Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

66 



library.ziyonet.uz/ 

 

tengsizlikni yigitlar siymosida tajassum ettirgan boʻlsa, ajab emas. Harqalay, asarga oʻn 



sakkiz ming olamni mushohada etishga qodir, oʻn sakkiz ming olam dardi bilan 

yashaydigan, aqlu zakovati oʻn sakkiz ming olam tilsimlarini yecha oladigai, husni oʻn 

sakkiz ming olamni lol qoldiradigan, hayajon va ehtiroslari oʻn sakkiz ming olamni 

oʻrtaydigan oʻn sakkiz yoshli inson siymosi sabab boʻlgan. Ehtimol, bu Navoiy 

orzusidagi qomil insondur. Darvoqe, oʻn sakkiz ming olam tashvishlari bilan 

yashaydigan yosh zamondoshlarimiz ham yoʻq emas. Esli-hushli, zakovatli, gʻayrat-

shijoatli yigit-qizlarimiz oldida shunday ulkan muammolar, vazifalar, orzular turadiki, 

ularning koʻlami va salmogʻi oʻn sakkiz ming olam oshubidan kam emas. Chinakam 

inson uchun oʻn sakkiz yosh — shunday mas’uliyatli davr, aslida. 

 

Keyingi baytlarda matla’dagi gʻoyaviy mazmun tadrijiy takomillashtiriladi. 2 – 3-baytlar 



matla’da vasf etilgan darajadagi kamolotga erishgan inson yetukligining yashovchanlipg 

haqida bahs etadi: 



Desa boʻlgʻaykim yana ham oʻn sakiz yil husni bor, 

Oʻn sakiz yoshinda muncha fitnakim boshindadur. 

Oʻn sakiz yil dema, yuz sakson yil oʻlsa, uldurur 

Husn shohi, ul balolarkim, koʻzu qoshindadur. 

Mazkur baytlardan boshlab gʻazaldagi lirik qahramon umumlashma obrazlikdan bir oz 

cheklanadi. Ya’ni, umuman oʻn sakkiz yoshli inson emas, goʻyo oʻn sakkiz yoshdagi 

manzur vasfi davom etadi. Bunda fikrimizga bois gʻazalning matla’dan keyingi qismida 

koʻproq ayol zotigagina xos fazilatlar qalamga olinganidir. Albatta, Navoiyning bunday 

gʻazallari tagzaminida ilohiy husn timsoli ham turishini esda saqlashimiz kerak. 3-

baytdagi «husn shohi» iborasi aynan shundan dalolat beradi. 

 

Gʻoyaviy mazmunning baytlarda tadrijiy rivojlanishiga tadrij usuli bilan birga ruju’ 



san’ati ham koʻmaklashgan. Shoir ikkinchi baytda, «Sarvinoz oʻn sakkiz yoshidaki oʻn 

sakkiz ming olamga tatiydigan husnu jamolni zohir etgan ekan, oʻn sakkiz ming olam 

mojarolarini boshiga sigʻdirolgan ekan, undagi bu qobiliyat yana oʻn sakkiz yil bemalol 

saqlanadi», der ekan, uchinchi baytda bu fikridan qaytadi. Oʻz-oʻzini «Oʻn sakkiz yil 

dema» soʻzlari bilan inkor etib, «Yana yuz sakson yil oʻtsa ham, koʻzu qoshida turfa 

balolar jilva qilar ekan, ul sarvinoz husn shohi sifatida goʻzallik saltanatida 

hukmfarmolik qilaveradi», degan xulosaga keladi. Ruju’ mohiyati mana shu oʻz-oʻzini 

inkor etib, fikrni kuchaytirishdadir. Sarvinozning «koʻzu qoshida»gi ul balolar sehriga 

kelsak, bunda Sharq gʻazaliyotida koʻz va qosh madhida aytilgan (masalan, koʻzning 

xunxorligi, jallodligi, fitnagarligi, qoshning shamshir kabi qattolligi, birining imo qilib, 

birining jon olishi va h. k.) hamma sifatlar nazarda tutiladi. 

 

Shoir aql bovar qilmaydigan darajadagi husn sohibini tasvirlayottan boʻlsa-da, uning 



qonuniy va tabiiy hol ekanligini iqror etadi: 



Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish