Mavzu:Bolalar psixologiyasi fanining predmeti va metodlari.
Reja:
1. Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari.
2. Bolalar psixologiyasi fanining boshka fanlar bilan alokasi.
3. Bolalar psixologiyasi fanining ilmiy tekshirish metodlari.
Ijtimoiy xayotimizdagi o`zgarishlar mustaqillik, respublikamizdagi demokratiyaning tantanasi, xuquqiy davlat tizimiga intilish psixologiyaning qonuniyatlari va ilmiy materiallarini o`rganish xamda ulardan turmushda foydalanishni talab qiladi.
Psixologiya fani tarmoqlaridan biri – bolalar psixologiyasidir. Bolalar psixologiyasida bolaning tug`ilgan paytidan boshlab, to maktab yoshiga yetgunga qadar psixik jixatdan taraqqiy etishi qonuniyatlarini va shaxsiy psixologik xususiyatlarning tarkib topishini o`rganadigan fandir. Bola inson sifatida tashqi jixatdan katta yoshli odamlarga o`xshasa xam, o`zining psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik xususiyatlarning mazmuni jixatdan katta yoshli odamlardan keskin farq kiladi. Xozirgi kunda bolalar psixologiyasining oldida bir qancha muxim vazifalar turadi.
Ular quyidagilar:
• Turli yoshdagi bolalarning rivojlanishiga xos bo`lgan qonuniyatlarni o`rganish.
• Bola psixologik taraqqiyotiga faol ta`sir qiluvchi omillarni o`rganish.
• Turli yoshdagi bolalarning psixologik rivojlanish qonuniyatlarini o`rganish.
• Boladagi shaxsiga xos bo`lgan psixologik xususiyatlarni o`rganish.
• Bolani maktab ta`limiga tayyorlash.
• Maktabda muvaffaqiyatli o`qishi uchun bolaning akliy jarayonlarini faollashtirish.
• Ta`lim jarayonida bolaning mustaqil, ijtimoiy faol tafakkurini shakllantirish.
• Ta`lim-tarbiya jarayonida bolaning maxsus qobiliyatlarini shakllantirish.
• Ta`lim-tarbiya ishlarining psixologik mazmunini ochib berish.
Bolalar psixologiyasi predmetining muxim tomonlaridan biri - turli yoshdagi bolalarda sezgi, idrok, dikkat, xotira, nutk, tafakkur, xissiyot, xayol va iroda kabi psixik jarayonlarining namoyon bo`lishi, taraqqiy etishi xamda takomillashuvining qonuniyatlarini o`rganishdan iboratdir. Bolalar psixologiyasi bola shaxsiy psixologik xususiyatlarini qanday tarkib toptirishni chuqur analiz kiladi. Bunda bolalar psixologiyasining bolalar shaxsini tarkib topishiga faol ta`sir qiluvchi omillar qiziqtiradi. Ma`lumki, bola shaxsi va uning psixologik xususiyatlari qandaydir tasodifiy omillarning tartibsiz ta`sir etishi natijasida emas, balki muayyan konkret omilning qonuniy ta`sir etishda tarkib toptiradi. Ana shu muxim qonuniy tarzda ta`sir kiladigan omillarni ochish va isbotlash bilan bolalar psixologiyasi shug`ullanadi. Bolalar psixologiyasi bolalar shaxsi va shaxsiy psixologik qonuniyatlarning tarkib topishi kabi muxim ilmiy malakalarni o`rganib, mamlakatimizda yangi tipdagi odamlarni tarbiyalab etishtirish qonuniyatlarini ochib beradi. Bolalar psixologiyasi o`zining murakkab predmetini o`rganishda falsafaga tayanadi.
Ma`lumki, tabiat va jamiyatdagi narsa xamda xodisalar tarakkiyotining eng umumiy konuniyatlarini urganadi, xamda inson ongining ijtimoiy xayotga boglikligini isbotlab beradi. Tabiat va jamiyat tarakkiyotining umumiy konuniyatlaridan xabardor bulish bolalar psixologiyasiga bolalar psixik tarakkiyotini urganishda va tabiiy zot bulib tugilgan bolaning inson ijtimoiy tajribasini egallab, shaxs bulib etishini urganish tugri yul topishga yordam beradi. Bolalarda psixik jixatdan tarakkiy etish muammosini urganish falsafa uchun xam kata axamiyatga ega. Ma`lumki, bilish nazariyasi va dialektika konuniyatlarining tarkib topishida lozim bulgan bilim soxalarini sanab kursatar ekan, psixologiyaning uch soxasini bolalarning akliy rivojlanish tarixi, xayvonlarning akliy rivojlanish tarixi, til tarixi, psixologiya, sezgi organlari fiziologisini kursatgan. Demak bolalar psixologiyasi bolalar psixikasining tarakkiy etishi tarixi va konuniyatlarini urganib filosofiyaning yanada rivojlanishiga yordam beradi. Bolalar psixologiyasi uz predmetini urganishda umumiy psixologiyaning inson psixikasi xakida kulga kiritilgan yutuklariga asoslanadi. Masalan, umumiy psixologiyaning psixik jarayonlar, psixologik xolatlar, inson shaxsi va uning faoliyati xakidagi ta`limotlardan tugridan-tugri foydalanadi. O`z navbatida, umumiy psixik xolat xam bolalar psixologiyasining yutuklariga asoslanadi. Bolalar psixologiyasi anatomiya va fiziologiya fanlari tomonidan kulga kiritilgan yutuklardan xam keng foydalanadi. Bunda bolalar psixologiyasi, xususan bolalar nerv sistemasi va oliy nerv faoliyatining ma`lumotlaridan foydalanadi. Bolalar nerv sistemasining normal taraqqiyoti va normal ishlashi bola psixikasi rivojlanishining muxim shartlaridandir. Shuning uchun psixolog mutaxassislar bola nerv sistemasining tarakkiyoti masalalari bilan bevosita tanish bulishlari lozim. Bolalar psixologiyasi pedagogika fani bilan xam yakindan alokadadir. Pedagogika fani yoshlarga ta`lim-tarbiya berish va ularni xar tomonlama garmonik tarzda rivojlantirish xakidagi fandir. Bolalar psixologiyasi ta`lim-tarbiyaning maksadi, yul-yuriklari va vazifalariga doir fikrlarni pedagogika fanidan oladi, xamda unga yakindan yordam beradi. Bolaning akliy tarakkiyoti konunlaridan xabardor bulish turli yoshdagi bolalar bilan ta`limtarbiya ishlarini tugri tashkil kilish imkoniyatini beradi. Bolalar psixologiyasi bolalar gigienasi, bolalardagi kasalliklarni urganuvchi pediatriya va bolalar texnologiyasi bilan xam boglikdir. Bu fan bolalar psixologiyasi namoyondalariga bolalar psixik tarakkiyotining normal borayotganini chukurrok bilish va normal tarakkiyotda burilish sabablarini aniklash imkonini beradi. Bolalar psixologiyasi esa, uz navbatida, bolalarning normal psixik tarakkiyotini aniklab berish bilan birga vrachlarning bola psixologiyasini yanada yaxshirok tushunib olishlariga yordam beradi. Bolalar psixologiyasi bola shaxsi va shaxsiy psixologik xususiyatlarning tarkib topishini urganishda (bir kator) bolalar adabiyotidan, xususan, avtobiografik asarlardan keng foydalandi.
Shunday kilib, bolalar psixologiyasi bolalarning murakkab psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik xususiyatlarini urganishda bir kator fanlarning kulga kiritgan yutuklaridan foydalanadi va ularga yordam beradi. Ma`lumki, xar bir fanning uz predmeti va vazifalari, uni urganish xamda tekshirishga karatilgan bir kator metodlari buladi. Metod lotincha- suzdan olingan bulib, konkret masalalarni xal kilishga karatilgan vokelikni amaliy yoki nazariy bilish usullari xamda amallarining majmuidir. Agar xar bir aloxida fanga nisbatan oladigan bulsak, u paytda metod ayni shu fanning predmetini tekshirish, urganish va tushuntirish usullarining yigindisidir. Bolalar psixologiyasi umumiy psixologiyaning deyarli xama metodlaridan foydalanadi. Umumiy psixologiyaning metodlari - kuzatish, eksperiment, suxbat, faoliyat maxsulotlarini urganish kundalik va biografik materiallarni urganish, sotsiometrik, test va shu kabi metodlardir. Bolalarning butun akliy, ya`ni psixik tarakkiyotlari ularning turli-tuman faoliyatlarida sodir buladi. Ana shuning uchun bolalar psixologiyasi yukoridagi metodlarni bolalarning asosiy faoliyatlariga moslashtirib kullaydi. Kuzatish metodi. Bolalar psixologiyasida sub`ektiv kuzatish metodidan deyarli foydalanilmaydi. Bolalar psixologiyasining asosiy metodlaridan biri - ob`ektiv, ya`ni bolalarni tashkaridan kuzatib urganish metodidir. Tarbiyachi yoki tekshiruvchi psixolog bolalarning turli xil faoliyatlarini tabiiy sharoitda sistemali tarzida kuzatiladi. Bunda bolalarning xulk-atvorlari, xatti-xarakatlariga doir xarakterli momentlarni kayd kilib boradi. Xar kanday kuzatishning anik maksadi bulishi kerak.
Boshqacharoq kilib aytganda, tarbiyachi bolalarning xulk-atvori yoki xatti-xarakatlariga doir nimalarni kuzatmokchi ekanini oldindan aniklab olishi kerak. Masalan, bolalar dikkatining barkarorligini yoki tafakkur jarayonlari bilan boglik bulgan analiz kila olish kobiliyatlarini kuzatishni oldindan boshlab olish mumkin. Shuni esdan chikarmaslik kerakki, kuzatish tabiiy sharoitda olib borilar ekan, bolalar uzlarining kuzatilayotganliklarini mutlako bilmasliklari kerak. Kuzatishni bolalar urgangan tarbiyachining uzi kuzatgani ma`kul. Tarbiyachidan bolalar xadiksiraydilar, uz xattixarakatlarini tabiiy sharoitda bemalol namoyon kila beradilar. Agar kuzatishni bolalar kuzi oldida begona odam utkazsa, bolalarning xatti-xarakatidagi tabiiylik buziladi. Ularning xulk-atvorlari va xatti-xarakatlarini begona kishi kuzatishiga tugri kelsa, u vaktda yashirin kuzatish metodlaridan foydalanish lozim. Bunda kuzatuvchi bolalarga kurinmaydigan joydan turib kuzatadi. Bolalar psixologiyasida kuzatish metodidan foydalanilganda, bolalarning turli uyin faoliyatlari, didaktik 4 mashgulotlari va kurish-yasash xamda ijodiy mashgulotlarida xilma-xil psixik jarayonlarining namoyon bulishi va kancha davom etishi kabi momentlarni kayd kilish mumkin. Bundan turli yoshdagi bolalarni bir-biriga takkoslab, ulardagi psixik jarayonlarning tarakkiyoti urganiladi. Kuzatish metodi - uzluksiz va bu faoliyatni tanlab vakti-vakti bilan urganilganda ularning barcha fe`l-atvorlari va xatti-xarakatlari kundalik faoliyatlari davomida kompleks xolda urganiladi. Uzluksiz kuzatish bir necha kun yoki necha oy davomida davom etgandan sung tuplangan ma`lumotlar analiz kilinib, bolaga psixologik xarakteristika kuzatiladi. Vaqti-vaqti bilan tanlab kuzatilganda bolaning barcha xulk-atvori va xarakterlari emas, balki fakat ma`lum xarakatlari, ya`ni dikkati yoki xotirasi, yo bulmasa, uning nutki bilan boglik bulgan tomonlari urganiladi. Bolalar psixologiyasida kuzatish metodining aloxida turi -bolalar tarakkiyotini sistemali tarzda kundaliklar tuzib urganishdan iborat. Bolalarning psixik tarakkiyotlari xakida kundaliklar tuzib urganish yakindagina rasmiy tusga kirgan. Bola taraqqiyoti xakidagi birinchi kundalik XIX asrning ikkinchi yarmida Ch.Darvin tomonidan nashr kilingan . Undan so`ng nemis psixologi V.Shtern va yana psixologlardan N.N.Ladigina Kots, N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina, va boshkalar bolalarning psixik tarakkiyoti yuzasidan sistemali tarzda olib borgan uz kundaliklarini nashr kilganlar. Bolalar psixik tarakkiyotini urganishda kullaniladigan kuzatish metodi tashkaridan karaganda juda osondek tuyulsa-da, odamdan juda kup vakt va bilim talab kilingan murakkab metoddir.
Bolalar psixologiyasida keng qo`llanadigan ikkinchi metod - eksperiment metodidir. Eksperiment metodi - kuzatish metodiga nisbatan faol metod xisoblanadi. Agar kuzatish metodida u yoki bu psixik jarayonni kayd kilish uchun psixolog shu psixik jarayonning kachon va kanday sharoitda paydo bulishini poylab yursa, eksperiment metodi esa mutlako buning aksidir. Eksperiment metodida u yoki bu psixik jarayon yuzaga keladigan sharoitni tekshiruvchi psixologning, ya`ni ekperimentatorning uzi tashkil kiladi. Bunda eksperimentator urganayotgan psixik jarayonlarni bolalarda bir necha marta yuzaga keltirib urganadi. Biz umumiy psixologiyadan bilamizki, eksperiment metodi g` xil bo`ladi.
Laboratoriya eksperimenti va tabiiy eksperiment. Bolalar psixologiyasida eksperimentning xar ikkala turidan keng foydalaniladi. Birok, bu metodlardan bolalar psixologiyasida foydalanishning uziga xos tomoni shundaki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar laboratoriya shaoitida utkaziladigan eksperimentlar bilan tabiiy sharoitda utkaziladigan eksperimentning unchalik farqiga bormaydilar. Xar ikkala xolda xam tajribalar vazifa tarzida emas, balki uyin tarzida utkazilsa natija yaxshi chiqadi. Masalan, kichik va urta gurux yoshidagi bolalarga biri ikkinchisidan bir oz uzunrok bulgan tayokcha kursatilib, ulardan kaysi biri uzunrok ekanligini suralsa, bolalar xech e`tibor bermay, tasodifan bittasini kursataveradilar. Agar bunday farklash ularning uyinlariga aylantirilsa, bolalar darxol e`tibor bilan karaydilar. Chunonchi, uzunrok tayokchani xarakat kilib , uyinga tushadigan ayikcha yoki kuchukchaning mexanizmiga tirab kuyilsa, kiskarok tayokchani uzunrok tayokchaning oldiga tashlab, bolalarga uzunrok tayokchani topsangiz ayikcha uyinga tushadi, deyilsa dikkat-e`tibor bilan karab uzun tayokchani topadilar. Eksperiment metodidan guruxlarda utkaziladigan mashgulot paytida keng foydalanish mumkin. Masalan, turli yoshdagi bogcha bolalari bilan utkaziladigan didaktik mashgulotlarda tabiiy eksperiment metodini kullash mumkin. Bunda bolalarga xar-xil xayvonlar (ot, sigir, kuy, echki, tuya kabi), parrandalar (kaptar, xuroz, tovuk, karga, zagizgon, ukki, kurka), mevalar (gilos, olcha, olxuri, olma, nok, bexi) kabi, sabzavotlar (piyoz, sholgom, sabzi, kartoshka, karam, kovok, sarimsok, piyoz kabi) tasvirlangan rasmli kartochkalarni aralash xolda berib, ularni guruxlarga ajratishlarida ularni umumlashtirish xususiyatlarini urganish mumkin. Odatda, gurux sharoitida utkaziladigan bunday eksperimentni tabiiy eksperiment deb yuritiladi. Laboratoriya va tabiiy eksperimentlardan tashkari bolalar psixologiyasida tarkib toptiruvchi eksperiment xam keng kullaniladi. Tarkib toptiruvchi eksperimentni moxiyati shundan iboratki, bunda bolalarga u yoki bu psixologik xususiyat tarkib toptiriladi va mustaxkamlanadi. Masalan, bogcha yoshidagi bolalar ayni bir vaktning uzida butunni va uning kismlarini tula idrok kilolmaydilar. Ular uz dikkatlarini bir butun narsaning uziga yoki uning bulaklariga karata oladilar. Ular bir butun narsaning ayrim kismlardan tarkib topganligini tasavvur kila olmaydilar. Tarkib toptiruvchi eksperiment orkali bolalar bir butun narsani uning kismlari bilan bir paytda idrok kilishga undaydilar. Buning uchun bolalarga bir butun narsaning bulaklarini englarida birlashtirib, butun narsani obrazlarini yarata olish mashkini kildiradi. Bunday eksperiment utkazishda turli geometrik figuralar va ularning bulaklaridan foydalanish mumkin. (doira, kvadrat, kub, romb va b) Tarkib toptiruvchi eksperiment metodini pedagogik eksperiment metodidan farklash kerak. Tarkib toptiruvchi eksperiment orkali turli yoshdagi bolalarni u yoki bu narsalarni tugri idrok kila olishga urgatilsa, pedagogik eksperiment orkali esa biror ta`limtarbiya metodining samaradorligi aniklanadi. Masalan, biror tadkikotchi bolalar son-sanokni urgatishning kandaydir metodini ishlab chikkan bulsa, uni pedagogik eksperiment orkali sinab kuradi. Buning uchun oldindan bogcha ma`muriyati bilan kelishib bitta eksperimental va bitta kontrol(nazorat) guruxni beligilab oladi. Shundan sung tadkikotchi eksperimental guruxda yangi metod bilan elementar(sodda) matematik tasavvurlarni ustirish mashgulotlarini utkazadi. Kontrol(nazorat) guruxda esa bu mashgulotlar odatdagi eskicha metod bilan davom ettirilaveradi. Birikki oydan sung xar ikkala guruxdagi bolalarning uzlashtirishlari takkoslab kuriladi. Agarda eksperimental gurux bolalarning yangicha metod bilan uzlashtirishlari nazorat guruxdagi bolalarning uzlashtirishlaridan ancha samarali bulib chiksa, bu metod boshka xamma bolalarga tarkatiladi. Bordiyu natija nazorat guruxdagi bolalarning uzlashtirishlaridan yomon, ya`ni past chiksa, yangicha metod(usul) bilan mashgulot utkazish darxol tuxtatiladi. Kuzatish va eksperiment asosiy metodlar xisoblanadi, lekin bulardan tashkari bir kator yordamchi metodlar xam mavjud. MasalanҮ faoliyat maxsulotlarini uranish metodi, sotsiometrik va test metodlari. Faoliyat maxsulotlarini uranish metodi xakida gap borar ekan, shuni aytish kerakki, bolalar xam juda katta odamlar singari doim ma`lum faoliyat bilan mashgul buladilar. Katta odamlar boshka odamlar uchun kerak buladigan ijtimoiy foydali narsalar ishlab chikarish faoliyati bilan band bulsalar, bolalar uz faoliyatlarida deyarli ijtimoiy foydali mexnat bilan shugullanmaydilar. Bogcha yoshidai bolalarning faoliyatlari - uyin, rasm chizish, plastilin yoki loydan biror narsa yasash, applikatsiya, kurish-yasash va shu kabilardan iborat bulishi mumkin. Bolalar odatda, katta kishilarning topshirik va takliflari bilan ma`lum faoliyatga kirishadilar. Ayrim xollardagina bolalarning uzlari mustakil ravishda u yoki bu faoliyatni bajaradilar. Xar ikki xolatda xam bolalar faoliyati ma`lum natijaga ega buladi. Kupincha bolalar faoliyatining maxsuloti ular chizgan rasmlarga, loy yoki plastilindan yasalgan narsaga karab urganiladi. Kupincha bolalarning chizgan rasmlarida ular idrokining xususiyatlari va ongida yuzaga kelayotgan turli tasavvurlar xamda atroflaridagi narsa va xodisalarga bulgan munosabatlarida uz ifodasini topadi. Ana shu jixatdan bolalarning chizgan rasmlaridan faoliyat maxsulotini uranish sifatida foydalanish maksadga muvofikdir. Turli yoshdagi bolalarning ishlagan rasmlarini analiz kilish orkali ularning ayni chogdagi extiyojlarini, mayl-istaklari, kizikishlari, kobiliyati va layokatlarini urganish mumkin. Shu sababli, bu metoddan xam bolalar psixologiyasida keng foydalaniladi. Surash – suxbat metodidan bolalar psixologiyasida ancha cheklangan xolda foydalaniladi. Bu metodni bogcha yoshidagi bolalarga nisbatan deyarli kullab bulmaydi, chunki bu yoshdagi bolalarda turmush tajribasi juda oz, tafakkurlari xali yaxshi rivojlanmagan buladi. Shu sababli kichik yoshdagi bolalar kattalarning bergan savollariga uylamay-netmay javob kaytaraveradilar. Surash metodidan foydalanilganda odatda juda sodda ishlangan ayikchalar, uzok va yakin kilib ishlangan uylar va daraxtlar va x.k. Bolalardan kaysi ayik katta, kaysi ayikcha kichik yoki kaysi uy uzok, kaysi uy yakin deb suraladi. Besh-olti yoshli bolalarga nisbatan suxbat metodini kullash mumkin. Bunda bolalar bilan utkaziladigan suxbatning mavzusi va suxbat paytida bolalarga beriladigan savollar oldindan yaxshilab uylab olinadi. Tayyorgarsizlik tusatdan utkazilgan suxbatdan yaxshi natija chikmaydi. Suxbat metodi orkali bogcha yoshidagi katta bolalarning bilimlarini, narsa va xodisalar xakidagi tasavvurlarni aniklash va tevarak-atrofdagi odamlar xamda turli narsalarga bulgan munosabatlarini urganish mumkin. Bolalar psixologiyasida sunggi yillarda kullana boshlagan metodlardan biri, test metodidir. Test suzi inlizcha suz bulib, u ulchash degan ma`noni bildiradi. Test metodi orkali bolalarning umumiy akliy tarakkiyot darajalari va ayrim psixik jarayonlarning (tafakkur, xayol, xotira kabi) kanchalik rivojlanganlik darajasi aniklab, takkoslanadi. Test metodi boshka metodlarga karaganda ancha universal metod xisoblanadi. Test metodi yordamida bolalarning uz yoshlariga nisbatan normal tarakkiy etganliklari yoki orkada kolganliklarini xam aniklash mumkin. Masalan, test metodidanbolalarga topshiriladigan vazifalari bir necha variantda bulib, ular kuchlari etgan variandagi vazifalarni bajaradilar. Xar bir bajariladigan vazifaga ball sistemasida baxo kuib boriladi. Vazifalardan kanchasi bajarilganligi va tuplagan balliga karab, bolalarning urtacha tarakkiyoti belgilab beriladi. Qo`llaniladigan testlar orasida bolalarning umumiy akliy darajasiga karatilgan va intelektual testlar deb ataladigan testlar mu`lum bulmagan vazifalardan tuzilgan bulib, bolalardan butun akliy imkoniyatlarni ishga solishga tugri keladi. Bolalarning akliy tarakkiyot darajalarini ilmiy ravishda aniklash oson ish 6 emas. Bolalar umumiy akliy tarakkiyotning juda kup xususiyatlari mavjud. Intelektual testlarda bolalarga beriladigan vazifalar ularning umumiy akliy tarakkiyotlarini ifodalovchi eng muxim xususiyatlarini ruyobga chikaradigan kilib tuzilishi kerak. Agarda intellektual testlarda beriladigan vazifalar bolalarning yosh xususiyatlari va konkret tarakkiyot darajalariga turi kelmasa, bolalarning akliy tarakkiyotlari xakida mutloko yangicha xulosaga kelish mumkin. Bogcha yoshidagi bolalara nisbatan kanday intelektual testlardan foydalanish mumkinO` Bunday testlar xilma-xil bulishi mumkin. Agar test vazifalari bolalarning uyin faoliyatlari bilan boglik bulsa, bolalar bunday vazifalarni bajonidil bajaradilar. Masalan, biror butun narsaning mayda bulaklarga ajratib tashlagan kismlarini birlashtirib, mayda bulaklardan murakkab va chiroyli applikatsiyalar yasay olish, turli labiritli suratlardan epchillik bilan turli vazifalarni topa bilishi uchun testlardan foydalanish mumkin. Bunday intellektual testlar turli yoshdagi bogcha bolalarining zexnini tafakkurini aniklash imkonini beradi. Shunday kilib, test metodidan bolalar psixologiyasida ma`lum darajada foydalanishi mumkin. Nixoyat, bolalar psixologiyasida suni yillarda kullana boshlagan metodlardan yana biri sotsiometrik metodidir.
Sotsiometrik metod yordamida shaxslarning kollektivdagi munosabatlari masalasi urganiladi. Bolalar psixologiyasida esa sotsiometrik yordami bilan xar bir uruxda bolalarning uz tenkurlari urtasida yuzaga kelayotgan uzaro munosabatlari va ularning gruppada tutgan mavkelari urganiladi. Sotsiometrik metod yordami bilan bolalarning gruppadagi uzaro munosabatlari kuyidagi uslublarda uranish mumikin. Gruppadagi bolalarning xar birini echinish xonasiga chakirib, unga 4-5 chiroyli kilib ishlangan uyinchok kursatiladi (masalan mashina, toycha, ayikcha, kuyoncha, tupponcha kabi) Ana shu uinchoklardan bitti uzingga yokkanini tanlab olgin va uni gruppadagi eng yaxshi kurgan urtogingni shkafiga solib kuy, deyiladi. Bola bir oz uylanib turgach, yaxshi kurgan bolalardan birining shkafiga kuyib kuyadi. Gruppadagi xamma bolalar bu vazifani bajarib bulgach, eng kup sovga kimning shkafiga kuyilganligi aniklanadi. Ana shu ma`lumotlar asosida bolalarning gruppadagi uzaro munosabatlariga doir sotsiometriya tuziladi. Shkafiga eng kup sovga kuyilgan bola gruppaning eng sevimli va shkafiga bironta xam sovga kuilmagan bola gruppaning inkor kilgan, ya`ni yoktirmagan odami bulib chikadi. Shunday kilib, sotsiometrik metodni bogcha yoshidagi bolalarga nisbatan xam kullash mumkin. Xar bir tarbiyachi uz gruppasidagi bolalarning jismoniy, akliy, axlokiy rivojlanish xususiyatlarini, bolalar psixik tarakkiyotining umumiy konuniyatlarini kuzatib aniklash zarur. Shu bilan biralikda tarbiyachida-bolalarga nisbatan individual munosabatda bulishining tugri yulyuriklarini belgilash maksadida xar bir bolaning individual psixologik xususiyatlarini aniklashga intilish lozim. Tarbiyachi ayni bir vaktning uzida gruppadagi bolalarning xatti-xarakatlari va fe`l-atvorlarini urgana olmaydi. Shuning uchun ular dikkat e`tiborlarini bir necha kun davomida u yoki bu bolaga karatib, uni xar tomonlama chukurrok urganishiga xarakat kilishi lozim. Shu narsani esdan chikarmaslik kerakki, bolalarni uranishining kat`iy va konkret maksadi bulishi kerak. Bolalarning barcha xususiyatlarini birdaniga urganib bulmaydi. Bolalarning extiyojlari kizikishlari, mayl va istaklari, kobiliyatlari, dikkatlari, nutk xamda tafakkurlarining xususiyatlarini birin-ketin shoshmasdan uranish lozim. Tarbiyachi kundalik ish sharoitida bolalarni urganar ekan, u kuzatish, eksperiment, yordamchi metodlardan foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |