Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

64 



library.ziyonet.uz/ 

 

Aylab oʻzni mastu bexud, chiqmasun mayxonadin 



Kimki, mendek davr elidin koʻnglida ozori bor. 

Shoir badiiy tugallanmani gʻazalning dastlabki qismlari bilan mantyaqiy uzviylikda 

yaratadi. Birinchi va oltiichi baytlardagi «Kimki» soʻzi muayyan toifadagi kishilarni 

anglatadi. Ilk misradagi «Kimki» —«Bir malaksiymo parivash yori bor», ya’ni 1 — 6 

bayt oraligʻida tasvirlangan goʻzallar ishqidan bahramand baxtiyor kishi obrazi. Oltinchi 

baytdagi «Kimki» esa — «Bir malaksiymo parivash yor»din hijron chekkan (oʻz 

zamondoshlaridan ozordan oʻzga rohat koʻrmagan), 1—6 bayt mobaynida husni jamoli 

zuhur etgan goʻzallar vaslidan benasib «ushshoqi zor» timsoli. «Men» soʻzi 

qoʻllanmaganda ham, bu timsol zamiridagi Navoiyning hayotiy siymosini tanib olar edik. 

Chunki gʻazalning navoiyvor tuzilishi, tasvir tabiati, baxtiyor oshiq bilan «Koʻnglida 

ozori bor», «Mastu bexud» rind qiyofasining qiyosi buni aniq aytib turadi. Bu satrlar 

gʻazal muxlislarida Navoiyning shaxsiy iztiroblariga yana bir bor hamdardlik tuygʻularini 

uygʻotadi. 

 

Shoir gʻazalni naqadar zukko mushohada bilan boshlagan boʻlsa, shunchalik teran 



hayotiy oʻgit bilan yakunlaydi: 

Ey, Navoiy, yor uzar boʻlsa muhabbat rishtasin, 

Kelmas oʻlsa ul sening sori, sen oning sori bor. 

Bir-birini tan olmaslik, xudparastlik, takabburlik illati har qanday insoniy munosabatlarga 

hamisha rahna solib kelgan. Shoir ayriliq xavfidan ogoh etadi va oʻzlikdan kechib, yor 

vasliga sazovor boʻlish, uni qadrlashni maslahat koʻradi. 

 

Bu nazmiy xulosa asrlardan beri oʻzining hayotiy qudratini saqlab kelmoqda. U Navoiy 



zamondoshlari uchun qanchalik qadrli boʻlsa, biziing davrimiz farzandlari va kelajak 

nasllar uchun undan ham koʻproq saboq boʻlgulik ahamiyatga ega. 



S



AKKIZ 

Y

OSH 



H

AYRATLARI

 

Oʻn sakiz ming olam oshubi agar boshindadur. 

Ne ashab, chun sarvinozim oʻn sakiz yoshindadur. 

Desa boʻlgaykim, yana ham oʻn sakiz yil husni bor 

Oʻn sakiz yoshinda muncha fitnakim boshindadur. 

Oʻn sakiz yil dema, yuz sakson yil oʻlsa. uldurur 

Husn shohi, ul balolarkim, koʻzu qoshindadur. 

Hayrat etmon husni maqomdaki, har hayratki, bor 




Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish