79
Yuvilgandan keyin maydalash apparatiga borib tushadi.
Mashinada suvni qayta ishlatish ko‘zda tutilgan, ya’ni suv
yopiq tizimda aylanma harakat qiladi: vanna – nasos-shnek–
vanna. Suvning ifloslanganlik darajasi 25 %ga yetganda, to‘kib
tashlanadi va qayta toza suv quyiladi.
Nazorat uchun savollar
1. Ozuqalarni yuvish mashinalariga qo‘yilgan zootexnik
talablar.
2. Yuvish mashinalarining qanday konstruktiv turlari bor?
3. Kulachokli ozuqa yuvish mashinasi tuzilishi va ishlashini
tushuntirib bering.
4. Barabanli, diskli va shnekli ozuqa yuvish mashinalarining
ishlash jarayonlari.
5. Noozuqa aralashmalarni tozalash mashinalari tuzilishi va
ish jarayoni.
6. Somonsilosqirg‘ich RSS-BB vazifasi, tuzilishi, texnologik
ish jarayoni va sozlanishi.
80
XI BO‘LIM. OZUQALARNI ZICHLASH TEXNOLOGIYASI.
QO‘LLANILADIGAN MASHINA VA JIHOZLAR
11.1. Ozuqalarni zichlash jarayoni va texnologiyasi
Hozirgi zamon ozuqa tayyorlash
jarayonida ozuqalarni
zichlash texnologiyasi qo‘llanilmoqda. Presslash – materiallarni
zichlashtirish maqsadida bosim ostida ishlov berish usulidir.
Qishloq xo‘jaligida o‘t uni, maydalangan somon va o‘t, omixta
yem, to‘liq ratsionli omixta ozuqa va boshqalar presslanadi.
Natijada ozuqalarning tabiiy holatini saqlash, to‘yimliligini
oshirish bilan birgalikda, ularni saqlash va tashish paytida isrof-
garchilikka chek qo‘yiladi, balki saqlash joylarini hamda tashish
ishlarini kamaytiradi.
Presslashning (lotinchada granulum - don) – sochiluvchi
ozuqalarni presslash bilan granula (zich, kichik shar, silindr,
kub) larga aylantirish jarayoni. Umumiy holda granulalash va
briketlash bir xil hodisa bo‘lsada, zichlashtirilishi lozim bo‘lgan
ozuqalarning xossalari, ularga qo‘yiladigan talablarning har
xilligi, tuz asosida granulalash va briketlash qurilmalarining
texnologik va konstruktiv jihatlardan farqlanishiga sabab
bo‘ladi. Xususan, briketlash kanallarning rostlanishi, ya’ni kanal
o‘lchamlarining o‘zgaruvchan bo‘lishligini taqozo etadi. Bunda
kanalning ko‘ndalang kesim yuzasi yoki uzunligi o‘zgarishi
mumkin.
Zamonaviy qurilmalar unsimon ozuqalardan diametri 20
mm, uzunligi 30-40 mm va zichligi 900-1300 kg/m
3
bo‘lgan
granulalar, maydalangan somon, o‘t, to‘liq ratsionli omixta
ozuqalardan diametri 65 mm yoki formasi silindr bo‘lmagan
80 mm o‘lchamli va zichligi 500-900 kg/m
3
bo‘lgan briketlar
ishlab chiqaradi.
Presslashning fizik mohiyati, qattiq jism zarralarini bir-biriga
yaqinlashtirish va bog‘lash, ya’ni sochiluvchan ozuqa massasini
mexanik bosim bilan zichlashtirish va qattiqlashtirishdan iborat.
Ozuqaning granulalanish yoki
briketlanish tavsifnomasi
sifatida
zichlanish
darajasi
λ
xizmat
qiladi.
U
material
porsi-
81
yasining zichlangungacha bo‘lgan hajmi
V ni zichlangandan
keyin olingan granula yoki briket hajmi
V
3
ga nisbatiga teng
(11.1-rasm). Ko‘ndalang kesim yuzasi doimiy bo‘lgan kamerada
zichlashtirish amalga oshirilganda,
3
3
11.1
V V
h h
λ =
=
bunda
h va
h
3
– doimiy ko‘ndlang kesimli kameradagi massaning
zichlangungacha va zichlangandan
keyingi balandligi, m.
Agar materialning zichligini
ρ
м
(kg/m
3
), zichlangandan
keyingi
zichligini esa
ρ
3
(kg/m
3
) deb olsak,
(
)
3
3
11.2
m
m
M
M
ρ
λ
ρ
ρ
ρ
=
⋅
⋅
=
bunda
M –
material massasi, kg.
11.1-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: