Turkman adabiyoti



Download 13,44 Kb.
Sana28.04.2017
Hajmi13,44 Kb.
#7726

TURKMAN ADABIYOTI


Turkman xalqi O`rta Osiyoda qadimdan yashab kelayotgan turkiy tilda so`zlashuvchi xalqlardan birijir. Ochig`ini tan olish kerakki, turkman xalqi o`z milliy sofligini milliy adabiyoti va madaniyatini saqlab qolgan. Turkman xalq og`zaki ijodi miloddan avvalgi asrlardan to hozirgacha mazkur xalqning hayotidan ma'lumot beruvchi asosiy manbadir. Xalq og`zaki ijodida ertak, ashula, qo`shiq va doston janrlari keng tarqalgan. Xalq dostonlarining bir qismi Sharq klassik adabiyoti asarlari va diniy kitoblar («Layli va Majnun», «Yusuf va Zulayho»), mazmunini qamrab olgan bo`lsa, bir qismi uchun ertak va rivoyatlarning syujetlari asosiy manba bo`lib xizmat qilgan. («Shabnam va G`arib», «Zuhro va Tohir», «Asli va Karam»).

«Go`ro`g`li» siklidagi dostonlar alohida o`rin tutadi. Unda hikoya qilinishicha, qadim zamonlarda Chambil mamlakatining hokimi Jig`alibek qarigan chog`ida hokimiyatni o`zining sevimli o`g`li Adibekka topshiradi. Adibekning xotini farzand ko`rishi oldidan vafot etadi. Tez ora adibek ham dunyodan o`tadi. Ko`p o`tma bir cho`pon Adibekning otasi Jig`alibekka podadagi echkilardan biri kunda qabristonga borib, u yerda nimanigdir bolasini emizib qaytishini xabar qildi. Tekshirib ko`rsalar, echki Adibekning xotini qabridagi bir o`g`il bolani emizib kelarkan. Go`rda tug`ilgan bu bolaga birovlar Ravshan, boshqalar Go`ro`g`li deb nom qo`ydilar. Yoshlikdan bu bola sog`lom, sho`x bo`lib o`sadi. Oradan bir qancha vaqt o`tib, u bobosi bilan Xunxor nomli podsho saroyida yashab yurgan paytlarida Jig`alibekka yaxshi toy tanlashni buyuradi. Jig`alibek ko`rimsizgina, nimjon toyni tanlaydi. Jahli chiqqan podsho Jig`alibekning ikki ko`zini o`yib oladi. Bobosi tanlagan G`irotni parvarishlab, Go`ro`g`li yurtiga qaytadi.tez orada amakasining o`rniga hokim bo`ladi. Xalq dostonlarida Go`ro`g`li hamma vaqt adolatli, dono hukmdor tarzida tasvirlanadi. U ko`p yurishlarda, janglarda mardlik, qahramonlik ko`rsatadi. «Go`ro`g`li» dostonlari qisman sha'riy, qisman nasriy usulda yaratilgan.

Yozma adabiyot XI-XII asrlarda dastlab Ahmad Yassaviy va Ali singari shoirlarning ijodi ta'sirida turkiy (chig`atoy) tilida yuzaga keldi. XIV asrda turkman yozma adabiyotining yirik vakillari Burhoniddin Sivosiy va Imoniddin Nasimiylar yashab ijod etdilar. Agar Sivosiy birinchi bo`lib aruz vazinini she'riyatga olib kirgn bo`lsa, Nasimiy o`zining tasavvufiy she'rlari bilan haqiqatni aytishga harakat qildi. turkman adabiyotining dastlabki bosqichlarida nasihatgo`ylik motivi yetakchilik qilardi. Keyinchalik Ozodiy, Maxtumquli, Mullo Napas kabi shoirlar mavzuni dvom ettirishdi.

XVIII-XIX asrlar turkman adabiyotining eng taraqqiy etgan davri hisoblanadi. Bu davrning mashhur vakili Nurmuhammad G`arib Andalib Alisher Navoiyning ana'analarini saqlagan holda «Layli va Majnun» dostonini yozadi. Nasr bilan nazmni vobasta etgan mazkur doston shoir vafotidan so`ng og`izdan-og`izga ko`chib, xalq orasida keng tarqaldi. Andalibning zamondoshi Mamatsayid Ozodiy «Va'zi Ozodiy» asraida turkman va fors-tojik tillarida ajoyib asarlar yaratgan bo`lsa, Maxtumquli o`zining bir-biridan go`zal she'rlari biln turkman adabiyotini yuqori cho`qqiga olib chiqdi. Xivadagi Sherg`ozixon madrasasida tahsil olgan Maxtumquli Sharq mumtoz adabiyotining yozishmalarini chuqur o`rganib, turrkman poeziyasini shaklan va mazmunan yangi pog`onaga olib chiqdi. G`azal, ruboiy, qit'a kabi janrlarda yozilgan asarlarda bir-biridan teran mavzular ko`tarildi. O`sha vaqtdayoq turkman xalqining ozodligini kuylashga intilgan Maxtumquli «Chaqiriq» she'rini yozgan edi. XVIII asr boshlarida yashab ijod etgan Saidiy va Zeliliy Maxtumquli an'analarining davomchisi edilar. Mulla Napas o`z asarlarida turkmanlarning tarqoq qabilalarini birlashib, ozodlik kurashiga otlanishini baralla kuylaydi. «Gelmisham» dostonida bu g`oya oshiq Nepes va uning ma'shuqasi misolida o`z ifodasini topgan bo`lsa, «Zuhro va Tohir» da turkman xalqining an'anasi, urf-odatlari, o`ziga xosligi yorqin tasvirlangan. Ammo bu asrlarga yondashuv, ularning talqini Sho`ro davrida batamom o`zgacha edi. Ko`pgina adabiyotlarda yozilgan eiki, mazkur qahramonlar eski urf-odat va zo`ravonlikning qurboni bo`lgan edilar. Boboxonga o`xshagan qonxo`r podsholar sevgi uchun kurashgan sevishganlarning o`z holiga qo`ymaydi. Bu xildagi talqin zamonasozlikdan boshqa narsa emasligini bugungi hayot shiddati yaqqol ko`rsatadi.

Oktyabr to`ntarishidan so`ng ijodini davom ettirgan Miskin Qilich, Bayram, Shoir, Ko`rmullo, Mullo Murt, Durdi Qilich kabi shoir zamonaga qarshi chiqa olmay barcha kuylagan mavzularda asarlar yozishdi. Ko`rmulloning «Bolshevik», Durdi Qilichning «Zolimlar», «Kambag`allar», Mullo Murtning «Turkmaniston uchun azizsan», «Ozodlik», Alamishevning «Sona», «Qizlar dunyosi», Berdi Kerboboyevning «Odatning qurboni» singari asarlar shu davr mahsulotidir.

Anton Chexov, Lev Tolstoy an'analarini davom ettirgan O.Durdiyev, N.Sarixonovlar «Orzu», «Oq uy», «Shirin», «Kuyov», «Boyning g`azabi», «Shukur baxshi» kabi asarlarini yozib, turkman adabiyotidagi yangi qirralarni namoyon etdi.



Vatan urushi yillarida turkman xalqining front va front ortidagi hayotni tasvirlovchi Berdi Keboboyevning «Dadil qadam», romani, K.Burunovning «Keymir ko`r», T.Esanovaning «Shammat», O.Kavshutovning «Juma», A.Karlievning «Oyna» asarlari yaratildi. Ammo sof sho`ro hukumatining soxta vatanparvarligi ifodalangan, an'anaviy qahramonlik asarlari ham yozildi. Ular sirasiga B.Kerboboevning «Aylar», Ya.Nasirlining «Leytenantning o`g`li», Sh.Kekirovning «Ivan tog`a», O.Kavshutovning «Kopegdog` yon-bag`irlarida», Beki Saytoqovning «O`g`ilning sovg`asi» asarlari mansubdir.
Download 13,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish