Gazlar
Gazlar (frans. gaz) — modda holatlaridan biri. Har bir modda
harorat
va
bosim
oʻzgarishiga
qarab qattiq, suyuq va gaz holatda boʻladi. Mac, suv qattiq (
muz
), suyuq (
suv
) yoki gaz (
bugʻ
)
holatda boʻlishi mumkin. Gazlar
molekulalari
siqiluvchan, harakatchan, zichligi juda kichik, birbiri
bilan tez aralashadi. Gazlar tashqi taʼsir boʻlmaganda idish hajmining hammasini egallaydi.
Gazlar molekulalari orasidagi tortishish kuchi qattiq va suyuq jism molekulalarinikidan ancha
kichikdir. Normal sharoit (273, 15K temperatura va 101 105 Pa bosim)da Gazlar zichligi
suyukliklar zichligiga nisbatan 1000 baravar kam yoki gaz molekulalari orasidagi masofa
suyuqliklarnikiga nisbatan 10 baravar katta boʻladi. Shunday boʻlsa ham normal sharoitda 1 sm3
gazda 310" dona molekula bor. Gazlar uchta kattalik: bosim (r), hajm (V) va temperatura (T) bilan
ifodalanadi. Bu kattaliklar maʼlum boʻlsa, gaz holatini aniqlash mumkin. r, V va T kattaliklarning
oʻzgarishi bir-biriga bogʻliq. Holatining oʻzgarishiga qarab, Gazlar har xil xususiyatli boʻladi.
Mas, kuchli siqilgan gazning fizik xususiyatlari normal bosimdagi gaznikidan farq qiladi. Normal
bosim va temperaturadagi Gazlar holati Klapeyron tenglamasi ifodalanadi Bu tenglamada
molekulalarning oʻzaro taʼsir kuchi va xususiy hajmi hisobga olinmagan, shuning uchun bu
qonunga boʻysunuvchan Gazlar ideal Gazlar deyiladi. Tabiatda ideal Gazlar yoʻq, lekin normal
sharoitdagi va yana ham yuqori temperatura va past bosimdagi Gazlarga Klapeyron
tenglamasini tatbiq qilish mumkin. Bosim juda yuqori va temperatura juda past boʻlgan
sharoitda Van-der-Vaals tenglamasi R + -jkW ʻ b) = f RT tatbiq qilinadi. Bunda Pi = -^g —
molekulalarning oʻzaro taʼsiridan paydo boʻlgan ichki bosim, — molekulalarning xususiy hajmi; a
— berilgan Gazlar uchun oʻzgarmas kattalik. Van-der-Vaals tenglamasiga boʻysunuvchi Gazlar
real Gazlar deyiladi. Normal sharoitda Gazlarda issiqlik oʻtkazuvchanlik, diffuziya hodisalari va
boshqa ichki hodisalar kuzatiladi. Bu hodisalar molekulalarning doimo tartibsiz harakati va bir-
biri bilan toʻqnashuvi natijasidir Normal sharoitda Gazlar oʻzidan elektr toki oʻtkazmaydi, lekin
bosim va temperaturaning oʻzgarishi bilan Gazlarning bu xususiyati oʻzgaradi. Har qaysi real
gaz oʻziga xos kritik temperatura (Tk) gacha sovitilganda suyuqlikka aylanadi. Mas, suv uchun
Tk=374,2°K, shunda suv bugʻ holatida, kislorod uchun TK=91,14°K, shunda u gaz holatida
boʻladi va h.k.
Gazlarning barcha turlari moddiy dunyoning ham energetik boshqaruvchisidir, chunki kislorod-
azot Gazlar aralashmasi yoqilgʻilarni (ichki energiyasi moʻl moddalar majmuasi) turli sohalarda
yoki umuman tabiatda yonishi (vulkanlar harakati, katta oʻrmon hududlarining oʻt olishi va
boshqalar) maʼlum darajada planetamizning hozirgi energetik holatini ham boshqarib turadi.
Gazlarning noyob oksidlanish va oksidlash, yoqish va yondirish, portlash va portlatish
xossalaridan hayotimizda, xalq xoʻjaligida, texnikada va ulkan hajmdagi loyihalarni amalga
oshirishda foydalaniladi. Gazlar chiroklari, lampalari, alangalatkichlari, oʻchoqlari,
kavsharlagichlari, yoritkichlari, turbinalari, isitkichlari, dvigatellari, kondensatorlar, sovitgichlar,
ochgichlar, turbinali elektr stansiyalar, turbinali avtomobillar, lokomativ turbovozlari, lazerlari va
boshqa taraqqiyotning asosiy mohiyatini belgilaydi. Bunda yuqorida keltirilgan aynan Gazlardan
tashqari neftni qayta ishlash, yoʻlakay, tabiiy yonuvchan (metan, etan, propan, butan) Gazlardan
amalda keng foydalaniladi Neftni qayta ishlash Gazlari neftning termokrekingi yoki haydash
mahsulotlarining katalitik krekingi, pirolizi hamda katalitik gidrogenlashdan hosil boʻladi.
Neftning tezlik krekingidan hosil boʻladigan Gazlar tarkibi aynan olingan neft turiga, chuqur
kimyoviy qayta ishlanganda esa jarayonlar olib borish usullari va sharoitlariga bogʻliq boʻladi
Neftni chuqur kimyoviy qayta ishlash jarayonida Gazlar tarkibida toʻyinmagan Gazlar ham hosil
boʻladi. Bu Gazlar sanoatda organik va neft-kimyoviy sintezlarda yarim mahsulot yoki
monomerlar sifatida koʻp qoʻllaniladi. Respublikamizda Koʻkdumaloq "neft-gazokondensat-
gaz" konida yoʻlakay Gazlardan foydalanish tajribadan oʻtmoqda. Bu Gazlar tarkibida metan —
89%, etan — 0,3%, propan — 0,2%, butanlar — 0,6%, Gazlar kondensati — 6—7% va boshqa Gazlar
(N2, CO2, H2S) - 1,2% boʻladi. Gazlar sanoatda keng ishlatiladi
Gaz NO
2
Yana q.
Soʻnggi tahrir 3 oy avval PlanespotterA320
tomonidan amalga oshirildi
Gaz sanoati
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Axmedov R. B., AtadjanovA. R., Gaz v narodnom xozyaystve Oʻzbekistana, T., 1974;
Baroz V. I., Dobicha neftyanogo gaza, M., 1983.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Gazla
r&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Gazlar&oldid=2532251
"
dan olindi
Adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |