Murakkab yuk ko‘tarish mashinalari (konstruksiyasi va bajaradigan vazifasi bir-biridan farq qiladigan, yetarli darajada murakkab tuzilgan, yuk ko‘taruvchanlik qobiliyati katta bo‘lgan, universal yuk ko‘tarish mashinalari) kranlar deyiladi.
Xar qanday kran:metallkonstruksiya; ko‘tarish mexanizmi; siljitish mexanizmi; kranni aylantirish mexanizmi; kranqulochini o‘zgartirish mexanizmi va boshqa mexanizmlardan tashkil topgan bo‘ladi.
Kranlar donali yuklarni va sochiluvchan yuklarni ko‘tarishda ishlatiladi. Konstruksiyasining tuzilishi bo‘yicha kranlar strelasimon – strelali kranlar va ko‘priksimon – ko‘prikli kranlar deb ataluvchi guruhlarga bo‘linadi. Strelali kranlarda yuk strela uchidagi yuk osish moslamasiga osiladi. Kranning qulochi o‘zgaruvchan ѐki o‘zgarmas bo‘lishi mumkin.

Strelali kranlar devorga o‘rnatilgan (nastennыy kran) ѐki o‘z o‘qi atrofida aylanadigan, kolonnaga (ustunga) o‘rnatilgan aylanma (povorotnыy) kranlarga bo‘linadi.
Devorga o‘rnatilgan kranlarning qulochi o‘zgarmas ѐki o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Qulochi o‘zgarmas strelali kranlarda yuk kran strelasining uchiga o‘rnatilgan blokdan o‘tkazilgan arqonga osib qo‘yiladi.

Devorga o‘rnatilgan strelali kranlar o‘z o‘qi atrofida 1800 ga burilishi mumkin.
Devorga o‘rnatilgan strelali kranlarda kulochni o‘zgartirish kerak bo‘lsa, strela ustiga aravacha o‘rnatiladi. Yuk ko‘tarish mexanizmi esa aravachaga o‘rnatiladi. Aravacha strela bo‘ylab harakatlanib, kran kulochini o‘zgartiriladi.
Qishloq xo‘jalik va gidrotexnik inshootlar qurishda, turar-joy va sanoat binalarini qurishda, konstruksiyalr va texnologik jihozlarni montaj qilishda va qurilish montaj ishlarini olib borishda minorali kranlardan keng foydalaniladi.