Mavzu: maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari mundarija: kirish



Download 128 Kb.
bet1/16
Sana15.12.2022
Hajmi128 Kb.
#886362
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RIVOJLANISHIGA QO’YILADIGAN DAVLAT TALABLARI


MAVZU: MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RIVOJLANISHIGA QO’YILADIGAN DAVLAT TALABLARI
MUNDARIJA:
KIRISH.
I.BOB. MAKTABGACHA TA’LIMGA QO’YILADIGAN DAVLAT TALABLARI MAZMUN MOXIYATI.
1.1.“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari”ning mazmun-mohiyati, asosiy soha va kichik sohalari.
1.2.Davlat talablari rivojlanish soha indikatorlari haqida tushuncha.
II.BOB. MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA “ILK QADAM” DAVLAT O'QUV DASTURINI BAJARILISHI
2.1.“Ilk qadam” o’quv dasturi asosida turli yosh guruhlari
bolalariga beriladigan bilimlar mazmuni.
2.2.Rivojlanish markazlarini tashkil etish va rahbarlik qilishga qo’yilgan davlat talablari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi: Maktabgacha yoshdagi bolaga singdirilgan bilim va qadriyatlar uning butun kelgusidagi hayotini belgilab berishi sababli maktabgacha taʼlim barkamol shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Shuni hisobga olgan holda, oʼtgan davrda Oʼzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlimni rivojlantirish va samarali faoliyat koʼrsatishiga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi hamda kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Kuzatishlar shuni koʼrsatdiki, maktabgacha taʼlim sohasidagi davlat siyosatini toʼliq amalga oshirishdagi mavjud ziddiyatlar maktabgacha taʼlimni boshqarishning amaldagi holati tizimli muammolarni oʼz vaqtida aniqlash va bartaraf etish, mazkur sohada, shu jumladan, nodavlat sektorda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bermayapti; ikkinchidan, maktabgacha taʼlim sohasiga investitsiyalarni jalb qilishga, shu jumladan, ijtimoiy-hammabop maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish, ularni moddiy-texnik jihatdan qayta jihozlash va ilgʼor pedagogik texnologiyalarni qoʼllashga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari joriy qilinmagan; uchinchidan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining amaldagi holati bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan toʼliq qamrab olishni taʼminlashga imkon bermayapti, mamlakatda aholi sonining oʼsishi ayrim maktabgacha taʼlim tashkilotlarining haddan tashqari bandligiga olib kelmoqda; toʼrtinchidan, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob oʼqishga qiziqishni uygʼotuvchi oʼquv-metodik, didaktik (shu jumladan, oʼyinlar va oʼyinchoqlar) materiallar va badiiy adabiyotlarni tayyorlash hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatiga joriy etish ishlari zamonaviy talablarga javob bermaydi; beshinchidan, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning amaldagi tizimi maktabgacha taʼlim sohasini bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlay olmaydi; oltinchidan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʼbatlantirish tizimining past darajada ekanligi malakali kadrlarni jalb qilish imkonini bermayapti; yettinchidan, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat koʼrsatish boʼyicha hududiy sogʼliqni saqlash organlari ishini tashkil etishdagi kamchiliklar bolalarning hayoti va sogʼligʼini himoya qilish, shu jumladan, sogʼlom ovqatlanishini taʼminlash boʼyicha profilaktik chora-tadbirlar samaradorligining pasayishiga olib kelmoqda. Shu sababdan maktabgacha taʼlimni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va oʼquv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan toʼldirish, ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 -yil 9 sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish boʼyicha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ–3261-sonli Qarori qabul qilindi.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 7 fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar Strategiyasi toʼgʼrisida”gi PF-4947-son Farmoni , 2016-yil 29 dekabrdagi “2017-2021 -yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-2707-son qarori, 2019-yil 8-maydagi “Oʼzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi PQ–4312-son Qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 -yil 13 maydagi 391-son “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori hamda mazkur sohaga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar maktabgacha taʼlim sohasini isloh etishning huquqiy asosi boʼlib xizmat qilmoqda.
“2017-2021 -yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-2707-son qaror maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʼini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilganligi maktabgacha taʼlim tizimini tubdan isloh qilishning muhim bosqichi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Bu oʼz navbatida maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatining huquqiy-meʼyoriy asoslarini takomillashtirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari davlat tarmogʼi bilan bir qatorda, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʼini kengaytirish, taʼlimning ilgʼor texnologiyalarini joriy etish, pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish hamda bolalarni maktabgacha taʼlimga keng qamrab olish asosida ularni maktabga tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish orqali yosh avlodni barkamol qilib kamolga yetkazishga boʼlgan zamonaviy talab va ehtiyojlarni qondirishga xizmat qilmoqda [6].
Shuningdek, ushbu qaror mamlakatimizda sogʼlom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning oʼz ijodiy va intellektual salohiyatini roʼyobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga toʼliq javob beradigan har tomonlama rivojlangan barkamol shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish hamda takomillashtirish boʼyicha keng koʼlamli aniq yoʼnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgandir. Bu oʼz navbatida bolalarni jismoniy, aqliy hamda ijtimoiy-hissiy jihatdan kamol toptirish va ularning sogʼligʼini muhofaza qilish, bolalarning erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ahloqiy va maʼnaviy jihatdan barkamol, shuningdek, kelajakda mustaqil va ongli tafakkur tarziga ega komil insonlar etib voyaga yetkazish uchun xizmat qiladigan taʼlim tizimi poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Umummanfaatlarni oʼzida mujassam etgan mazkur qarorning amalga oshirilishi davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʼnalishlaridan biri sifatida mamlakatimizda uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirishning izchilligi va uzviyligini taʼminlash bilan bir qatorda, maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish jarayonlariga ham ijodiy yondashuvni tatbiq etish, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida taʼlim olishga zaruriy ehtiyoj va motivlarni shakllantirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilarining faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirish, taʼlim tashkilotsida qulay taʼlimiy muhitni shakllantirish, yaʼni innovatsion taʼlimiy muhitni vujudga keltirish zaruriyatini belgilaydi.

Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish