi afsuslanarlidir.
Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi fanining nazariy, didaktik asoslarini aniqlash,
bilish faolligini oshirish asosida muloqot qilish jarayonidagi buzilishlarni bartaraf qilish hamda
maktab ta’limiga tayyorlash samaradorligini ta’minlashga qaratilgan korresion pedagogik
usullarni ishlab chiqish maxsus pedagogika oldida turgan dolzarb vazifalardandir.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirish bo‘lajak
pedagogning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda maxsus ta’limga o‘zgartirishlar kiritilishi, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarga, rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslanib, maxsus uyushtirilgan
ta’lim-tarbiya orqali aqli zaif bolalarning nutqini o‘stirish, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish,
faollashtirish imkoniyatini yaratadi.
Aqli zaif bola nutqini egallashning o‘ziga xosliklarini tekshirish, ular bilan ishlash mazmuni
va usullarini aynan maktabgacha yoshda, ya’ni nutqini egallash uchun eng maqul bo‘lgan davrda
o‘rganish muhimdir.
Aqli zaif bolalar nutqidagi kamchiliklar ularning bog‘lanishli nutqini shakllantirishda bir
qator muammolarni keltirib chiqaradi. Materialning ma’nosini anglash qiyinchiliklari,
306
hodisalarning mantig‘ini tushuna olmaslik, vaqt haqidagi tasavvurlarning yetishmasligi,
mavzudan chalg‘ib ketish, shuningdek, tevarak-atrofdagi predmet va hodisalar haqidagi yetarli
ma’lumotga ega emasliklari oqibatida ularning so‘z boyliklari kambag‘allashadi va muloqotga
kirishishni qiyinlashadi.
Umumiy va maxsus pedagogikadagi mavjud ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, me’yorida
rivojlanayotgan bolalarning kamolot bosqichi davrlarini, nuqsonga ega bo‘lgan tengdoshlari ham,
albatta bosib o‘tadilar, lekin bu jarayonlar ularda kechikibroq kechadi. Bunga aqli zaif bolalarning
bosh miyasining organik jarohatlanishi natijasida bilish faoliyatining turg‘un buzilishi sabab
bo‘ladi. Bu holat aqli zaif bolaning nutqiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Kuzatishlar shuni
ko‘rsatadiki, aqli zaif bolalar nutqining fonetik tomonidan rivojlanishi sezilarli darajada orqada
qoladi, nutq ma’no tomonidan o‘ziga xos shakllanadi, gaplar tuzishda grammatik jihatdan
xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni o‘qitish va tarbiyalash
tizimining asosiy vazifasi – ularning nutqini rivojlantirish yuzasidan ishlash hisoblanadi.
Maxsus bolalar bog‘chasining ta’lim va tarbiya jarayonida aqli zaif bolalar nutq o‘stirish
bo‘yicha quyidagi bilim ko‘nikma, malakalar bilan qurollantiriladi:
Nutq o‘stirish aqli zaif bolalarni ma’lum bilim va malakalarni o‘zlashtirib olishlarinigina
emas, balki idrok, xotira, tafakkur, tasavvur kabi bilish qobiliyatlarini rivojlanitirishni ham nazarda
tutadi. Bu yo‘nalishda olib boriladigan ish ularga aqliy faoliyatining muhim usullarini o‘rgatish,
analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, konkretlashtirish kabi aqliy operatsiyalarni bajarishga
imkon beradi. Bunda korreksion-pedagogik ishning ahamiyati muhimdir. Korreksion-pedagogik
ishda aqli zaif bolalarning yoshi, psixik xususiyatlari, oilaviy sharoitlari, ona tilining o‘ziga xos
tomonlarini hisobga olgan holda nutqini o‘stirishga qaratilgan maxsus usullardan foydalanish va
ularni hayotga moslashtirish imkoniyatini ta’minlaydi. “Inson yuqori darajadagi o‘z-o‘zini
boshqaruvchi, yordam beruvchi, tiklovchi, to‘g‘rilovchi va hatto takomillashtirib boruvchi bir
murakkab sistemadir”, - degan edi I.P.Pavlov. Ha, bu xulosalarda juda katta haqiqat borligi
bugungi kunda hech kimga sir emas.
Aqli zaiflik tushunchasini to‘g‘ri tushunishning amaliy va nazariy ahamiyati juda katta.
Nazariy ahamiyati – bolalardagi nuqsonli ruhiy taraqqiyotning mohiyatini chuqurroq bilish uchun
zarur. Fanning noaniqligi, konkret emasligi ko‘p xollarda turli xatoliklarga olib keladi. Shu
sababli, aqli zaiflikni to‘liq, to‘g‘ri tushunish kerak. Bu narsa o‘tkazilayotgan ilmiy tajriba
ishlarining ham noto‘g‘ri yo‘lga tushib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. “Aqli zaif”likka to‘g‘ri
ta’rif, tushuncha berish, uning sabablarini to‘g‘ri tushunishga yordam beradi. Buning amaliy
axamiyati yanada kattadir. Aqli zaif bolalar uchun maxsus o‘quv-tarbiya muassasalari mavjud.
Barcha aqli zaif bolalar yordamchi maktablarda ta’lim olishlari kerak. Aqli zaif bolalarni to‘g‘ri
aniqlash, ularning butun hayotini belgilab berishini inobatga olib, juda ehtiyotkorlik bilan ishlash
kerak. Aqli zaiflikni to‘g‘ri aniqlash atroflicha amalga oshiriladi. Agar bola aqli zaif bo‘lmay,
ma’lum xususiyatlari bilan ularga o‘xshasa ham ularni aqli zaif deya olmaymiz. Bu yerda bolaning
turli analizatorlarining nuqsonlari asosida ham bilim saviyalari pasaygan bo‘lishi mumkin.
Ayniqsa, aqliy normal bolani yanglishib aqli zaif deb xulosalash asosida ota-onalarga, bolaga,
atrofdagi qarindoshlariga juda katta ma’naviy jarohat yetkazishimiz mumkin. Shuni ham e’tiborga
olish kerakki, aqli zaiflarni o‘qitish-tarbiyalash davlatga birmuncha qimmatga tushadi.
Normal bolaning aqli zaif yoki aksincha bo‘lishi ham kator salbiy oqibatlarga olib keladi.
Aqli zaiflik sabablari turli-tuman bo‘lishi mumkin. Bosh miyaning turli kasalliklar bilan
kasallanishi, turli jarohatlar bilan birga miyaning yaxshi rivolanmasligi asosida ham aqli zaiflik
kelib chiqishi mumkin. Aqli zaif bo‘lish uchun 2 ta omil birga kelishi kerak. Bulardan biri –
markaziy asab tizimining organik buzilishi, hamda shuning oqibatida bola bilish faoliyatining
turg‘un pasayishi yuz bergan bo‘lsagina, aqli zaif deb e’tirof etish mumkin. Hayotda aqli zaiflarga
o‘xshagan bolalarni uchratish mumkin. Ammo, ularda bilish darajasi past bo‘lsa-da, bosh miyada
organik jarohatning yo‘qligi bolaga aqli zaif deyishimizga imkon bermaydi.
Eshitish kobiliyati turli sabablarga ko‘ra nisbatan pasaygan, nutq kamchiligi borlar, ko‘rish
darajalari zaiflar, kasalliklari surunkali davom etuvchi bolalarning bilim egallash xususiyatlari,
307
darajalari o‘zlarining normal hisoblangan tengdoshlaridan nisbatan orqada qoladilar. Ammo,
bunday bolalarni bizlar aqli zaif deya olmaymiz. Chunki, ularning bilish faoliyatlari turg‘un
pasaymagan. Ular bilan tegishli sharoitlarda ta’lim-tarbiya ishlari olib borilsa, ulardagi bilish
kamchiliklari tugatilib o‘zlarining normal tengdoshlarinikiga yetib olishga imkon yaratiladi.
Ba’zan, ota-onalarining ma’lumotlari past bo‘lgan oilalardagi bolalarning bilim darajalari, ota-
onalarining ma’lumot darajalari yuqori bo‘lgan oilalardagi bolalardan birmuncha farq qiladilar.
Bunday xollarda ba’zan ko‘pchilikda noto‘g‘ri tasavvurlar paydo bulishi mumkin. Tarbiyasi
yaxshi tashkil qilinmagan bolalar ham ba’zan turli xato xulosalarga olib kelishi mumkin. Ammo,
bunday bolalarda ham asosiy belgilar bosh miyaning organik buzilishi va bilish jarayonlarining
turg‘un pasayishi uchramaydi. Shu sababli bunday bolalarni ham biz aqli zaif deya olmaymiz.
Lekin, shuni ham qayd etib o‘tish o‘rinliki, har qanday bosh miyaning organik buzilishlari
aqli zaiflikka olib kelavermaydi. Aqli zaiflik tushunchasi birmuncha keng tushunchadir. Buning
ichiga homila va ilk go‘daklik davrida turli sabablar oqibatida bilish darajalarining pasayishi
(oligofrenlar) ham, ikki yoshdan keyin bilish saviyalari pasaygan bolalar (demensiya) ham kiradi.
2 yoki 3-chi guruh nogironi deganda ma’lum kasallik tushunilmay, balki nogironning ish qilish
qobiliyati tushuniladi.
Maktabgacha yoshda shizofreniya, tutqanok, ensefalitlar bilan bosh miyasi zararlangan
barcha bolalar aqli zaif bo‘lmasligi mumkin. Shuni aytish kerakki, malakasiz xodimlar aqli
zaiflarni oligofrenlar deb, yoki aksincha nomlab yuradilar. Ularning tasavvurlaricha, bu
tushunchalar bir xilday ahamiyatga ega. Ammo, bu bolalar bir-birlaridan farq qiladilar.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni ayta olamizki, bugungi kunda O‘zbekistonda
maxsus ta’limga bo‘lgan ehtiyoj juda kattadir. Har bir davlat, jamiyat taraqqiyoti, uning istiqboli
shu davlat, mamlakatda yashovchi fuqorolarning aqliy saviyasi bilan belgilanadi. Aqli zaif
bolalarni ta’lim-tarbiya muammolari bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan, o‘z vaqtida ko‘rsatiluvchi
tibbiy, psixologik-pedogogik, ijtimoiy ish – bunday kategoriyaga kiruvchi bolalarning shaxsiy
rivojlanishi, shaxs sifatida kamol topishi dinamikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda salbiy
oqibatlarning paydo bo‘lishining oldini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |