Xavfsizlik texnikasi - mehnat muhofazasi boʻlimlaridan biri; Ishlab chiqarishdagi jarayonlarda vujudga keladigan xavfli omillarning ishlovchilarga zararli taʼsiri oldini olishga doir tashkiliy va texnik tadbirlar hamda vositalar majmui. Ularni yaratish va ishlab chiqarishda qoʻllash ishlari belgilangan tartibda tasdiqlangan meʼyoriy texnik hujjatlar (standartlar, qoidalar, meʼyorlar, instruksiyalar) asosida amalga oshiriladi. Tashkiliy tadbirlar: ishchilarga xavfsiz va zararsiz ish usullari toʻgʻrisida yoʻlyoʻriqlar berish, ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi asoslarini oʻrgatish; mehnat qilish va dam olish qonunqoidalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga tatbiq qilish.
Texnik tadbirlar maʼlum meʼyorlar va qoidalarga asoslanadi. Bunda insonning ruhiy, anatomik, fiziologik xususiyatlari hisobga olinadi. Masalan, mashinaning boshqarish organlarini inson uchun qulay yerga joylashtirish, ish vaqtida zararli chang, gaz chiqmasligini taʼminlash zarur, xavfli taʼsirlardan himoya qilish uchun toʻsiqlar qilinadi, ogohlantiruvchi belgilar va plakatlar osib qoʻyiladi. Koʻpincha ishlayotgan mashinalarning uzellari bilan bogʻliq qurilmalar (elektron qurilmalar, fotoelement, avtomatik saqlagich) dan foydalaniladi. Bularga saqlagich klapanlari, vklyuchatellar, eruvchan saqdagichlar, shtiftlar va boshqa kiradi. Xavfli, zararli ishlarni bajarishda jarayonlarni uzoqdan turib boshqarish usuli yaxshi samara beradi. Himoya qilishda signalizatsiyadan foydalaniladi. Jihozlarni yurgizib yuborishdan oldin ularning ishi tekshiriladi hamda sinaladi. Juda xavfli jihozlar (bosim ostida ishlaydigan idishlar, yuk koʻtarish mashinalari) davlat inspeksiyasi nazorati ostida boʻladi, namlik, havoning tozaligi, shovqinlar, nurlanish taʼsiri va boshqalar doimo nazorat qilinadi. Xavfsizlik texnikasining muayyan sohalarida ishlaydigan kishilar qoidalarga muvofiq shaxsiy himoya vositalari (kiyimbosh, poyabzal, ehtiyot belbogʻi, koʻzoynak va boshqalar) dan foydalanadi. Xar bir korxonada Xavfsizlik texnikasi uchun maʼmuriyat javobgar hisoblanadi.
Oʻzbekistonda Xavfsizlik texnikasi nuqtai nazaridan eng xavfli va maʼsuliyatli korxonalar — paxtani dastlabki ishlash zavodlari, toʻqimachilik korxonalari, teri oshlash korxonalari va boshqalar hisoblanadi, chunki bu korxonalarda presslar ishlatiladi, zararli chang va gazlar ajraladi va boshqalar. Shu tufayli mehnat xavfsizligi standartlariga qatʼiy amal qilish talab qilinadi. Xavfsizlik texnikasi texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va kompleks mexanizatsiyalash bilan uzviy bogʻliq boʻladi.
Kompyuter bilan ishlashda texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari.
Kompyuterlar ham boshqa elektr jihozlari kabi elektr toki yordamida ishlaydi. Elektr toki esa juda ehtiyotkorlik bilan ish ko‘rishni talab etadi.
Kompyuter sinfidagi qurilmalardan noto‘g‘ri foydalanish yong‘in chiqishi, baxtsiz hodisalar ro‘y berishi va buning natijasida inson salomatligiga zarar yetishi hamda kompyuter jihozlarining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Yuqoridagi noxush holatlarning oldini olish maqsadida xavfsizlik texnikasi qoidalari hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilishingiz talab etiladi.
Xavfsizlik texnikasi qoidalari
1) o‘qituvchining ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan kompyuterlarni ishga tushirish;
kompyuter xonasiga ustki kiyimlarda kirib o‘tirish;
elektr toki manbalariga va ulanish simlariga tegish;
o‘zboshimchalikompyuterda sozlash ishlarini olib borish;
kompyuter ekraniga qo‘l bilan tegish, ishlab turgan
kompyuterlarda tozalash ishlarini olib borish;
uzoq vaqt davomida ishlab turgan kompyuterlarni nazoratsiz qoldirish;
kompyuter yonida boshqa elektr va isitish asboblaridan foydalanish;
kompyuter yonida ovqatlanish, suv ichish;
tez alangalanuvchi buyumlar va quril- malarning ichki elementlariga salbiy ta’sir etuvchi (kislotali, tarkibida xlor bo‘lgan) moddalarni olib kirish;
klaviatura va kompyuter sichqonchasini ho‘l qo‘llar bilan bosh- qarish;
klaviatura va «sichqoncha»dan foydatanganda kuch ishlatish;
kompyuterni ruxsatsiz o‘chirib, ishni yakunlash ta’qiqlanadi.
Kompyuterdan foydalanish jarayonida baxtsiz hodisalar ro‘y bermasligi va sog‘lig‘ingizga zarar yetmasligi uchun xavfsizlik texnikasi qoidalariga so‘zsiz rioya qilishingiz kerak!
Sanitariya-gigiyena talablari
Esda tuting, kompyuterda ishlash davomida kerakli talablarga rioya etmaslik inson salomatligiga katta zarar yetkazishi mumkin. Ayniqsa, ko‘z, qon aylanish tizimi, bosh miya faoliyati, umurtqa pog‘onasi zaiflashuvi va turli kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi.
Bularning oldini olish hamda kompyuterda ishlash davomida salomat- ligingizga zarar yetmasligi uchun quyidagi talablarga rioya qilishingiz va ularni esdan chiqarmasligingiz kerak:
3.12-rasm. Foydalanuvchining kompyuter oldida to’g’ri joylashishi
kompyuter stolidan 20 sm uzoqlikda o‘tiring;
ko‘zingiz kompyuter ekranidan 50-60 sm uzoqlikda bo‘lsin, har 20-30 daqiqadan so‘ng ko‘zga dam berib turish va kompyuterda ishlash kuniga 180 daqiqadan oshmasligi zarur;
yelka va qo‘l tirsagi orasidagi burchak 90-120° ni tashkil qilsin;
kompyuter oldida o‘tirganingizda gavdangizni tik tuting;
oyoq kaftingiz polga to‘laligicha tegib tursin;
qo‘l kaftingizni va barmoqlaringizni erkin tuting;
qo‘lingizni tanangizga yaqin masofada ushlang;
tizza osti burchagi 90° ni tashkil qilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |