319
֍
–
֍
–
֍
MAKTABGACHA TA’LIM JARAYONIDA OILANING ROLI VA O‘RNI
Toshxo‘jaeva N.R.
Toshkent davlat pedagogika universiteti, o‘qituvchi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 30 sentyabrdagi
“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-5198-sonli Farmoni hamda 2017 yil 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli Qarori qabul qilindi.
Shuningdek,
Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-MH sonli “O‘zbekiston
Respublikasining Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat
talablari”, “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi va boshqa me’yoriy-
huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga oid ushbu me’yoriy hujjatlar o‘ziga
xos ahamiyat kasb etsa-da, bola avvalo, oilada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitda shakllanib
tarbiya topadi. Sog‘lom ijtimoiy muhitda tarbiyalangan yosh avlod Vatan ravnaqi uchun o‘z
hissasini qo‘sha oladigan, jamiyat manfaatini o‘z manfaati bilan mutanosib olib boradigan inson
bo‘lib yetishadi. Buning uchun esa, o‘sha sog‘lom avlodni tarbiyalaydigan, har jihatdan sog‘lom,
mustahkam bo‘lgan oilani vujudga keltirish kerak. Ana shunday oilalarda bolalarni ma’naviy-
barkamol qilib tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni o‘rni beqiyosdir. O‘zbek
xalqining ana shunday umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga qo‘shadigan hissasi o‘z madaniyatiga
xos xususiyatlarini muntazam ravishda takomillashtirib borish bilangina amalga oshiriladi.
Ma’lumki, “oila” va “maktabgacha ta’lim” tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Bu
bog‘liqlik maktabgacha ta’limning oilalarsiz mavjud bo‘lmasligini hamda o‘z navbatida oilaning
jamiyat tarkibida vajudga kelishida va yashovchanligida ko‘rinadi.
Oila hamda maktabgacha
ta’lim o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik munosabatiga ega.
Maktabgacha ta’lim taraqqiyotining rivoji ham ana shu oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy
qiyofasining shakllanganlik darajasiga bog‘liqdir. O‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol hamda
komil inson etib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, farzandlarni ma’naviy-axloqiy,
milliy, madaniy, tarixiy an’analariga hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslanib, zamonaviy
insonni shakllantirish maktabgacha ta’lim tizimida, ota-onalar oldida turgan eng asosiy ma’suliyatli
vazifalardan biri sanaladi.
Oila bu – sharqona turmush tarzimizning o‘ziga xos tizimidir. Bu – insonning jamiyat
hayotiga uzviy singib, ijtimoiy munosabatlar ishtirokchisiga aylanishda muhim vositadir. Oila –
jamiyatning muqaddas tarbiya makonidir. Insonning oilada shakllangan iymon-e’tiqodi, odobi,
mahalla muhitida yanada yuksalib, xalq irodasi, o‘zaro totuvlik va hamkorlik rishtalari bilan
uyg‘unlashib, maktabgacha ta’lim tizimi jamiyatda sog‘lom munosabatlardagi muhim bog‘lovchi
vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tarbiyalashga xolisona yondashish, ulardan ijtimoiy,
tarbiyaviy
masalalarni hal etishda samarali foydalanish, maktabgacha ta’lim tizimida sog‘lom turmush tarzini
shakllantirish va unda yoshlarning ishtirokini ta’minlash hozirgi kunda ko‘plab dolzarb
muammolarni hal etib, shubhasiz yoshlarni mustaqil O‘zbekistonga munosib fuqarolar bo‘lib
voyaga yetishiga yordam beradi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiya sohasiga e’tiborni kuchaytirish, bu borada
hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qonun va hujjatlar hamda normativ ko‘rsatmalarni
samarali bajarish uchun oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligi faoliyati o‘ziga xos
pedagogik tizim, uslub va shakllarga ega bo‘lishi zarur. O‘tkaziladigan tadbirlar har tomonlama
puxta ishlangan, shuning bilan qatnashchilarning yoshlariga mos pedagogik-psixologik
mujassamlashgan, mantiqan teran, qiziqarli va ko‘rgazmali, ta’sirchan, ommabop, amaliy jihatdan
qisqa va lo‘nda, estetik jihatdan keng ko‘lamli bo‘lishi va quyidagi
masalalarni qamrab olgan
bo‘lishi kerak: maktabgacha ta’lim tashkiloti, oila va shaxs tarbiyasining mazmuni va mohiyatini
320
anglash; oila – jamiyatning negizi, ajralmas qismi sifatida bilish; yosh avlod tarbiyasida oilaning
o‘rni, uning vazifasi va maqsadi; oila maktabgacha ta’lim integratsiyasi; maktabgacha ta’lim
tashkiloti va uning asosiy faoliyati; bolalar tarbiyasida oila va MTMning o‘rni va roli; MTM va
oila hamkorligida olib boriladigan ishlar mazmuni; MTT bolalarni turli to‘garaklarga jalb etishda
oilaning roli.
Demak, maktabgacha ta’lim tashkiloti va oilaning asosiy tushunchalari, mazmuni va
mohiyatini tashkil qilinadigan ta’lim-tarbiya jarayonlari ayni shu sohalarni takomillashtirishga
yo‘naltiriladi. Bunda turli didaktik manbalar: yosh xususiyatlari bilan bog‘liq ta’lim-tarbiyaviy
dasturlar, metodik qo‘llanmalar, milliy ma’naviy-madaniy meros namunalari, adabiy parchalar,
rolli ssenariylar, o‘yinlar yo‘naltiruvchi muhim o‘rin tutadi.
Har bir oilada o‘zaro hurmat, bir biriga
yordam, insoniy munosabatlar muhiti yaratilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Oila va maktabgacha
ta’lim o‘rtasidagi ijtimoiy munosabat ikki tomonlama aloqadorlik xususiyatiga ega bo‘lib har bir
oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi. Jamiyat taraqqiyotining
rivoji esa uning
bag‘rida mavjud bo‘lgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy qiyofasining shakllanganlik
darajasiga bevosita bog‘liqdir. Oila tarbiyalanuvchilar uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo‘lib, bu
muhitda shaxs kamoloti uchun muhim hisoblangan odob-axloq, iroda, harakter va dunyoqarash
shakllanadi.
Tarbiyachilar oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko‘radi, jamiyat
talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida, oilaviy munosabatlarni tashkil etish
jarayonida anglaydi. Oilaviy munosabtlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlab, ota-
onalarda o‘ziga xos faollikni ham yuzaga keltiradi. Farzandlarning bevosita ta’siri tufayli ularning
qiziqish va faoliyat doirasi kengayadi, o‘zaro aloqalari
mazmunan boyib boradi, real hayot
mohiyatini chuqurroq anglash, farzandlar kamoloti, kelajagi timsolida o‘z umri davomiyligini
ko‘rish holati ro‘y beradi. Shaxsning ma’naviy, axloqiy sifatlarga ega bo‘lishi, unda ma’naviy
bilimlarni egallashga nisbatan ehtiyoj va qiziqishning paydo bo‘lishida oila tarbiyasi asosiy rolni
bajaradi. Oilada qaror topgan sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit bolalarning yetuk, barkamol bo‘lib
voyaga yetishlarida muhim ahamiyatga ega. Oilaning moddiy ta’minoti va farovonlik (maishiy
turmush) darajasi, oila byudjetining mavjud holati, undan oqilona foydalanish borasidagi tajriba,
sog‘lom ruhiy muhitning barqarorligi va hokazolar ob’ektiv omillar sanalsa, oiladagi shaxslararo
munosabatlar mazmuni, oila a’zolarining fiziologik, psixologik, madaniy jihatdan komillik hamda
ma’lumot darajasi, ularning qiziqish va ehtiyojlari o‘rtasidagi mutanosiblik,
oilaviy hayotni
tartibga solish borasidagi o‘zaro yordam, hamkorlik, birlik tamoyillariga tayanish sub’ektiv
omillar sanaladi.
Oila tarbiyasida tarbiyalanuvchilar hayotini to‘g‘ri yuritish, ularni vaqtdan to‘g‘ri, unumli
foydalanishga, maktabga hayotiga o‘rgatish muhim o‘rin tutadi. Bunda tarbiyalanuvchilar vaqtini
o‘yin, mehnat va o‘qish faoliyatlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash nihoyatda muhimdir. Oila muhitida
tashkil etiladigan jinsiy tarbiya o‘zida tarbiyalanuvchilarni jinsiy jihatdan chiniqtirish, ularni
tozalik va ozodalikka o‘rgatish, o‘z sog‘ligi uchun g‘amxo‘rlik qilish, har bir topshiriqqa
mas’uliyatli bo‘lishni ta’minlashga qaratilgan harakatlarning mazmunini ifoda etadi.
Tarbiyalanuvchilarning sog‘lom bo‘lishlarida ularning kundalik hayotiy rejimga amal qilishlari
nihoyatda muhimdir. Ota-onalar yoki oilaning katta a’zolari tarbiyalanuvchilarning mehnat
qilishlari va dam olishlarini tartibga solishga ahamiyat berishlari kerak. Ovqatlanishning to‘g‘ri
tashkil etilishi ham tarbiyalanuvchilarning sog‘lom bo‘lib o‘sishining asosiy omillaridan biridir.
Ota-onalar tomonidan tarbiyalanuvchilarning belgilangan
muayyan soatlarda ovqatlanishi,
ovqatlanishdan avval qo‘lni yuvish, ovqatdan keyin og‘izni chayish, shuningdek, kuniga ikki
marta (ertalab va kechqurun) tish tozalash, haftada bir marta vanna (yoki dush, hammom)da
cho‘milish, qo‘l va oyoq tirnoqlarini olishga odatlantirib borishlari zarur. Ushbu holatlar
tarbiyalanuvchilarda gigienik va jismoniy madaniyat unsurlarini shakllantiradi.
Oila tarbiyasida tarbiyalanuvchilarni aqliy jihatdan tarbiyalash ham muhim o‘rin tutadi. Eng
muhimi, ota-ona tomonidan tarbiyalanuvchilarning qiziqish va ehtiyojlarini ko‘ra bilish asosida
tasavvur, idrok, tafakkur, xotira hamda diqqatni takomillashtirishga yordam beruvchi
321
mashg‘ulotlarga jalb etishdan iborat. Shuningdek, ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quvchilarda
qiziqishni uyg‘ota olish, uni rivojlantirib borish ham talab etiladi. Oila muhitida o‘quvchilarning
aqliy jihatidan tarbiyalab borishda konstruktorlik o‘yinlari (kubiklar yordamida uylar qurish,
kesmalar asosida fano (tasvir)lar hosil qilish va boshqalar), fikr doirasini kengaytirishga yordam
beruvchi sport o‘yinlari (shaxmat, shashka)ni tashkil etish, turli mavzulardagi krossvord,
chaynvord va rebus topishmoqlarini hal qilish, teatr, muzey va ko‘rgazmalarga tashrif buyurish,
ilm-fan, texnika, texnologiya rivojiga oid suhbatlarning uyushtirilishi bu borada o‘zining ijobiy
samarasini beradi. Axloqiy tarbiya oila tarbiyasining o‘zagini tashkil etadi. Oilada
uyushtiriladigan axloqiy tarbiyaning maqsadi o‘quvchilarda eng oliy axloqiy sifatlar ota-ona va
oilaning boshqa a’zolari, atrofdagilarga nisbatan mehr-muhabbat, kattalarga hurmat, kichiklarga
muruvvat, kamtarlik, to‘g‘riso‘zlik, mehnatsevarlik, saxovat,
insonparvarlik, adolat, vijdon, or-
nomus, g‘urur, intizom, ijtimoiy burchni anglash va hokazolarni shakllantirishdan iboratdir.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, oiladagi sog‘lom muhit, oila a’zolarining psixologik
jihatdan o‘zaro yaqinliklari, ehtiyoj, qiziqish va hayotiy yondashuvlaridagi umumiylik, bir-
birlarini har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlay olishlari, ota-onalar tomonidan barcha
farzandlariga nisbatan qo‘yilayotgan talablar, ularga ko‘rsatilayotgan e’tiborning bir xil bo‘lishi
oila tarbiyasida ijobiy natijalarga erishishning omillari sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: