Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

71 



library.ziyonet.uz/ 

 

chandon oshiradi. 



 

Lirik qahramon naqadar ayanch ahvolda qolganligini oʻsha mubolagʻali manzara 

vositasida koʻrsatishga ham Navoiy sayyoralar obrazini safarbar qiladi: 

Zuhra holimgʻa surudin navhagʻa aylab badal, 

Changining sochin yoyib, durri sirishk izhor etar. 

Zuhra — Choʻlpon yulduzi azaldan Sharq adabiyotida osmon cholgʻuvchisi, sozandasi 

sifatida tasvirlaiib keladi. Zuhra yulduzining shu xosiyatini nazarda tutmay turib, Navoiy 

baytini toʻla tushunish qiyin. Xullas, baytda mujassam badiiy mazmun shundan iboratki

cholgʻuvchi sayyora lirik qahramon ahvolini koʻrib, chalib turgan kuyini mungli va 

nolavor yigʻiga aylantirib yuboradi. Uning qoʻlidagi chang esa sochlarini yoyib, koʻzyosh 

durlarini ohang libosida socha boshlaydi. 

 

Kechinmalar fojeiyligiga asoslangan lirik syujet tobora avj nuqtasiga koʻtarila boradi. 



Zuhra yulduzining cholgʻusi bilan birga sochlarini yoyib faryod chekishi lirik qahramon 

halokatidan darak bersa, keyingi baytlar buni qonuniylashtiradi: 



Oʻlmakim anglab Utorid holima deb marsiya, 

Sharhi dardim nazmidin har lahza yuz tumor etar. 

Oy halokimga tutub motam, kiyib tundin qaro, 

Orazin sayli bila ahli azo kirdor etar. 

Utorid — Merkuriy planetasi qadimiy adabiyotda afsonalarga suyanib falak kotibi

yozuvchi va shoirlarning homiysi sifatida talqin etilgan. Navoiy ham shu talqinga 

tayanib, Utoridni shoir va homiy yangligʻ gavdalantiradi. Goʻyo Utorid lirik qahramon 

oʻlimini anglab, marsiyalar yozadi. Uning dardlari sharhidan nazmiy marsiyalar yaratadi. 

Lirik qahramoi dardi shu qadar koʻpki, uni sharhlab yozilgan marsiyalardan har lahzada 

yuz tumor — buklab oʻralgan nomalar maydonga keladi. 

 

Shoir sayyoralarning falakdagi holatidan gʻazalda juda oʻrinli foydalanadi. Ma’lumki, oy 



qaro tun bagʻrida joylashgan boʻladi. Shundan kelib chiqib, Navoiy uni qaro toʻn kiygan 

(yigʻlab faryod chekayotgan) motamsaro azakashga oʻxshatadi. 

 

Xullas, tahlil doirasiga tortilgan baytlar jonlantirish — tashxis san’atining goʻzal 



namunalaridan. Bu baytlar gʻazalda oʻziga xos lirik voqeabandlikni tashkil etgan. 

 

Gʻazal ulkan badiiy mahorat mahsuli sifatida Navoiy ijodida, umuman, oʻzbek 



gʻazaliyotida muhim oʻrin tutadi va hamisha ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini saqlab 

qoladi. 




Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish