298
ixlosidan dalolat beradi” [1]. Demak, o‘zbek xonadonida tug‘ilgan bolaning qalbida va ongida
milliy musiqa merosiga bo‘lgan muhabbat yillar davomida shakllanib keladi.
Oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan talabalarda sozandalik
mahoratini rivojlantirishda
avvalo sahna madaniyatini oshirish lozim. Bunda talabalar bilan ko‘proq auditoriyadan keyin
sahnada shug‘ullanish, turli tadbir va musobaqalarda ishtirok etish nazarda tutilmoqda. Shunday
talabalar borki, mustaqil ravishda auditoriyada bironta sozni bemalol chalishi mumkin, biroq
sahnaga chiqqanda yoki kattaroq davralarda uni hayajon bosib qo‘yadi. Pedagog bunda talabaning
imkoniyatlarini kengaytirgan holda ko‘proq shug‘ullanishi, tadbir va musobaqalarda talabani
ishtirokini kengaytirishi lozim.
O‘zbek milliy cholg‘u asboblari azal-azaldan milliy ohanglar tarannumi,
ruhni epkin
yengillatadigan, qalbga orom beradigan sadolar taratadi. Sharq falsafasiga ko‘ra, insonlar badiiy
ijoddan o‘zlariga estetik zavq olish bilan bir qatorda, ruhiy taskin olishadi, pirovardida tarbiyaviy
vositalar qatorida ham san’at asarlarini qadrlashadi. Mazkur falsafa ta’lim tizimida ham o‘z
mohiyatini yo‘qotmagan holda, aksincha rivojlantiriladi. Pedagoglar o‘z faoliyatida ta’lim va
tarbiyani baravar tutishadi.
Cholg‘u ijrochiligi sirlarini o‘rgatish kundan-kun rivojlanib, takomillashib bormoqda.
Musiqa san’ati va ijrochiligining rivojlanishi, dunyo xalqlari musiqachilari,
bastakorlari,
musiqashunoslari, o‘zaro muloqotlarining kuchayishi natijasida ijrochilikning ham yangi-yangi
ufqlari ochilib bormoqda.
Cholg‘u asboblari haqida gapirganda, ularning eng qadimiylari, shubhasiz, urib
chalinadiganlari bo‘lgan. So‘ngra, puflab chalinadiganlari vujudga kelgan hamda asta-sekin
shakllana borgan. Qadimgi tarixiy va adabiy asarlarda ijodkorlar
va bastakorlarning nomi
keltirilishi O‘rta Osiyoda musiqa yuksak darajada rivojlanganligidan darak beradi.
Oliy o‘quv yurtlari, ya’ni musiqa bilim yurtlari va konservatoriyada asosiy kuch ijrochilik
mahoratini egallashga qaratiladi va maxsus cholg‘u asbob predmeti o‘quv protsessining o‘zagi
hisoblanadi. Pedagogika institutlarida esa maxsus cholg‘u asbobi predmeti juda katta ahamiyatga
ega bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘quv protsessidagi komponentlarning ajralmas bir qismi
hisoblanadi. Yana shuni nazarda tutishimiz kerakki, musiqa asarini konsert zalida va auditoriyada
ijro etish xususiyati turlichadir. Shunday ekan, tabiiyki musiqachi-ijrochi va musiqachi-pedagog
oldiga kelishi kerak. Bu farq nimadan iborat bo‘lishi lozim?
Musiqachi-ijrochi oldiga cholg‘u asbobini egallashda chalish texnikasini oshirish, yirik
formada yozilgan xilma-xil musiqa asarlari bilan tanishish, asarning chuqur estetik mazmunini
talqin etishdek vazifa qo‘yiladi. Musiqachi-pedagog yuqoridagi xususiyatlardan
tashqari oddiy
musiqa asarlarini notaga qarab tezda ijro eta bilishi, asarning estetik mazmunini musiqa va so‘z
izohi bilan talqin etib talabaga yetkazishi, cholg‘u asbobida ijro etish bilan bir vaqtda dirijyorlik
va nafas olish elementlarini ko‘rsata bilishi kerak. U mana shu xususiyatlarni mukammal egallashi
uchun notaga qarab chalish, jo‘r bo‘lish, eshitib chalish va asarga so‘z orqali izoh berish
qobiliyatini o‘stirish ustida tinmay ishlashi lozim.
Jo‘r bo‘lish talabalarning ashula aytish qismini boshqarishning ajralmas tomonidir. Shu
tufayli jo‘r bo‘lish qobiliyatini o‘stirish lozim. Undan asarni jo‘r bo‘lib, yaxshi ovoz bilan o‘zini
auditoriyada, talabalar oldida turgandek faraz qilib ijro etishini talab qilish kerak. Bundan tashqari,
u jo‘r bo‘lish qobiliyatini o‘stirish uchun eshitib chalish qobiliyatini o‘stirishi muhim. Shuning
uchun talabada dars vaqtida ashula yoki xalq kuyidan biror parcha chalib berish, eshitgan kuyni
qaytara olish qobiliyatini rivojlantirish kerak.
Musiqachi-pedagog uchun maxsus cholg‘u asbob predmetini egallashda ikkinchi xususiyat
– notaga qarab chalish qobiliyati kelgusi ish tajribasida alohida o‘rin oladi. Chunki darsning
musiqa tinglash qismida har xil asarlarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Shu maqsad uchun biz
har dars mashg‘ulotida badiiy asar ustida ishlash, muntazam ravishda sahna imkoniyatlarini
ko‘proq o‘rgatish talab etiladi. Mashg‘ulotlarning ko‘paygani faollikka qarab boraveradi.
Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, sozandalik mahoratini
rivojlantirishda Maqom
san’atining o‘rni beqiyos. Murakkab ijroni talab etuvchi maqom ashulalari har bir ijrochi va
299
sozandadan professional tajriba va yuksak iste’dodni talab etadi. Musiqashunos olim va pedagog
Oqilxon Ibrohimov o‘zining ilmiy faoliyatida maqom san’atini naqadar bebaho ekanligini isbotlab
berdi [2]. Hozirda mutaxassis O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston davlat
san’at va madaniyat institutida pedagogik faoliyat yuritib, sanoqsiz shogirdlarni yetishtirib
kelmoqda. Sozandalik mahorati insondan eng avvalo musiqaga muhabbatni talab etadi. Soz
chaluvchi qalbidagi muhabbatni o‘z qiziqishlari asosida yanada kengaytirib, iste’dodini charxlab
boradi, ruhiy olamida sehrli sadolarning o‘zi va xalqi uchun sevimli ohanglar jipslashuvi bilan
mukammallashtiradi. Insonning yaralishi kuy bilan bog‘liq ekan, u butun umri davomida musiqaga
oshno bo‘lib yashaydi.
O‘zbek milliy cholg‘u asboblarini chala oladigan sozandalarga ta’lim berishda pedagoglar
ham nazariy, ham amaliy bilimlarga ega bo‘lishlari lozim. Ularning pedagogik ta’limni olib borish
dasturlarida zamonaviy innovatsion yondashuvlar kiritilib boriladi. Zamonaviy pedagogikada
raqamli texnologiyalar ham ancha taraqqiy topmoqda.
Endilikda onlayn darslar, vebinar va
seminarlarning masofaviy tashkil etilishi keng yo‘lga qo‘yiladi. Sozandalik mahoratini
rivojlantirishda ham onlayn ta’limning o‘ziga yarasha o‘rni bor. Biroq sozanda sahnada
rivojlanadi, jonli ijro undagi bor mahoratni yuzaga chiqaradi. Pedagogik metodlarning turli
usullaridan foydalaniladi.
Bugungi kunda texnologiyalar rivojlangan bir davrda internet o‘zaro muloqotlarning muhim
manbaiga aylanib ulgurdi. Hozirda yoshlar o‘z ijod namunalarini ham internet tarmoqlari orqali
bir-biriga ulashmoqda. Mazkur jarayonlar pedagog va talaba-sozanda o‘rtasida keng yo‘lga
qo‘yilishi mumkin. Zero, mahoratni rivojlantirishda masofa emas, birdamlikdagi harakat va oliy
maqsad bosh mezonga aylanadi. Shu bilan birga, yoshlarimizga internet tarmoqlaridan to‘g‘ri
maqsadda ishlatish yo‘llari ham o‘rgatiladi. Onlayn mashg‘ulotlar soni ortadi, talabalarda mustaqil
ravishda ijro qobiliyatlari o‘sib boradi.
Xulosa
qilib aytganda, cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy xonandalik va sozandalikni
rivojlantirish bilan o‘zbek milliy musiqa merosiga yanada ulkan hissa qo‘shish, kelajak avlodga
yuksak musiqiy asarlar yetkazish mumkin. Pedagoglardan o‘z navbatida ilmiy tadqiqotlar olib
borish, turli mongorafiya va qo‘llanmalar yaratish ham talab etilmoqda. Qator ilmiy ishlar, turli
konferensiyalar, forumlar tashkil etilyapti. Mazkur jarayonlar musiqa ilmi taraqqiyotiga xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: