Reja: Muammoli ta'limning vujudga kelish tarixi. Muammoli ta'lim haqida tushuncha



Download 151,52 Kb.
Sana23.01.2022
Hajmi151,52 Kb.
#406686
Bog'liq
9-mavzu

,,Muammoli vaziyat’’strategiyasidan foydalanish metodikasi.


Reja:

1.Muammoli ta'limning vujudga kelish tarixi. Muammoli ta'lim haqida tushuncha.

2.Muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish turlari. 

3.Muammoli talim darajalari.

4.Muammoli vaziyatlarni mazmuniga ko'ra guruhlash.

5.Muammoli  ta'lim jarayonida o'qituvchiga  qo'yiladigan talablar.

 

Muammoli o’qitishning asosida amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj. Dyui (1859-1952) g’oyalari yotadi.



O’qishU 1894 yilda Chikago shaxrida o’qitish asosini o’quv rejasi emas, balki o'yinlar va mehnat faoliyati tashkil etgan tajriba maktabini tashkil qilgan.

, hisoblash, yozish bo'yicha mashg’ulotlar bolalarning fiziologik baloqatiga qarab  o'z- o'zidan paydo bo'lgan ehtiyojlariga muvofiq o'tkazilgan.

Muammoli ta'limning bosh maqsadi - talabalarning o'rganilayotga mavzuga doir muammolarni to'liq tashunib yetish erishish va ularni hal eta olishga o'rgatishdan iborat.

Muammoli ta’lim texnologiyalari talab faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan.

Muammoli ta'lim texnologiyasining asosi - insonning fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarni aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli ta'lim talabalarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini o'stirishda jiddiy ahamiyatga ega.

Muammoli ta'limni amaliyotda qo'llashda asosiy masalalardan biri o'rganilayotgan mavzu bilan bog'liq muammoli vaziyat yaratishdan iborat.

Muammoli vaziyat yaratish usullari

o'qituvchi talabalarga dars mavzusi bilan bog'liq ziddiyatli holatni tushuntiradi va uni yechish yo'lini topishni taklif qiladi;

bir masalaga doir turli nuqtai-nazarlarni bayon qiladi;

hal etish uchun yetarli bo'lmagan yoki ortiqcha ma'lumotlar bo'lgan yoki savolning qo'yilishi noto'g'ri bo'lgan masalalarni yechishni taklif etadi va boshqalar.

Muammoli ta'lim masalalari bo'yicha juda ko'plab tadqiqot ishlari amalga oshirilgan va bu ishlar hozirgi kunda ham doimiy ravishda amalga oshirilib borilmoqda. Hozirgi kunda kasbhunar kollejlarida мuammoli ta'lim metodlari orasida quyidagi beshta asosiy metodlar farqlanadi:

1. Tadqiqot metodi.

2. Qisman izlanish yoki evristika metodi. 

3.. Tushuntirish, namoyish etish metodi. 

4. Muammoli bayon qilish. 

5. Reproduktiv metod.

1. Tadqiqot metodi. Bu metod, birinchidan, bilimlarni ijodiy qo'llanishini ta'minlashga, ikkinchidan, ilmiy bilish metodlarini izlash jarayonida mazkur metodlarni va ularning qo'llanishini o'zlashtirishga qaratiladi. Uchinchidan, ijodkorlik faoliyati xislatlarini shakllantiradi, to'rtinchidan, ana shunday faoliyatga qiziqish hamda ehtiyojni tarkib toptirishning sharti hisoblanadi.

Tadqiqot metodining bosqichlari:

1) faktlar va hodisalarni kuzatish hamda o'rganish;

2) tadqiqotga doir tushunarsiz hodisalarni oydinlashtirish;

3) gipotezani olg'a surish;

4) tadqiqotning rejasini tuzish;

5) rejani amalga oshirish;

6) yechimni tuzish;

7) yechimni tekshirish;

8) amaliy xulosalar.

2.Qisman izlanish yoki evristika metodi. O'quvchilarni asta - sekin muammolarni mustaqil hal qilishga yaqinlashtirish uchun ularga avvalo echimning ayrim bosqichlarini bajarishni o'rgatish, ularda asta - sekin ko'nikma hosil qilish zarur. Tadqiqot metodining birinchi variantida o'quvchilarga ko'rsatilgan rasmga va so'zlab berilgan mazmunga savollar tuzishni tavsiya etish orqali muammolarni ko'ra olish, aytilgan faktlardan xulosa chiqarish o'rgatiladi.

Mazkur metodning boshqa bir varianti murakkab masalani tushunilishi oson va har qaysisi asosiy masalani echishga yaqinlashishni engillashtiradigan kichik masalalarga ajratishdan iboratdir.

O'zaro bog'liq savollardan tashkil topadigan evristik suhbatni tuzish tadqiqot metodining uchinchi varianti bo'lib, mazkur savollarning har biri muammoni hal qilish yo'lidagi qadam hisoblanadi va ko'plari o'quvchilardan faqat o'z bilimlaridan foydalanishni emas, balki izlanishlarni amalga oshirishni ham talab qiladi.

3. Tushuntirish, namoyish etish metodi. Bu metodning asosiy vazifasi o'quvchilarning axborotni o'zlashtirishini tashkil etishdir. Uni axborot – reseptiv metod, deb ham ataladi. (resepsiya -  idrok ) va unda o'qituvchi bilan o'quvchi faoliyati davom etadi.Bu faoliyat shundan iboratki, o'qituvchi tayyor axborotni turli vositalar bilan beradi, o'quvchilar esa ana shu faoliyatni idrok etadilar va eslab qoladilar. O'qituvchi axborot berishni og'zaki so'z (hikoya), matbuot (darsliklar, qo'shimcha qo'llanmalar) dagi iboralar, ko'rsatmali qurollar va hokazolar yordamida amalga oshiradi.

O'qituvchilar bilimlarni o'zlashtirish uchun zarur ishlarni bajaradilar – yangi axborotni tinglaydilar, ko'radilar, o'qiydilar, kuzatadilar va uni ilgarigi o'zlashtirilgan axborot bilan taqqoslaydilar, xotiralarida olib qoladilar.

4. Muammoli bayon qilish. Ushbu metodning mohiyati o'qituvchi  muammoni qo'yib, uni o'zi hal qilishi va echimning ahamiyatini o'quvchilarga tushunarli ziddiyatlar orqali ko'rsatishdan iboratdir.



O'quvchilar echimga olib boradigan yo'lning mantig'ini, tavsiya etilgan gipotezalarning haqiqatga o'xshashligini, isbotlarning ishonchliligini kuzatadilar. Ular dastlabgi paytlarda xulosalarga ishonmasalar ham, lekin keyinchalik muammoli bayon bilan muammolarni mustaqil hal etish jarayoni asta – sekin muvofiqlashuvi natijasida xulosalar chiqaradigan, ehtimol o'z muhoqamalarining mantig'ini tuza oladigan bo'lib qoladilar. Shunga ko'ra o'qituvchi mustaqil hal eta oladigan muammolardan murakkabroq muammolarni tanlash mumkin.

5. Reproduktiv metod. O'quvchilar ko'nikma va malakalarni egallashi, shu bilan bilimlarni o'zlashtirishning ikkinchi darajasiga erishishi uchun o'qituvchi topshiriqlar tizimi orqali ularning o'zlariga berilgan bilimlarni bir necha marta eslatadi. U topshiriqlar beradi, o'quvchilar esa topshiriqlarni bajaradilar – o'xshash masalalarni echadilar, namunaga qarab turlaydilar va tuslaydilar. O'qituvchining necha marta va qanday oraliqlarda takrorlashi o'zining qobiliyatiga, topshiriqning qiyin yoki osonligiga bog'liq.
Download 151,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish