1-Mavzu: Tarbiyachi kreativligi va kompetentligi fanining maqsad, vazifalari, tarbiyachi va uning jamiyatda



Download 171,5 Kb.
bet1/12
Sana16.04.2022
Hajmi171,5 Kb.
#556278
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-мавзу. КРЕАТИВЛИК (1)


1-Mavzu: Tarbiyachi kreativligi va kompetentligi fanining maqsad, vazifalari, tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o‘rni


Reja:


  1. Tarbiyachi kreativligi va kompetentligi fanining maqsad, vazifa va predmeti.

  2. Fanning tarkibiy tuzilmasi va asosiy kategoriyalari.

  3. Fanning vujudga kelishi va ijtimoiy fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi hamda ilmiy tadqiqot metodlari.

  4. Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o‘rni.



Tayanch so‘z va iboralar: kreativlik, kompetentlik, bilim, ko‘nikma, malaka, ijodkorlik, tarbiyachi - pedagog.
  1. Tarbiyachi kreativligi va kompetentligi fanining maqsad, vazifa va predmeti.


O‘qitish jarayoniga innovasion hamda ijodkorlik yondashuvlarini qaror toptirishga bo‘lgan ehtiyoj “Tarbiyachi kreativligi va kompetentligi” fanining pedagogik turkum fanlar orasida mustaqil predmet sifatida shakllanishini ta’minladi. Ushbu fanning predmet asoslarini pedagogika tarixi, umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya, xususiy fanlarni o‘qitish metodikasi, ta’lim texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning metodologik g‘oyalari tashkil etadi. “Tarbiyachi kreativligi va kompetentligi” fanining umumiy asoslari mutaxassis, shu jumladan, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kamol topishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratishga xizmat qiladi. Jamiyatimizning hozirgi bosqichida yosh avlodni ijtimoiy faol qilib tarbiyalash muammosi olimlar va mutaxasislar e’tiborini jalb qilmoqda. Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning yaratuvchisi tarzida shakllanayotgan yosh avlodni voyaga yetkazish, ularning zamon talablari darajasida bilim olishi, shaxs sifatida kamol topishi, kasb-hunar sirlarini o‘rganishni va kundalik turmush yumushlarini hal etishga tayyorgarlik masalasi, asosiy muammolar tariqasida ta’lim-tarbiya jarayonining kun tartibida turibdi. Bu muammolarga bag‘ishlab faylasuflar, pedagoglar, psixologlar va jamiyatshunos mutaxassislar tadqiqot ishlarini olib borishgan.
Shaxs uning kamoloti hamda ma’naviy - ahloqiy qiyofasi borasida yaratilgan asarlarda ilgari surilgan qarashlar bevosita pedagog-tarbiyachi shaxsi va uning qiyofasi mohiyatini ham yoritishga xizmat qiladi. Necha yillar davomida pedagog- tarbiyachilar shaxsiga ma’naviy - ahloqiy jihatlariga ega bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilgan va yuksak talablar qo‘yilgan. Ana shunday talablar ilk yozma manba sanaluvchi, xalqimiz o‘tmishining muqaddas kitobi “Avesto”, kitobida ham o‘z aksini topgan. Chunonchi, “Avesto”ning ta’limiy va tarbiyaviy qimmati shundaki, u ko‘p asrlar davomida xalq orasidan chiqgan ustoz-ziyolilar uchun asosiy qo‘llanma sifatida yoshlarga ilmu-ma’rifatni o‘rgatish, odob-axloq fazilatlarini shakllantirishda muhim vazifani bajargan. “Avesto”da pedagogning asosiy faoliyati quyidagilarni o‘z ichiga olgan:

  1. diniy va axloqiy tarbiya;

  2. jismoniy va mehnat tarbiyasi;

  3. o‘qish va yozishga o‘rgatish.

Bu davrda pedagogning bilimdonligi, shaxsiy fazilatlari, ta’limiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish mahorati va odobiga alohida e’tibor berilgan, o‘quv-tarbiya jarayonida hayotiy misollar, ko‘rsatmali qurollar, amaliy ijro, hikoya qilish va suhbat usullaridan keng foydalanilgan.
Muqaddas hadislarda ham shuningdek, sharq mutafakkirlari Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Ahmad Donish, Furqat, S.Ayniy, A.Avloniy va boshqalarning asarlarida xalqimizning turmush tarzi, madaniyati, ilg‘or ta’limiy va tarbiyaviy qarashlari, o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda pedagogning shaxsiy va kasbiy fazilatlari, uning burchi, vazifalari va odobi, muallimning kasbiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar haqida qimmatli fikrlar bayon qilingan.
G‘arbda esa M.I.Dyachenko, L.A.Kondibovichlar, B.T.Anaev, A.V.Dmitriev, I.S.Kon, Ye.A.Klimov, N.V.Kuzmina, A.K.Markova, V.A.Kruteskiylar tadqiqot ishlari olib borganlar.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda Yu.N.Abdullaev, M.A.Abdullajonova, G.N.Najmiddinova, M.G.Davletshin, E.G‘.G‘oziev, Z.T.Nishonova, M.Qoplonova. B.Qodirov va boshqalarning ishlarida uzluksiz ta’lim tizimida pedagog-tarbiyachilar shaxsini kasbiy shakllantirish, pedagog madaniyatini tarbiyalash kabi masalalar yoritilgan. Inson faoliyatida faollik juda keng tushuncha bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, diniy sohalardagi xatti-xarakatni ko‘zda tutadi va insonning madaniyatlilik darajasi bilan belgilanadi.
Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimida kechayotgan tub islohotlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog-tarbiyachilarida kompetentlik va kreativlik masalasini yechimini qidirishni talab qilmoqda.
Pedagog-tarbiyachining kreativlik qobiliyatlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan tarixiy va ilmiy manbalarning guvohlik berishicha ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning hamma bosqichlarida, hatto har bir insonning ontogenetik kamoloti uchun ham pedagogning ta’limiy va tarbiyaviy funksiyasi beqiyos ahamiyat kasb etadi. “...bugungi kunda oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz - .... - bularning barchasi, avvalambor zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liqdir
Har qanday jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy barqarorligi o‘sha jamiyat fuqarolarining ma’naviy-axloqiy, intellektual va kasbiy salohiyati darajasiga bog‘liq. Shunday ekan, ma’naviy-axloqiy va kasbiy jihatdan to‘laqonli shakllanmagan shaxsda o‘z vatani, millati, egallagan kasb-kori bilan faxrlanish tuyg‘usi sayoz bo‘ladi. Agar yosh avlod o‘quv-biluv va tarbiyaviy faoliyatning maqsadini bilmasa, pedagog-tarbiyachi tomonidan qo‘yilgan vazifalarni tushunmaydi hamda qabul qilolmaydi. Bolaning majburiyati qiziqish asosida bo‘lmay, balki majburiy, sun’iy va lozim bo‘lsa tazyiq ostida sodir bo‘lganda, bola ma’lumotlarni shunchaki ko‘r-ko‘rona “o‘rganish”ga yoki ayrim munosabatlarni quruq yodlab olishga majbur bo‘ladi. “Tarbiyachi-tarbiyalanuvchi” munosabati “sub’ekt-sub’ekt” munosabatlar darajasiga ko‘tarilmas ekan, bolada tarbiya
jarayoniga va bilim, ko‘nikma, malakalarini egallashga nisbatan befarqlik vujudga keladi.
Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o‘z mohiyatiga ko‘ra jarayon tarzda namoyon bo‘ladi. Kasbiy yetuklik inson ontogenezining muhim davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish g‘oyalarining qaror topishi (14-17 yosh)dan boshlanib, kasbiy faoliyatning yakunlanishi (55-60 yosh)gacha bo‘lgan jarayonda kechadi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o‘zgarishining o‘zaro mos kelishi, ijtimoiy- iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogengizi - tug‘ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog‘liq.
Ma’lumki, kasbiy tajriba bilim, ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi sifatida aks etadi. Biroq, kasbiy-ijoiy faoliyat ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishi nafaqat amaliy ko‘nikma va malakalarning integrasiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo‘lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada o‘zlashtirilishi talab etadi.
Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o‘zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash mumkin. Ushbu jarayonning sur’ati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy muhim va kasbiy shartlangan hodisalarga bog‘liq. Bugungi kunda zamonaviy sharoitda tarbiyachi-pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi taqozo etadi.
So‘nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarda tarbiyachi-pedagoglarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher, Frey (2008 y.), Begetto, Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va boshqalar. tomonidan olib borilgan ko‘plab tadqiqotlar, ularning natijalarini ko‘rish mumkin.
Shuningdek, respublikamizda tarbiyachi-pedagoglarda kreativlik asoslarini o‘rganishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Pedagog-tarbiyachilar uchun pedagogik faoliyatga kreativ tomondan yondashish uchun va ularda ko‘nikma, malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirish maqsadida adabiyotlar chop etilmoqda.
Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, ko‘pchilik tarbiyachilar hali hanuz shaxs (o‘zlarida va bolalarda) kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini o‘zlashtira olmayaptilar.
Ta’lim tizimini boshqarish organlari har yili ta’lim muassasalarida yuqori samaradorlikka erishishga e’tibor qaratadi. Ana shu maqsadda o‘quv dasturini ishlab chiqiladi, yangi o‘quv darsliklari yaratiladi.
Bu esa ham talaba (o‘quvchi) bolalar, ham tarbiyachilarni kasbiy o‘sishlariga yordam beradi. Olib boriladigan amaliy harakatlar talaba (o‘quvchi) bolalarda yutuqlarga erishish, olg‘a intilishga bo‘lgan ehtiyojni muayyan darajada yuzaga
keltiradi, ularning o‘quv-bilish qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga yordam beradi.
Biroq, o‘quv yilining oxirida kelib oliy ta’lim muassasalarida talaba (o‘quvchi) bolalarning fanlarni o‘zlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy natijalar kuzatilmayapti. Ko‘plab talaba (o‘quvchi) bolalarning ta’lim olishga nisbatan qiziqishi yo‘qolgan. Buning natijasida tarbiyachilar ham avvalgidek zavqu shavq bilan kasbiy faoliyatni tashkil etishni o‘ylashmayapti. Ta’lim tizimini boshqaruvchi organlar ta’lim olishga nisbatan xohish-istagi bo‘lmagan talaba (o‘quvchi) bolalar, bu kabi ta’lim oluvchilarni o‘qitishni istamayotgan tarbiyachilar faoliyatini o‘zgartirish borasida yangidan-yangi chora-tadbirlar belgilansa-da, ahvol o‘zgarishsiz qolmoqda.
Buning sababi nimada? Balki o‘quv mashg‘ulotning avvaldan o‘ylab, rejalashtirilib qo‘yilishi bolalar uchun qiziq bo‘lmayotgandir, balki ta’lim mazmunining muayyan qolipga solinganligi bolalar uchun hech qanday stimul bermayotgandir, rag‘bat bildirmayotgandir. O‘quv mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, bolalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga majbur qilish ta’lim olishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag‘batlantirishda asosiy omil bo‘lar. O‘quv mashg‘ulotlarida yetishmayotgan omil – kreativlik sanaladi. Shaxsda kreatiqlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’nosini tushunib olish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga ko‘ra, “kreativlik - o‘z qiymatiga ega original g‘oyalar majmui” (Azzam, 2009 y.) sanaladi. Gardner esa o‘z tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: “Kreativlik - shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo‘lib, u o‘zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy qiymatga ega bo‘lishi lozim”. Emebayl (1989 y.)ning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik “muayyan soha bo‘yicha o‘zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lish” demakdir.
Ko‘plab tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o‘rtasidagi aloqadorlik xususida turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar ular o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q ekanligini uqtirsalar, ikkinchi guruh vakillari kretivlik va intellekt darajasi bir-biriga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydilar.
“Kreativlik” tushunchasi o‘zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G‘arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan’anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil-mutoyiba tuyg‘usi va erkinlik mavjud bo‘lishiga e’tiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; Shternberg, 1985 y.). Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug‘ilish jarayoni, deb tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997 y.; Rudovich, Yuye, 2000 y.). Garchi g‘arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo‘lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar (Kaufman, Lan, 2012 y.).
Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning mutaxassislari kabi tarbiyachilar ham o‘zlarida kreativlik sifatlari mavjudligi va uning darajasini aniqlab boradi. Buning uchun ular E.P.Torrens tomonidan 1987 yilda asoslangan va shaxsning
kreativ tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan o‘tadi. Mazkur test shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik, tezkor fikrlash, o‘ziga xos (orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar bo‘yicha baholash imkoniyatini yaratadi. Bola tomonidan tavsiya etilgan savollarga beriladigan javoblar aynan mana shu to‘rtta mezonni qanotlantirishi lozim E.P.Torrens fikricha, “kreativlik” tushunchasi negizida quyidagilar yoritiladi:

  • muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari surish;

  • farazni tekshirish va o‘zgartirish;

  • qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash;

  • muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarningo‘zaro qarama- qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlik. Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin. Tarbiyachining ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etiladigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi. So‘nggi yillarda ushbu holat “pedagogik kreativlik” tushunchasi bilan ifodalanmoqda.

Pedagogik kreativlik - pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyatidir.
“Tarbiyachi kreativligi va kompetentligi” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:

  1. tarbiyachi tomonidan o‘quv fanlarini past o‘zlashtirayotgan va ularni o‘rganishni zerikarli deb hisoblayotgan bolalar e’tiborlarini fan asoslarini o‘zlashtirishga jalb etish;

  2. tarbiyachilarga bolalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag‘batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.

Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lmasligi tufayli bolalar ham qiziqarli va ajoyib g‘oyalarga ega bo‘lsalar-da, biroq, ularni ifodalashda sustkashlikka yo‘l qo‘yadi. Buning sababli o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan metodlar talaba bolalarda erkin, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmasligi bilan belgilanadi. Muallif tomonidan tavsiya qilingan vosita va strategiyalar bolalarda kreativlikni rivojlantirishda tarbiyachilar uchun qo‘l keladi hamda bolalarda o‘quv mashg‘ulotlarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish, intilishni rivojlantiradi. Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Ular quyidagilardir:
Tarbiyachi kreativligi va kompetentligi fanining asosiy shakllari: 1.Ta’lim jarayonini qiziqarli, jonli, jo‘shqin tashkil etish:

  1. Me’yoriy hujjatlarni tayyorlash;

  2. O‘quv manbalari (darslik, o‘quv-metodik va metodik qo‘llanma, tavsiyanoma, lug‘at, ensiklopediya, atlas, ish daftari va b.)ni yaratish;

  3. Ta’lim jarayoni va ma’naviy-ma’rifiy ishlar loyihalarini tayyorlash;

  4. O‘quv axborotlari, nazorat hamda sinov topshiriqlarini shakllantirish;

  5. Ilmiy-tadqiqotlarni muvaffaqiyatli olib borish;

  6. Ilmiy va metodik anjumanlarda faol ishtirok etish, chiqishlar qilish;

  7. Ilmiy, ilmiy-metodik va metodik ishlarni chop ettirish;

  8. Davriy hisobotlarni topshirish, attestatsiyadan o‘tish;

Pedagog tomonidan ushbu shakllarda kasbiy faoliyatning samarali tashkil etilishi uning kreativligi va kompetentligi qay darajada ekanligiga bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘z oldingizga o‘quv jarayonini yuksak mahorat bilan boshqarayotgan, uni o‘ziga xos va qiziqarli tarzda jo‘shqinlik, zavqu shavq bilan tashkil etayotgan tarbiyachini keltiring. U, garchi, o‘zini kreativ va kompetentli shaxs yoki ijodkor deb bilmasa-da, biroq, kreativlikni namoyon etuvchi ta’lim jarayonini tashkil etayotganidan, unga imkon beradigan metod, usullarni qo‘llayotganligidan o‘zi ham mamnun, qolaversa, bolalarning minnatdor bo‘lishlariga erishmoqda. Tarbiyachi ta’lim jarayonida metod, usullardan qancha ko‘p foydalansa, o‘ziga va o‘zining ijodiy, kreativ imkoniyatlariga nisbatan ishonchi shuncha ortadi
Pedagoglar tomonidan kreativlik va kompetentlik sifat va ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishida fan sifatida “Tarbiyachi kreativligi va kompetentligi” muhim o‘rin tutadi.
Tarbiyachi kreativligi va kompetentligi:

  1. Pedagogda ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy, kreativ yondashish, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan qobiliyat va malakalarini rivojlantirish;

  2. Bolalarda o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga ijobiy, mustaqil yondashish, o‘quv topshiriqlarini bajarishda yangi, ijodiy va kreativ g‘oyalarni ilgari surish qobiliyati ko‘nikmalarini shakllantirish hamda bosqichma - bosqich rivojlantirish asosida kasbiy tayyorlash asoslarini yoritadigan, shaxs kreativligining turli yosh bosqichlari xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi masalalarini o‘rganuvchi fan .

Har qanday fan kabi “Tarbiyachi kreativligi va kompetentligi” fani o‘quv predmeti ham aniq maqsadni ko‘zlaydi.
“Tarbiyachi kreativligi va kompetentligi” fanining maqsadi shaxsni kreativ o‘qitish, kompetentli qilib tarbiyalash va rivojlantirishdan iborat.
“Tarbiyachi kreativligi va kompetentligi” fani muayyan vazifalarni bajaradi.
Ular quyidagilardan iborat:

  1. ta’lim mazmuni, o‘quv rejalari va dasturlarini saralash;

  2. o‘quv moduli (fani)ni o‘qitishning taktika va strategiyalarini belgilash;

  3. mos psixologik-pedagogik tashxis vositalarini tanlash;

  4. ta’lim oluvchilarning kreativ rivojlanishini bashoratlash;

  5. kreativ shaxsni shakllantirishning boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Ma’lumki, har bir fan o‘zining tadqiqot ob’ekti va predmetiga ega bo‘ladi.

“Kreativ pedagogika” ham o‘z ob’ekti va predmetiga ega. Ular:
Ob’ekti – barcha yosh bosqichlarida kreativ va kompetentli shaxsni kasbiy shakllantirish va rivojlantirish jarayoni:
Predmeti – Kreativ shaxsni kasbiy shakllantirish va rivojlantirish metodologiyasi, ustuvor tamoyillari, yetakchi g‘oyalari, muhim yo‘nalishlari, asosiy bosqichlari va boshqalar.

  • oliy ta’lim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirishning nazariy asoslarini ishlab chiqish;

  • oliy ta’lim muassasalari talabalarida kreativlik va kompetentli tafakkurni shakllantirishga xizmat qiluvchi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish chora-tadbirlarini belgilash;

-talabalarning kreativ tafakkurini shakllantirishga yordam beruvchi shakl, metod va vositalar tizimini asoslash;

  • mazkur jarayonda fanlararo aloqadorlikni ta’minlash;

-talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy-pedagogik bilimlarning amaliyotga tadbiq etishga imkon beruvchi shart-sharoitlarni yaratish.


  1. Download 171,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish