Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar
Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov
63
library.ziyonet.uz/
zamirida ham mahbubaning faqat tashqi chiroyidai bahramandlik emas, balki oʻning
ma’naviy olamiga yaqinlik, u bilan hammaslaklik, hamdardlik mujassam boʻladi.
Koyingi baytdan mahbuba goʻzalligining muayyan qirralari va goʻzallik shavqidagi
muhim kechinmalari ayonlashadi:
Belingu la’ling xayoloti bila koʻnglum erur
Ankabutekim, oning jon rishtasidin tori bor.
Tasvir doyrasiga mahbubaga doir bel va lab, muhibga doir koʻngul obrazlari tortilgan.
Ularning tasviri ankabut, jon rishtasi va tor obrazlari orqali yuzaga chiqarilgan. Badiiy
mahorat har qanday dagʻal jism yoki yoqimsiz jooivorni nafislashtirish quvvatiga ega
boʻladi. Navoiy gʻazaliyotida mohirona qoʻllangan bunday obrazlardan biri «ankabut»—
oddiy hasharot oʻrgimchakdir. Bir qarashda, hech bir ijobiy xususiyati sezilmaydigan,
xususan, nafis adabiyotdan yiroq bu jonivordan shoir lirik tasvirga xos qanday imkoniyat
topdiykin? Oʻzi toʻqigan torlarda oʻrmalab yurish ankabutning hayot kechirish tarzi.
Uning hayotini oʻsha torlarsiz tasavvur qilib boʻlmandi. Shoir lirik qahramonning
koʻngli-holati bilan ankabut, ma’shuqa beli bilan ankaboʻt torlari orasida monandlik
koʻradi. «Bel» va «la’l» obrazlariga «jon rishtasi» mutanosib keladi va shu usul bilan
shoir belining ingichkaligi, labniig nafis-yupqaligiga ishora qiladi. Baytdagi obrazlar
munosabatidan «bel va la’l — koʻngulning jon rishtalari», degan fikr anglashiladi. Shu
yoʻsinda oshiq qalbning muddaosi nazokatli tarzda anglatiladi.
Navbatdagi bayt gʻazalni yaratish chogʻidagi Navoiy ilhomi va san’atkorligining avj
nuqtasidan dalolat beradi:
Sunbuli zulfi agar oshuftadur, ayb etmakim,
Gul yuzida yotqon ikki nozanin bemori bor.
Shoir zulf va koʻz tasvirini yaratmoqchi boʻladi. Hayratomuz yoʻl tutib, bu ikki a’zoning
jonli tasvirini vujudga keltirish uchun ularni bir-biriga poetik vosita sifatida xizmat
qildiradi. Birinchi misrada «sunbul» va «oshufta» soʻzlari bilanoq zulfning ta’rifu
tasvirini berib qoʻya qoladi. Gʻazalxon ma’shuqa zulfini «oshufta sunbul» sifatida
tasavvur eta boshlaydi. Lekin unga sunbuliy zulfning parishon va gʻamginligi boisi
noayon. Bu holning sababini ayon etish, demakki, zulf tasvirini yanada kuchaytirish
maqsadida shoir koʻz obraziga murojaat qiladi. Gul chehraning suzuk va mastona
koʻzlarini «ikki nozanin bemor»ga mengzaydi. Yana husni ta’lil san’atining nodir
imkoniyatidan foydalanib, zulf holatini koʻzlar ahvoli manzarasi bilan asoslaydi. Bu
ikkala misradagi tasvir chunonam bir-biriga esh va chambarchas bogʻliqki, ularni bir-
birisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Shoir bunda sabab va oqibatning dialektik tanosubiga
erishgan. Birinchi misra bayt badiiyatidagi oqibatni ifodalasa, ikkinchi misra sababni
anglatadi. Navoiy oltinchi baytda lirik mazmunni badiiy yakunlashga oʻtadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |