325
(noana’anaviy) shakllarini izlash amalga oshiriladi.
Butun guruh bolalari bilan frontal mashg‘ulotlardan kichik guruhlardagi mashg‘ulotlarga
o‘tishni ko‘proq kuzatish mumkin. bu holat ta’lim sifatini ta’minlaydi: bolalarga individual
yondashuv, bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda ularning xususiyatlarini inobatga
olish [2, 16].
Yana bir muhim tendensiya kuzatiladi – maktabgacha yoshdagi bolalar tanishtiriladigan har
bir sohada mashg‘ulotlar tizimini qurish. Kundalik hayot tadbirlari bilan uyg‘un bog‘liq bo‘lgan,
asta-sekin murakkablashib boruvchi mashg‘ulotlar tizimi – bu maktabgacha yoshdagi
bolalarning
zarur aqliy va shaxsiy rivojlanishlarini ta’minlovchi optimal yo‘ldir.
Mashg‘ulotlarni tashkil etish shaklidan qat’iy nazar, mashg‘ulotlarda o‘qitish avvalo
dasturiyligi bilan farqlanadi. Pedagog mashg‘ulot davomida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan
dasturiy mazmunni belgilaydi.
Mashg‘ulotlar ko‘p jihatdan o‘qitish mazmuni va bolalar faoliyatining o‘ziga xosligi bilan
belgilanadigan muayyan strukturaga ega bo‘ladi. Mazkur omillardan qat’iy nazar, ixtiyoriy
mashg‘ulotda umumiy mazmun va metodika bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uchta asosiy qism
ajratiladi, bular: boshlanishi, mashg‘ulotning borishi (jarayon) va yakunlanishi.
Hozirgi vaqtda MTTlarning ish amaliyotida ta’limni tashkil qilishning noan’anaviy shakllari
samarali
foydalanilmoqda:
bolalarning
yosh
xususiyatlarini
inobatga
olgan
holda
shakllantiriladigan kichik guruhlardagi mashg‘ulotlar. Mashg‘ulotlar o‘yin
va ertak syujetlari
bilan boyitiladi. Bola o‘yin mazmuni bilan mashg‘ul bo‘lib, yashirin o‘quv vazifasini payqamaydi.
Mazkur mashg‘ulotlar bolaning vaqtini ajratishga yordam berib, u bundan o‘z xohishiga ko‘ra
foydalanishi: dam olishi yoki o‘zi uchun qiziq bo‘lgan yoki emotsional ahamiyatli bo‘lgan ish
bilan shug‘ullanishi mumkin.
Bularning barchasi mashg‘ulotni yanada qiziqarli, jozibali, yanada samarali bo‘lishiga
yordam beradi. Mashg‘ulotni tashkil qilish va o‘tkazish uchun amaliyotda quyidagi shakllardan
keng foydalaniladi: NOD-suhbat,
NOD-kuzatuv, bu shakllarni katta maktabgacha yoshdagi
bolalar bilan qo‘llash tavsiya etiladi. Zamonaviy MTTlarda ertakterapiya mashg‘ulotlari juda
dolzarb bo‘lib, mashg‘ulotning mazkur shaklida bola bilan xavfsiz o‘zaro munosabatda bo‘lish
imkoni mavjud, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarning xususiyatlarini inobatga olgan
holda ertak terapiyasi davomida bolalarda axloqiy qadriyatlar rivojlanadi, istalmagan xulq
korreksiya qilinadi, konstruktiv ijtimoiylashuvga ko‘maklashuvchi kompetensiyalar shakllanadi
va yakuniy natijada bolalarda bilishga oid faollik rivojlanadi.
Yuqorida sanab o‘tilganlarning barchasidan biz quyidagi xulosalarga keldik:
1)
Bilishga oid faollik bu ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan
mustaqillik va
atrof-olamga qiziqishda ifodalanuvchi shaxs xususiyatidir.
2)
Bilishga oid faollikni rivojlantirish fikrlash va idrok etish jarayonida namoyon bo‘ladi
va sifatli o‘zgarishlar hamda ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi: energetik (kuch-quvvatli) (bola
faoliyatga qiziqadi, bilishda tirishqoqlikni namoyon etadi); mazmunli (o‘qish jarayonida faoliyat
natijalari, vaziyatdagi madaniy jihatlarni belgilash);
3)
Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilishga oid faollikni rivojlantirish savollarda,
mulohazalarda, solishtirishda namoyon bo‘ladi va alohida sohadagi maqsadga yo‘nalganlik bilan
tavsiflanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning bilishga oid faolliklarini rivojlantirishning muhim
vositasi o‘yinli texnologiyalardan foydalaniladigan mashg‘ulotlar hisoblanadi. Shuningdek, bola
o‘zini o‘z faoliyatining sub’ekti sifatida his qilishi uchun barcha mumkin bo‘lgan va yoshiga mos
bo‘lgan jihozlardan samarali foydalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: