B. M. Tojiboyev, D. A. Alijanov chorvachilikda ozuqa tayyorlash va



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/85
Sana20.07.2022
Hajmi8,27 Mb.
#826684
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   85
Bog'liq
silos

Nazorat uchun savollar
1. DPO-20, DTK-20M3, DTK-.78 va K7-FI2-S maydala-
gichlari vazifalari, tuzilishi, texnologik ish jarayonini tushuntirib 
bering.
2. DPO-20, DTK-20M3, DTK-.78 va K7-FI2-S mashina-
larining konstruktiv farqlarini tushuntirib bering.


67
X BO‘LIM. DAG‘AL VA SUVLI-SHIRALI OZUQALARNI 
MAYDALAGICHLAR
10.1. Dag‘al ozuqalarni maydalagichlar
Yashil ozuqalarni qirqib maydalash mashinalari tirkama va 
o‘zi yurar holda bo‘ladi. Yashil ozuqalar natural holda oziqlan-
tirish, silos va senaj, o‘t uni tayyorlashda maydalanadi.
Bu mashinalarning konstruktiv-texnologik chizmalari 
bir-biriga mos keladi. Maydalash ishchi organi silindrik 
shaklda yasalgan 2 tadan 8 ta yoki ayrim hollarda 12 tagacha 
almashtiriladigan pichoq o‘rnatilgan barabandan iborat. 
Pichoqlar sonini qirqish uzunligiga mos ravishda almashtirib 
turiladi. Mashinaning tinimsiz ishlashi uchun ikkita shart 
bajarilishi lozim:
1. Uzluksiz va o‘z vaqtida qirqish apparati pichoqlarini 
charxlab turish. 30 mm uzunlikkacha maydalashga erishish. 75 
foiz holatda pichoq tig‘ining qalinligi q<0,25 mm bo‘lganda, 
ya’ni o‘tkirlashdan so‘ng 500-600 t yashil massaga ishlov berib 
qayta charxlash zarur.
2. Pichoq tig‘i va qayta qirqish barabani orasida 0,5-1,2 mm 
tirqishni doimiy ravishda saqlab turish (10.1-rasm).
10.1-rasm. Maydalash-ta’mirlash apparati shakli


68
Barabanli qirqish apparatlarida qarshi qirqish plastinasi bara-
banning diametral chizig‘idan pastda joylashadi.
Somonsilosqirg‘ichlar.
Somonsilosqirg‘ichlar poyali ozuqa-
larni 5–100 mm uzunlikda qirqib berish uchun xizmat qiladi.
Qirqish apparatining konstruksiyasi bo‘yicha bu mashinalar 
diskali yoki barabanli bo‘ladi. Diskali qirqish apparatlari, o‘z 
navbatida, pichoq tig‘ining shakli bo‘yicha to‘g‘ri chiziqli yoki 
egri chiziqli bo‘ladi. Barabanli somonsilosqirg‘ichlar pichog‘i 
vintsimon shaklda bo‘ladi.
Somonsilosqirg‘ichlarga RSS-6B, KDU-2 va «Volgar-5A» 
kiradi. Somonsilosqirg‘ich RSS-6B (10.2-rasm) dag‘al yoki 
yashil ozuqalarni (o‘t, silos) maydalash uchun xizmat qiladi. 
Ozuqalarni maydalagichga uzatish va chiqarib olish mexanik 
tarzda amalga oshiriladi. RSS-6B o‘z elektryuritgichi yoki 
traktor harakat olish validan yuritish moslamasi bilan chiqa-
rilgan.
RSS-6B ishchi organi rotor disk shaklida bo‘lib, pichoqlar 
tig‘i to‘g‘ri qilib yasalgan. Pichoqlar diskka nisbatan burchak 
ostida o‘rnatilib, poyalarni qamrab olishga yordam berib, 
sirpantirib qirqishga imkon tug‘diradi.
10.2-rasm. RSS-6B Somonqirg‘ichi


69
Ish jarayoni. Noozuqa aralashmalardan tozalangan mahsulot 
gorizontal uzatish transportyori (2)ga tashlanadi. Mahsulot 
uzatish transportyorida siljishi mobaynida, zichlash transportyori 
(3) yordamida tekislanib zichlanadi. Keyin ta’minlagich-zichla-
gich valetslar (4) yanada tekislanib-zichlanib, qirquvchi juftlik 
pichoq (7) va qarshi qirqish plastinasi (8) ga uzatiladi. Qirqilgan 
mahsulot diskka o‘rnatilgan uchta kurakcha yordamida deflektor 
orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Qirqish uzunligi diskka (2, 
3) va 6 ta pichoq o‘rnatish hamda uzatish transportyori tezligini 
o‘zgartirish bilan sozlanadi. Buning uchun almashtiriluvchi 
yulduzchalar o‘zgartiriladi. Sifatli qirqilgan materialga erishish 
uchun pichoq tig‘i bilan qarshi qirqish plastinasi orasidagi 
tirqish sozlanadi. Tirqish diskda o‘rnatilgan sozlash boltlari va 
qistirmani o‘zgartirish bilan amalga oshiriladi. Silos o‘simliklari 
uchun 0,5 mm, dag‘al ozuqalar uchun 1 mm tirqish o‘rnatiladi. 
Transportyor tasmasining ostki qismi 70 mm dan ko‘p osilib 
turmasligi lozim. Zichlash darajasi qobirg‘ali valetslar prujinasi 
tarangligini o‘zgartirish bilan sozlanadi. Elektryuritgichni 
siljitish bilan tasmali uzatmalar tarangligi sozlanadi.
O‘tkirlash moslamasi tasma bilan harakatga keltiriluvchi 
dumaloq qayroq tosh, yo‘naltiruvchi kareta va supportdan 
iborat. Pichoqni o‘tkirlash uchun diskdan yechilib karetaga 
qotiriladi. O‘tkirlash karetani siljitish bilan amalga oshiriladi. 
Pichoqning dumaloq qayroq toshga nisbatan holati support 
yordamida ta’minlanadi. O‘tkirlangan pichoqlar diskka, qayroq 
tosh tasmasi esa yechilib ramaga o‘rnatiladi.
Somonsilosqirg‘ich somonni maydalashda – 2,5 t/s, yashil 
massada-7 t/s ish unumiga ega.
Maydalagich ish jarayoni davomida, ozuqaga begona 
pred-metlarning tushmasligini ta’minlash zarur. Ish oldidan 
mashinaning barcha birikmalari mustahkamligi tekshiriladi, 
zarur holatlarda sozlanadi.
«Volgar-5» (10.3-rasm) rama, uzatuvchi (8) va zichlovchi 
transportyor (3), birlamchi qirqish apparati (2), ikkilamchi 
qirqish apparati (10), shnek (1), tortqi yulduzchalari (5, 6, 


70
7), avtomat o‘chirg‘ich (11) va elektryuritgichdan tuzilgan. 
Elektryuritgich (22) kVt quvvatga ega.
Texnologik ish jarayoni. Material ozuqa qabul qiluvchi 
moslama orqali yoki qo‘lda uzatib beruvchi transportyor (8) ga 
bir tekisda yetkazib beriladi. Material transportyorda harakat 
davomida zichlagich transportyor (3) yordamida yanada tekis-
lanib zichlanadi va birlamchi qirqish apparatiga uzatiladi.
10.3-rasm

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish