B. M. Tojiboyev, D. A. Alijanov chorvachilikda ozuqa tayyorlash va



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/85
Sana20.07.2022
Hajmi8,27 Mb.
#826684
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   85
Bog'liq
silos


IRM-50 maydalagich shakli
IRM-50 maydalagichi yuqori va o‘rta namlikdagi makka-
jo‘xori so‘talarini maydalash, cho‘chqalar uchun aralash (kom-
binatsiyalashgan) silos, qoramol, qo‘ylar uchun dag‘al va suvli-
shirali ozuqalardan ozuqa aralashmasi tayyorlash uchun xizmat 
qiladi. Maydalagich rama (1), maydalash barabani, qarshi qir-
tish elementi (10) bilan ta’minlangan deka (9), deflektor va 
yuklash latogidan iborat (10.4-rasm).
Maydalagich harakatni elektryuritgich yoki traktorning 


73
quvvat berish validan oladi. Bolg‘ali maydalash apparati qurama 
ishchi organlari bilan yuklash tarnovi orqali uzatilgan ozuqani 
qamrab olib dekaning taram-taram yuzasi va pichoqlari orasida 
titkilab maydalaydi. Maydalangan material yuqoriga, mahsulot 
quvuriga yoki pastga, silos quvuriga uzatiladi. Maydalagich roto-
rida pichoqlar bolg‘a, qarshi qirqish elementlari kesik piramida 
yasalib, dekaga sharnir holatida biriktirilib qo‘yilgan. Pichoq 
va qarshi qirqish elementlari yon qismida ariqchalar yasalgan 
bo‘lib, qo‘shimcha qirqish elementlari hisoblanadi. Bu mayda-
lash energiyasi sarfini pasaytirishga, texnologik jarayon mustah-
kamligini oshirishga imkon beradi. Maydalagich almashtiril-
adigan deflektor bilan ta’minlanib ular maydalangan massani 
transheyaga yoki transport vositasiga yo‘naltirishga imkon 
beradi.
10.2. Ildiztuganak mevalarni yuvish, tozalash va maydalash
mashinalari
Yuvish mashinasiga qo‘yiladigan talablar:
- har turdagi ozuqalarni yuvish imkoniyati;
- ozuqani 0,4 l/kg suv sarflagan holda, yuqori sifatda 
yuvilishi;
- ozuqaning suvda qisqa muddat bo‘lishi;
- ozuqaga mashina qismlarining jarohat yetkazmasligi;
- tosh va boshqa aralashmalarni ajrata olishi;
- yuklash va chiqarib olishning mexanik holda bajarilishi;
- loyqani tozalab olish imkoniyati;
- yuvish sifatining sozlanishi.
Konstruksiyasi bo‘yicha ozuqa yuvish mashinasi kulachokli, 
barabanli, diskli va shnekli bo‘ladi (10.5-rasm).
Ish jarayonining borishi to‘xtab-to‘xtab ishlovchi va tinim-
siz ishlovchilarga bo‘linadi.
Kulachokli ozuqa - yuvgich, panjarali vanna (8) va vint 
shaklida joylashgan kurakli val (10)dan iboratdir (10.5-rasm). 
Vanna tarnov shaklida metall, beton yoki taxtadan uzunligi 


74
3260 mm va kengligi 1400 mm qilib yasaladi. Vanna uzun-
ligi bo‘ylab tosh ushlash, loydan tozalash va tayyor mahsulotni 
saqlash seksiyalariga bo‘lingan.
10.5-rasm. Ozuqa yuvgichlar.
Vanna har 1 kg lavlagiga 0,6-0,8 l suv hisobida to‘ldirilib, 
lavlagi bilan yuklanadi. Yuvish jarayoni lavlagilarni val atrofida 
aylanishi va siljishi jarayonida yuz beradi. Yuvilgan lavlagilar 
chiqish darchasi orqali ishlovni davom ettirishga yuboriladi.
Baraban ko‘rinishidagi yuvgich plankali baraban - ishchi 
qismlari bilan ta’minlangan. Lavlagilar suvli vannaning yuqori 
qismidan yuklanib, baraban bo‘ylab harakat qiladi va o‘tgan 
yo‘lida loydan tozalanadi. Loy vanna ostiga cho‘kib, tozalangan 
lavlagi esa chiqarish darchasining ichki devoriga o‘rnatilgan 
kurakli baraban yordamida tashqariga chiqariladi. Bu mayda-
lagichlar quruq holda tozalash uchun ham foydalaniladi.
10.6-rasm. Kulachokli ozuqa yuvgich va uning tosh ushlagichi


75
Diskli ozuqa yuvgich baquvvat yuvish - ishchi diski bilan, 
disk esa sirtiga kavsharlangan bo‘rtlar bilan ta’minlangan. 
Lavlagilar aylanayotgan disk bo‘rtiga tegib, disk bilan aylanib 
hamda siltanib harakatga keladi. Aylanma suv ta’minlagich 
lavlagining to‘la yuvilishini ta’minlaydi.
Shnekli ozuqa-yuvgich vannaga o‘rnatilgan shnek holatida 
bo‘ladi. Shnek quvur ichiga joylashib, gorizontalga nisbatan 
25-90° holda bo‘ladi. Quvurning pastki qismi suvli bunker 
ichida, panjara shaklida joylashgan bo‘ladi. Shnek aylanganda 
uning o‘rami lavlagini qamrab olib, shnek bo‘ylab yuqoriga 
yo‘naltiradi. Lavlagiga qarama-qarshi yo‘nalishda, unga vanna 
tindirgichidan suv yuboriladi. Loyqa vannaning tubiga cho‘kadi 
va vaqti-vaqti bilan maxsus darcha orqali tozalab turiladi.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish