B. M. Tojiboyev, D. A. Alijanov chorvachilikda ozuqa tayyorlash va



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/85
Sana20.07.2022
Hajmi8,27 Mb.
#826684
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   85
Bog'liq
silos

.
 
«Volgar-5» ozuqa maydalagichi
Apparat pichoqli barabani (2) yordamida massani 20-80 
mm uzunlikda birlamchi maydalaydi. Maydalangan ozuqa 
baraban ostida joylashgan shnek (1) ga kelib tushadi. Shnek 
massani ikkilamchi barabanga uzatadi. Ikkilamchi baraban 9 
ta qo‘zg‘almas va 9 ta aylanuv chi pichoqlardan tashkil topgan. 
Ozuqa qo‘zg‘almas va aylanuvchi pichoqlar orasidan o‘tib 
2-10 mm o‘lchamgacha maydalanadi. Maydalangan ozuqa 
ikkilamchi apparatning pastki teshigidan tushib ketadi.
Birlamchi apparatdagi spiral G shaklidagi pichoqli baraban 
diametri 450 mm ni tashkil etadi. Barabanda 6 ta pichoq 
o‘rnatilib, o‘tkirlanish burchagi 350-400, vintning ko‘tarilishi 
700 ni tashkil etadi. Qarshi qirqish plastinasi 750 burchak ostida 


71
o‘tkirlanadi. Pichoq tig‘i va qarshi qirqish plastinasi oralig‘ida 
0,5-1 mm tirqish o‘rnatiladi.
Ikkilamchi apparat quyidagicha tuzilgan. Tarnov ichida 
maydalagich kengligiga teng bo‘lgan diametri 440 mm li, 
ikki tomoni konsolli valda shnek joylashgan. Konsolli valning 
ozuqa chiqadigan tomo nidagi shponka kanavkasiga sirti shlit-
sali bo‘lgan vtulka kiydirilgan. Valning shlitsalangan vtulka-
siga ketma-ket qo‘zg‘almas (shlitsasiz) va qo‘zg‘aluvchi (shlit-
sali) pichoqlar kiydirilgan. Qo‘zg‘almas pichoq lar tashqi tomoni 
bilan tarnov korpusidagi plankalarga qotirilgan.
«Volgar-5» uch xil texnologik tizimda ishlaydi. Qoramollarga 
dag‘al va suvli-shirali ozuqalarni maydalashda faqat birlamchi 
qirqish apparatidan foydalaniladi.
Cho‘chqa va parrandalarga ozuqa maydalanganda, ikkilam-
chi qirqish apparatining birinchi qo‘zg‘aluvchi pichoq tig‘i bilan 
shnekning oxirgi o‘rami qirrasi orasidagi burchak o‘zgartiriladi.
Parrandalar uchun bu burchak 90
o
(pichoq aylanishi yo‘na-
lishida) va cho‘chqalar uchun 540
o
(pichoq aylanishiga qarama-
qarshi) o‘rnatiladi. Qolgan barcha pichoqlar, spiral bo‘ylab ayla-
nishga qarama-qarshi yo‘nalishda, 720
o
da qoldirilib joylash-
tiriladi.
Dag‘al ozuqa maydalagich IGK-30B -30 foiz namlikka ega 
bo‘lgan somonlarni yuqori sifatda maydalaydi (55-chizma). 
Maydalagich ozuqa sexlari, texnologik tizimlaridan ham unumli 
foydalanilishi mumkin. Maydalagich rama, ta’minlash trans-
portyori, maydalash apparati, buriluvchi deflektor va 30 kVt 
quvvatga ega elektryu ritgichdan tashkil topgan.
Mexanizatsiyalashgan holda ozuqani yetkazib berish uchun 
xizmat qiluvchi ta’minlagich gorizontal (11) va qiya (10) trans-
portyorlardan tashkil topgan. Maydalash apparati shtiftli tipga 
kiradi. Shtiftlar ko‘ndalang kesimi bo‘yicha pona shakliga ega 
bo‘lib, o‘tkir tomoni bilan harakat yo‘nalishiga qaratilgan.
Texnologik ish jarayoni. Ozuqa tekis qilib gorizontal trans-
portyorga uzatib turiladi. Gorizontal transportyor qiya trans-
portyor bilan birga ozuqani zichlab va tekislab, shtiftli baraban 
tomonga suradi. Shtiftli rotorda o‘rnatilgan qanotchalar havoni 


72
transpor tyorlar joylashgan zonadan surib buriluvchi deflektorga 
yo‘naltiradi. Natijada ozuqa ham surilib borib, dekaga qotirilgan 
qo‘zg‘almas va aylanuvchi diskda joylashgan shtiftlar orasidan 
o‘tib maydalanadi. Maydalangan ozuqa deflektor orqali keyingi 
ishlovga uzatiladi.
Quruq somonni maydalashda, maydalagich ish unumi 
eng yuqori darajada bo‘ladi. Somonning namligi 18 foizdan 
ko‘p bo‘lsa, somon kamroq uzatiladi, 20 foizdan oshib ketsa, 
uzatuvchi transportyor tezligi reduktorning birlamchi valiga 
(15), oraliq valiga (20) tishli yulduzchalar qo‘yish bilan 
pasaytiriladi. Somon namligining 13 dan to 36 foizga ko‘tarilishi 
ish unumining 1,5 marotaba pasayishiga olib keladi.
10.4-rasm

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish