Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   290
Bog'liq
falsafa

oqilona  (tafakkurga  asoslangan)  ibtidoni  mustahkamlash,  shuningdek,  bu  ibtidoni  namoyon 
qilish  mumkin  bo‘lgan  tashkiliy  shakllarini  qidirib  topishga  yo‘naltirilgan  izlanishlar  bilan 
harakterlanadi.  Rivojlanishning  global  ssenariylari  matematik  modellari  mualliflaridan  biri 
                                                 
1
1
 Хитой донишмандлари. Ян Чжу, Лецзы,Чжуанцзы. СПб., 1994. 133-бет. Хитой т.дан тарж. 
2
2
 Мел Гуртов Глобал гуманизмга таъриф берар экан, у «инсон манфаатларининг бошқа барча – давлат, 
мафкуравий, иқтисодий ѐки бюрократик манфаатларга нисбатан устивор эканлиги»ни англатади, -деб 
ѐзади. – M.Gurtov. Global politics in the Human Interest. Boulder&London: Lynne Rienner Publishers 1991, 
p.42. 
435
 А.Печчеи. Человеческие качества. М., 1985. 239-бет. Ингл. т.дан тарж. 


N.N.  Moiseev  shunday  deb  yozadi:  «Biz  har  qanday  qo‘shtirnoqlarsiz  jamoa  yoki 
umumplanetar  Tafakkurning  shakllanishi  deb  atash  mumkin  bo‘lgan  hodisa  arafasida 
turibmiz»
436
.   
Zamonamiz  boshidan  kechirayotgan  taqchillikning  ko‘lami  umumbashariy  muammolar 
yechimini  topishni  noaniq  muddatga  qoldirishga  yo‘l  qo‘ymaydi.  Antropogen  yukning 
biosferaga ta'siri, termoyadro urush va ekologik halokat tahdidining yuqori nuqtasiga yetgan 
sharoitda oqilona qarorlarni qabul qilishga layoqatli bo‘lgan jamoa umumbashariy Tafakkurni 
shakllantirilishi  yaxshi  niyat  emas,  insoniyat  omon  qolishining  zaruriy  shartiga  aylandi. 
Bunday  Tafakkurning  shakllanishi  yaxlit  umumbashariy  tizimning  shakllanishida  tabiiy  va 
muhim qadam bo‘lar edi.  
Insoniyatni ko‘pchilik bilan kelishilgan holda qaror qabul qilish zarurati so‘nggi yillardagi 
ijtimoiy  amaliyot  tomonidan  isbotlanmoqda.  Yugoslaviya  va  Iroqdagi  urushlar  natijasida 
jahon  ijtimoiy  fikri  keskin  bo‘linib  ketdi.  Ko‘pchilik  olimlar  va  siyosiy  arboblar  bu 
voqyealarni  mavjud  umumplanetar  tizim  –  eng  avvalo,  BMT  ning  inqirozi  sifatida 
baholadilar.  Hozirgi  paytda  bug‘xona  (parnik)  effektini  beruvchi  moddalarning  ishlab 
chiqarishi muammosi ham keskin tus olgan. XXI asrga kelib ham ko‘pchilik kishilar ochlik, 
oddiy  tibbiy  yordamning  yo‘qligidan  halok  bo‘lmoqda.  Insoniyat  oldida  shu  va  shularga 
o‘xshash  muammolarni  umumbashariy  muammo  sifatida  anglashi  va  uyushgan  holda  yangi 
tahdidlarga qarshi tura olishini hal etish vazifasi turibdi. 
Global  muammolarning  paydo  bo‘lishi  bilan  bir  qatorda  umumbashariy  tafakkur 
shakllanishining  yana  bir  sababi  axborot-kommunikatsion  texnologiyalardagi  inqilob  bilan 
bog‘liq.  Internet  mazkur  texnologiyalarning  yorqin  namunasi  sifatida,  uning  milliy-madaniy 
shakllarini yuvilib, global ongning shakllanishga olib kelmoqda. Internetda u yoki bu aksiya 
bo‘yicha  (masalan,  Iroqda)  turli  so‘rovlar  sanoqli  kunlarida  bunday  aksiyalarning 
ko‘pmillionli  elektron  tarafdorlarini  yoki  aksincha,  muholifatni  aniqlashga  yordam  beradi. 
To‘la kompyuterlashtirish va global axborot tizimiga ulangan sharoitda juda qisqa muddatda 
an'anaviy sotsiologik so‘rovlarda bo‘lgani kabi 1000 yoki bir necha ming kishining emas, yer 
yuzidagi ko‘pchilik kishilarning ijtimoiy fikrini o‘rganish imkoniyatini beradi. 
Kishilar,  ijtimoiy  guruhlar  davlatlar  va  davlatlararo  tuzilmalar  o‘rtasida  «tushunish»  va 
«ijtimoiy  shartnoma»  siz  olamning  yaxlitligiga,  uni  tafakkur  va  insonparvarlik  asosida 
yaratishga erishish mumkin emas. 
Tushunish muammosi – XX asr falsafasidagi asosiy muammolardandir. U hayot falsafasi 
(V.Diltey), ekzistensializm (J.-P.Sartr, K.Yaspers, M.Xaydegger), germenevtika (X.Gadamer, 
P.Rikkert)  va  boshqa  falsafiy  yo‘nalishlarda  o‘z  ifodasini  topdi.  Lekin,  an'anaviy  falsafada 
tushunish  masalasi  gnoseologik  nuqtai  nazardan  qo‘yilgan  bo‘lsa,  XX  asrga  kelib,  u  inson 
hamjamiyatini  yaratish  maqsadida  aksiologik  va  amaliy  ahamiyat  kasb  eta  boshladi.  O‘z 
mazmuniga umumiy manfaatlarni anglash, ezgu iroda, «begonani» «o‘zinikiga» aylantirishni 
qamrab olgan tushunish asosida ijtimoiy kelishuv va «ijtimoiy bitim» ga ham kelish mumkin. 
XVIII  asrdayoq  ingliz  va  fransuz  faylasuflari  tomonidan  ilgari  surilgan  «ijtimoiy  bitim» 
g‘oyasi  XX  asrning  ikkinchi    yarmi  –  XXI  asrning  boshlariga  kelib  yangi  turtki  va  yangi 
mazmun  oldi.  Bugun  bu  g‘oya  alohida  davlatning  siyosiy  tizimi  doirasidan  chiqib  ketdi. 
Bizning  davrimizda  ham  uni  alohida  mutafakkirning  ta'limoti  yoki  jamiyatdagi  alohida 
doiralarning  ijtimoiy  ideali  sifatida  talqin  etish  mumkin  emas.  XXI  asrga  kelib  global  va 
umumbashariy  muammolar  sharoitida,  davlatlar  va  boshqa  sotsial  tashkilotlar  o‘rtasida  
ijtimoiy  bitimlar  bo‘lishi  zaruriyatga  aylanmoqda.  yer  yuzida  insoniyatning  hayotini  asrab 
qolish uchun urush tahdidi, tabiatdagi muvozanatning buzilishi kabi boshqa muammolarning 
oldini  olishga  yo‘naltirilgan  ahloqiy  qonun-qoidalar  majmui  qabul  qilinishi  va  ularning 
bajarilish ta'minlanmog‘i lozim. 
                                                 
436
 Н.Н.Моисеев. Универсальный эволюционизм//Вопросы философии. 1991. №3. 13-б. 


Shuning  uchun  ham  bugun  xalqaro  huquq  normalari  va  yangi  «global  etika»,  «global 
gumanizm»,  «oqilona  qurilgan  jamiyat»  normalariga  asoslangan  yangicha  xalqaro  bitim 
haqida  tez-tez  gapirilishi  bejiz  emas.  1986  yilda  BMT  doirasida  asos  solingan  xalqaro 
xavfsizlik  tizimining  yaratilishi  haqidagi  masala  kun  tartibiga  qo‘yildi.  Uning  mazmun-
mohiyati  faqat  urush  xavfining  oldini  olish  bilangina  emas,  balki  harbiy  xarakterga  ega 
bo‘lgan boshqa muammolar: orqaga qaytarilmaydigan iqlimiy o‘zgarishlar,  tabiiy muhitning 
buzilishi, terrorizm, rivojlangan industrial mamalakatlar va rivojlanayotgan mamalakatlarning 
iqtisodiy rivoji o‘rtasidagi nomutanosiblik, AESlardagi avariyalar va h.klar bilan ham bog‘liq. 
Hozir  u  yoki  bu  davlatlararo  nizolarni  hal  eta  oladigan  Gaagadagi  xalqaro  sudga  o‘xshagan 
huquqlarni muhofaza etuvchi «kelishuv institutlari»ning keng tarmoqli tizimini  tashkil etish 
masalasi  dolzarb  bo‘lib  turibdi.  Avvaldan  bo‘lgan  va  hanuzgacha  amaliyotda  mavjud 
davlatlararo  nizolarni  «kuchli  tomon  huquqi»  asosida  hal  etilishi  e'tiborga  olinsa,  bunday 
g‘oya,  bir  qaraganda,  utopik  xarakterga  egadek  ko‘rinadi.  Akademik  N.I.Moiseev  fikricha, 
«Davrimizning  o‘ziga  xosligi  shundan  iboratki,  kishilar,  guruhlar,  davlatlar  manfaatlari 
doirasi  tobora  ko‘proq  bir-biriga  mos  keluvchi  tarkibiy  qismlar  bilan  kengayib  bormoqda. 
Odamlar borgan sari bir-birlariga bog‘liq bo‘lib qolmoqdalar. Umuminsoniy qadriyatlar qaror 
topib bormoqda. Demakki kishilar o‘rtasidagi,  eng avvalo, davlatlararo o‘zaro aloqalar ikki 
tomonlama  manfaatli  kelishuvlarni  topishga  qodir  bo‘lgan  murosa  institutlarining 
qonunlashtirilishiga qachondir olib keladi»
437

 
III bobO‘ZBeKISTONNING JAHON IJTIMOIY TARAQQIYoTI TIZIMIDAGI 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish