316
DIALOGIK NUTQ - TAYYORLOV GURUHI BOLALARI KOMMUNIKATIV
KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH OMILI
Tasheva O.
Qarshi shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya
to‘gʻrisida”gi 595-sonli qonunida “Maktabgacha ta’lim va tarbiya – bolalarga ta’lim va tarbiya
berishga, ularni intellektual, ma’naviy-ahloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga,
shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turi” (1)
deya
ta’rif berilgan. Har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalashda uning nutqiy kompetensiyalarini
rivojlantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. K.D.Ushinskiy aytganidek: “Bola ilk yoshlik
chogʻidanoq xalq madaniyati elementlarini o‘zlashtira boshlaydi, bularni avvalo, ona tilini bilish
yo‘li bilan o‘rganadi” (2).
Bola nutq, kuzatish orqali borliqni bilib oladi, dunyoqarashini
shakllantiradi. Qolaversa, bolaning har tomonlama rivojlanishi va ayniqsa, uning maktab ta’limiga
sifatli tayyorlanishi bola nutqining qay darajada rivojlanganligiga ham bevosita bogʻliq.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaning nutqi tashqi olam bilan bogʻlangan holda uchta
vazifani bajaradi: 1) kommunikativ; 2) bilish; 3) tartibga solish.
Kommunikativ kompetensiya
muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi hisoblanib, u o‘yin
kompetensiyasi, ijtimoiy kompetensiya va bilish kompetensiyasi bilan bogʻliq holda rivojlanadi
(3).
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirishning turli shakl va usullari
mavjud bo‘lib, ular bolaning yoshiga qarab oddiydan murakkabga tomon rivojlanib boradi.
Bolaning ilk nutqiy ko‘nikmalari asosan oilada – oila a’zolari, maktabgacha ta’lim tashkilotida –
tarbiyachilar, tengdoshlari bilan suhbat jarayonida shakllanib boradi. Oilada bu jarayon ma’lum
bir maqsadlarga qaratilmagan, oddiy muloqot tarzida amalga oshirilsa, maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida ta’lim-tarbiya tamoyillariga asoslanib olib boriladi.
O‘zbekiston
Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi
bolalar rivojlanishiga
qo‘yiladigan davlat talablariga ko‘ra 6-7 yoshli bolalar nutqi quyidagi talablarga javob berishi
kerak:
o‘z ona tilida erkin so‘zlashadi;
so‘z turkumlarini yoshiga monand mustaqil, grammatik to‘gʻri qo‘llaydi;
gapdan sinonim va antonimlarni topa oladi va berilgan so‘zlarga ularni moslaydi;
ko‘p ma’noli so‘zlarning turli ma’nolarini farqlaydi;
turli
gaplarni tuzadi;
shaxsiy tajribasiga tayanib, rasm yuzasidan tasviriy hikoyani mustaqil tuzadi;
turli janrdagi badiiy asarlarni ifodali hikoyalaydi;
guruh muhokamasida tinglab va muloqotga kirishib ishtirok etadi;
qofiyalar tuzadi, topishmoqlar topadi;
nutqida horijiy so‘zlarni qo‘llaydi;
kichik she’rlarni, qofiyalarni so‘zlab
berishi mumkin;
yil fasllari nomini biladi
Olima Q.Shodieva maktabga tayyorlov guruhlarida tarbiyachining bolalar nutqini
rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiradigan ishlarini sanab o‘tib, ular orasidan dialogik nutqqa
alohida e’tibor qaratadi. Uning ta’kidlashicha, so‘zlashuv nutqini rivojlantirish bolalarni
kattalarning nutqini tinglash va tushunish, savollarga javob berish, boshqa bolalarning oldida o‘z
fikrini aytish, bir-birini tinglashdan iboratdir (4). Dialogik nutqni shakllantirish orqali tayyorlov
guruhi tarbiyalanuvchilarining kommunikativ kompetensiyalari rivolanishi
barobarida kundalik
faoliyatlari, turli voqea-hodisalarni kuzatish natijasida hosil bo‘lgan tushunchalarini aniqlash va
uni bir tizimga solish osonlashadi.
317
Dialogik nutq ogʻzaki nutqning oddiy shakli bo‘lib, unda to‘liq bo‘lmagan savol
javoblardan, undov so‘zlardan, ifodali vositalar, ko‘z qarashlar, imo-ishora, intonatsiyadan
foydalaniladi. Dialogik nutqqa o‘rgatish jarayonida
bolalar savol tuzish, savol berish, eshitish,
savolga javob berish, lozim bo‘lganda kerakli e’tirozlarni bildirish,
suhbatdoshining javobi
noto‘gʻri bo‘lsa tuzatish kiritish va to‘ldirish, muhokama va munozara qilish kabi ko‘nikmalarga
ega bo‘ladilar. Dialogik nutqni maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar asosan kattalar rahbarligida
o‘rganishadi.
Yosh kesimida bolalarda dialogik nutq ko‘nikmalarining umumiy holati quyidagicha
kuzatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: