B. M. Tojiboyev, D. A. Alijanov chorvachilikda ozuqa tayyorlash va



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/85
Sana20.07.2022
Hajmi8,27 Mb.
#826684
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   85
Bog'liq
silos

11.2. Granulalash qurilmalari
Ozuqalarni granulalash presslari quyidagicha klassifikatsi-
yalanadi:
- ishchi organlarda presslanish prinsipiga ko‘ra – yopiq 
presslash kameralarida forma hosil qilish mashinalari va press-
lash jarayoni kechayotgan kamera devorlariga ishqalanish 
qarshiligini yengish uchun bosim ostida suruvchi mashinalari;
- presslash kuchini tashkil etuvchi ishchi organlarning tipiga 
ko‘ra – plunjerli (shtempelli, shnekli, ponali, shesternali) va 
g‘ildirakli;
- ishchi organlarning kinematik va konstruktiv xususiyat-
lariga ko‘ra va press – granulalagichlarni konstruktiv xususiyat-
lariga ko‘ra beshta tipga bo‘lish mumkin (11.2-rasm).
11.2-rasm.
 
Press – granulalagichlari ishchi qismlarining prinsipial 
chizmalari.
1. Forma hosil qilish presslari. Material bir-biriga qarab 
aylanayotgan ikkita qovurg‘ali g‘ildirak oralig‘idan o‘tishida 
granula hosil bo‘ladi. Mahsulot g‘ildirak kovaklariga tush-
ganda qizdiriladi va ma’lum geometrik o‘lchamdagi granula 
ko‘rinishida chiqadi. Presslash kuchi ta’siri qisqa vaqtli 
bo‘lganligi oqibatida, bu tipdagi mashinalarda omixta yemdan 


84
mustahkam granula olish qiyin. Bundan tashqari, ish unumdor-
ligi past bo‘lishi bilan birgalikda, elektr energiyaning solishtirma 
sarfi yuqori. Bu kamchiliklar plunjerli forma hosil qilish press-
lariga ham o‘ziga xos xususiyatdir. Shu sababdan ularning 
omixta yemlarni granulalashda qo‘llanilishi chegaralangan.
2. Shesternali va silindrli presslar. Shesternali presslarning 
ishchi qismi sifatida tishlashib turgan va bir-biriga qarab 
aylanayotgan tishli g‘ildiraklar juftligidan foydalaniladi. Material 
tishlar yordamida g‘ildirak asosidagi teshiklarga haydaladi. 
Teshiklardan presslanib o‘tgan mahsulot qo‘zg‘almas pichoqlar 
bilan qirqiladi, granula hosil bo‘ladi. Silindrli bosim ostida 
suruvchi presslar butun sirti bo‘ylab, teshiklar ko‘zda tutilgan 
ikkita silindrdan iborat. Ular bir-biriga qarab aylanganda
material oraliqqa tushadi va teshiklardan bosim ostida o‘tib 
silindr ichki tomoniga tushadi, u yerda pichoqlar bilan qirqiladi 
va granula hosil bo‘ladi.
3. Shnekli granulalagichlar silindrli yoki konussimon 
bo‘lib, bir yoki ikki shnekli va shnekning joylashishiga qarab, 
vertikal yoki gorizontallarga bo‘linadi. Material shnek bilan 
aralashtiriladi, qo‘shimcha maydalanadi, zichlanadi, qolipga 
haydaladi va teshikdan bosim ostida suriladi. Chiqayotgan 
granulalar aylanuvchi yoki qo‘zg‘almas pichoqlarda qirqiladi. 
Bu presslarda vertikal yoki gorizontal joylashgan tekis va 
sferik (segmentli) qo‘zg‘almas qoliplar qo‘llaniladi. Shnekli 
granulalagichlar nam holda granula olishda keng foydalaniladi.
4. Tekis gorizontal aylanuvchi qolip presslarda presslash 
g‘ildiraklari bosimi ostida zichlashtirilib o‘tkaziladi va granula 
hosil qilinadi. G‘ildiraklar silindr yoki konussimon bo‘lib, faol 
yoki nofaol g‘ildiraklarga bo‘linadi. Qolip va faol g‘ildiraklar 
aylanish tezliklari har xil bo‘lganligidan ular notekis yeyiladi. 
Markazdan qochma kuch ta’sirida, materiallarning chetki to‘p-
lanishi bu presslarning kamchiligi hisoblanadi, chunki ishchi 
yuzaga yuklanish bir tekisda tushmaydi.
5. Halqasimon gorizontal yoki vertikal aylanuvchi qolipli 
presslar. Aylanuvchi qoliplardagi teshiklardan xomashyo faol 


85
yoki nofaol g‘ildiraklar bilan bosim ostida o‘tkaziladi. Bu 
presslarning muhim jihati qolip va presslovchi g‘ildiraklarning 
tegishli nuqtasidagi chiziqli tezliklari teng, ya’ni sirpanishdan 
hosil bo‘ladigan ishqalanish kuzatilmaydi, bosim kuchi faqat 
materialni presslashga sarflanadi.
Bugungi kunda halqasimon qolipli g‘ildirakli presslagichlar 
OGM – 0.8 A, OGM – 0.8 B, OGM – 1.5, OGM – 3.0, DG
– 1 lar keng tarqalgan bo‘lib, OGM tipidagilar o‘t unini, 
DG – 1 esa omixta yemni granulalashga mo‘ljallangan.
11.3-rasm

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish