Shuningdek, avvalgi davrda xulq-atvor va qadriyaviy mo‘ljallarda shakllangan stereotiplar
– ijtimoiy tenglikka, mehnat qilish huquqining kafolatlanishi, bepul ta'lim va tibbiy xizmatga
bo‘lgan intilishlarning mavjudligini ham hisobga olmasdan iloji yo‘q. Ma'muriy buyruqbozlik
tizimi davrida vujudga keltirilgan insonning mulkdan begonalashuvi, egalik xissining
yo‘qolishi boqimandalik psixologiyasi jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi.
Texnologik, ishlab chiqarish resurslari jihatdan boshqa davlatlarga bog‘liqlik respublika
iqtisodiyoti uchun xarakterli bo‘lib, bu o‘z navbatida O‘zbekistonning ular bilan o‘zaro
manfaatli hamkorlik aloqalarining o‘rnatilishiga asos bo‘ladi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston kuchli iqtisodiy potensialga, yer osti boyliklariga, mineral-
xom-ashyo zahiralariga, boy energetik imkoniyatlarga, soflik darajasi eng yuqori bo‘lgan
oltin, kumush, uran va boshqa qimmatbaho va nodir metallar, mis, molibden, qo‘rg‘oshin,
sink kabi rangli metall konlariga ega. Bu yerda kuchli qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari mavjud.
O‘zbekiston paxta xom-ashyosini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi va eksport
qilish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi, u pilla-ipak tolasi, qorako‘l, teri, jun, meva-sabzavot
mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha yetakchilik qiladi. Shuningdek, kuchli ko‘ptarmoqli
sanoat ham vujudga keltirilgan. O‘zbekiston turizm sohasini rivojlantirishning keng
imkoniyatlariga ham ega.
Respublikada transport va kommunikatsion aloqaning barcha shakllari rivoj topgan. Ayni
paytda O‘zbekiston ochiq dengiz portlariga chiqish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli,
aksariyat
yuklarni
quruqlik
orqali
yetkazishga
majbur,
bu
esa
transnatsional
kommunikatsiyalarni barpo etishda uning ishtirokini ta'minlashni birinchi darajali
muammolardan biriga aylantirmoqda.
Mamlakat yuqori darajada mehnat resurslari bilan ta'minlangan, bu yerda Markaziy Osiyo
mehnat resursining 40% i joylashgan. Respublikaning ilmiy va intellektual imkoniyatlari ham
juda yuqori.
Shunday qilib, mamlakat boy xom-ashyoviy, ishlab chiqarish va intellektual imkoniyatga
ega.
Bir tomondan yuqorida qayd etilgan, mamlakatning o‘ziga xos geosiyosiy holati, tabiiy-
iqlimiy sharoiti, xo‘jalik ukladi, tarixi, turmush tarzi, xalq mentalitetining xususiyatlari,
shuningdek, yaqin o‘tmishdagi qaramlik holati asoratlari, boshqa tomondan – boy xom-
ashyoviy, ishlab chiqarish va intellektual imkoniyatlari O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy
rivojining o‘z modelini yaratishga asos bo‘ldi. Bu modelning negizini Prezident I.A.Karimov
tomonidan shakllantirilgan besh tamoyil tashkil etadi:
1) iqtisodiyotni mafkuraviy
aqidalardan xalos etish;
2) davlat – bosh
islohotchi;
3) qonunning
barcha sohalarda ustivorligi;
4) kuchli ijtimoiy
siyosatni amalga oshirish;
5) bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish
441
.
Ushbu tamoyillar jamiyatni yangilash va mamlakatda bozor munosabatlariga o‘tishni
ta'minlovchi islohotlarning asosiga qo‘yilgan. Lekin ularni amalga oshirish jarayonida
islohotlarni olib borishdagi noizchillik, boshlangan islohotlarni mantiqiy yakuniga
yetkazmaslik; konservatizm, kishilar ongida tafakkurning eskicha stereotiplarining o‘rnashib
qolgani, shakllanayotgan tizimdagi buyruqbozlik; boshqaruv va xo‘jalik kadrlarning tayyor
emasligi, tajriba va bilimlarning yetishmasligi kabi salbiy sabablar ham namoyon bo‘la
boshladi
442
.
441
Қаранг: И.А.Каримов. Наша цель: свободная и процветающая Родина. Т., 1996. 39-б.
442
Қаранг: Наши цели и устремления. Выступление президента И.А.каримова
на заседании Совета
управления ЕББР.//Правда Востока, 5 мая 2003 г.
Bularning barchasi iqtisod, davlat va jamiyat qurilishini demokratlashtirish jarayonini
mamlakatni modernizatsiyalash va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning har bir
bosqichining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda chuqurlashtirishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: