Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

67 



library.ziyonet.uz/ 

 

Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki bor, 



Barchasi ezid taolo sun’i naqqoshindadur. 

Chunki Navoiyning dunyoqarashicha, har qanday hayratomuz goʻzallikning yaratuvchisi 

va ijodkori «sun’ naqqoshi», ya’ni xudodir. Har bir modda, jism, jonzot, shu jumladan, 

inson ham bu ilohiy mavjudotning zarrasi, boʻlagi, aksi yangligʻ namoyon. Har bir 

chiroyda tangri taolo jamoli jilvalanib turadi. 

 

Navbatdagi bayt sarvinozning nihoyatda goʻzal, ammo beqiyos bagʻritoshligiga kinoya 



tarzida yaratilgan: 

Tan anga siymu ichinda tosh muzmar koʻnglidin, 

Aqlgʻa yuz hayrat, ul oyning ichu toshindadur. 

Sarvinozning tanasi (tashqi chiroyi) kumushday tovlanib, oʻziga maftun etadi. Ammo bu 

kumush vujud shunday sirga egaki, uning ichi koʻngul yashiringan toshdan iborat. Bu 

sinoatga inson aqli yuz karra hayronu lol qoladiki, manzurning siyrati suratida ham 

iamoyon. Bu inson tabiati, qalb va qiyofasi orasidagi mutanosiblik hamda ziddiyatning 

navoiyvor falsafiy ifodasidir. 

 

Bu gʻazalda ham, an’anadagidek, maqta’dan oldingi baytda mayfurushga murojaat 



qilinadi: 

May ketur, ey mugʻki, yuz hayrat aro qolmish Masih, 

Bul ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur. 

Soqiyga murojaat tarzida bitilgan an’anaviy baytlar gʻazalning boshqa baytlaridan 

alohida, mustaqil ma’noga ega boʻlardi. Bu bayt esa gʻazalning oldingi qismi mazmuni 

bilan chambarchas bogʻliq bitilgan. Oldingi baytlarda lirik qahramon oʻzining 

hayratlarini izhor etgan edi. Bunda esa Masih «yuz hayrat aro» qolganligi haqida gap 

boradi. Ya’ni bu koʻhna mayxona (dunyo) ajoyibotlariga lirik qahramon (Navoiy) yuz 

hayrat izhor qilganidan Masih ham yuz chandon hayrat ichida qoladi. Bu yerda 

«xuffosh»— koʻrshapalak obrazi atayin tanlab kiritilgai. Koʻrshapalak, ya’ni lirik 

qahramon koʻhna mayxona (dunyo) ajoyibotlarini koʻrguncha (mayxonaga kirib, vahdat 

mayidan qonmaguncha), gʻofil edi. «Eski dayr» ajoyibotlarini idrok etgach, koʻzlari yarq 

etib ochildi va yuz hayratga tushdi. Bunday moʻ’jizadan jonbaxsh Masih ham yuz 

hayratga tushadi, chunki u oʻlikni tiriltirishi bilan mashhur, koʻr koʻngil koʻziga nur ato 

etishga u qodir emas. Maqta’ga kelib, ta’rif-tavsif oyga, quyoshga qadar koʻtariladi: 

To Navoiy toʻkti ul oy furqatidii bahri ashk

Har qachoi boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur. 




Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish