Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


O‘RNI    1-§. Hozirgi davrda jahon va mustaqil O‘zbekiston



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   290
Bog'liq
falsafa

O‘RNI 
 
1-§. Hozirgi davrda jahon va mustaqil O‘zbekiston 
 
Ma'lumki,  Sovet  Ittifoqining  barham  topishi  va  sotsialistik  tizimning  tanazzulidan  so‘ng, 
yer yuzining 1/6 qismidan ko‘prog‘ini tashkil etuvchi hududda faol islohotlar davri boshlandi. 
«Dunyo  xaritasida  yangi  mustaqil  davlatlar  paydo  bo‘ldi.  Ular,  hozirgi  til  bilan  aytganda, 
sotsialistik o‘tmishga ega bo‘lgan, o‘z siyosiy mustaqilligini tinch yo‘l bilan qo‘lga kiritgan 
davlatlardir.  Bu  davlatlar  mustaqil  rivojlanish  va  ijtimoiy  munosabatlarni  yangilash  yo‘liga 
qadam  qo‘ydi»
438
.  Keyingi  jahon  ijtimoiy  rivoji  postsotsialistik  makonning  qanday  yo‘l  va 
qaysi maqsadga qarab harakat qilishiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lib qolmoqda. 
Ushbu  barcha  mamlakatlarda  faol  islohotlar  boshlab  yuborildi.  Bu  yerlardagi  islohot 
jarayonlari  qanchalik  chuqur  bo‘lmasin,  ular  hozirgi  davr  jahon  ijtimoiy  rivojining  asosiy 
zaruriyatlari bo‘lmish ikki ob'ektiv tendensiya – integratsiya va differensiatsiya, globallashuv 
va individuallashuv ta'siri natijasida sodir bo‘lmoqda. 
Bir  tomondan,  davlatlar  va  xalqlar  o‘rtasida  integratsion  jarayonlar  va  hamkorlik 
kuchayib, yagona siyosiy va iqtisodiy makonning yuzaga kelishi bilan yagona xalqaro norma, 
qoida  va  standartlarga  o‘tib  borilmoqda.  Bu,  ayniqasa,  jahon  iqtisodiyoti  rivoji,  xalqaro 
iqtisodiy aloqalarning jadal sur'atlar bilan o‘sishi, ularning strukturasidagi sifatiy o‘zgarishlar, 
yangi  iqtisodiy  tashkilot  va  birlashmalarning  yuzaga  kelishi,  jahon  jamoatchiligi  hayotida 
xalqaro  iqtisodiy  tashkilotlarni  rolini  oshib  borishi  misolida  yaqqol  namoyon  bo‘lmoqda. 
Hozirgi  davrda  yagona  jahon  sivilizatsiyasining  iqtisodiy  asosini  tashkil  etish  bilan  bog‘liq 
jarayonlar avj olmoqda. Boshqa tomondan esa, o‘tgan XX asr Birinchi jahon urushidan so‘ng 
avstro-venger  va  Usmon  imperiyalarining,  Ikkinchi  jahon  urushidan  so‘ng  esa  mustamlaka 
imperiyalarning,  SSSR  parchalangandan  so‘ng  sho‘rolar  imperiyasining  tanazzuli  va  h.k. 
imperiyalarning  barham  topish  asri  bo‘ldi.  Suverenitet,  o‘z  hududiga  ega  bo‘lish, 
                                                 
1
1
 Н.Н.Моисеев. Экология, нравственность и политика//Вопросы философии. 1989. №5. 12-б. 
438
 И.А.Каримов. Ѝзбекистон XXI аср бѝсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва 
тараққиѐт кафолатлари//Ѝзбекистон: буюк келажак сари. Т., «Ѝзбекистон», 1998. 417-б. 


boshqalarning  ichki  ishlariga  aralashmaslik  kabi  an'anaviy  tamoyillarga  ega  bo‘lgan  milliy 
davlatchilik  –  xalqlarning  siyosiy  birligining  eng  maqbul  modeliga  aylanib  bormoqda. 
Jahonda haqiqiy «etnik (renessans) uyg‘onish» kuzatilmoqda. Quyidagi dalillar buning yorqin 
isbotidir. 1965 yilda dunyoda 100ta suveren davlat bo‘lgan bo‘lsa, 1990 yilda ularning soni 
160 taga, 1992 yilda 175 taga etdi
439
, hozirgi paytda esa BMTga 187 ta davlat kirgan. Aynan 
milliy  davlatlar  hozirgi  zamon  xalqaro  munosabatlarining  asosiy  sub'ektini  tashkil  etib 
bormoqda. 
O‘zbekiston  sobiq  Sovet  Ittifoqining  boshqa  respublikalari  kabi  uning  barham  topishi 
natijasida  davlat  mustaqilligiga  erishganiga  qaramay,  mamlakatimizning  milliy  mustaqilligi 
ildizlari juda chuqurdir. O‘zbekiston mustaqillikka ega bo‘lishi bilan uning o‘z mustaqil rivoji 
yo‘lini tanlash birinchi darajali hayotiy muhim vazifaga aylandi. 
Ma'lumki,  millat  –  eng  avvalo,  etnotarixiy  umumiyatdir.  Millatlarning  identifikatsiyasi, 
sifatan aniqlanishi oxir oqibat ular joylashgan hududdagi tabiiy sharoitga bog‘liqdir. Kishilar 
faoliyatining shart-sharoitlari ta'sirida «mentalitet» tushunchasi bilan belgilanadigan ularning 
madaniy norma va ideallari, qadriyatlari, tamoyillari shakllanadi. Milliy mentalitet, millatning 
boshqa jihatlari kabi o‘z-o‘zini saqlash, u yoki bu hodisa va narsalarni qabul kilish yoki rad 
etish,  takror  ishlab  chiqarish,  rivojlantirish  xususiyatiga  ega.  Muayyan  tarixning  turli 
so‘qmoqlari,  egri-bugri  yo‘llari,  ijtimoiy  mo‘ljal  va  siyosiy  tizim,  davlatchilik  shakllarining 
o‘zgarishi  millat  taqdirini,  uning  mavjudligini  yoki  yo‘q  bo‘lib  ketish  masalasini  hal  eta 
olmaydi.  Buni  o‘zbek  va  boshqa  Markaziy  Osiyo  millatlarining  etnogenezida  kuzatish 
mumkin. 
Hozirgi davrdagi o‘zbeklarning avlod-ajdodlari meloddan avvalgi 1-mingyillik boshlarida 
O‘rta  Osiyoning  daryolari  oraliqlarini  egallagan  qadimgi  qabilaviy  jamoalar  –  saklar, 
massagetlarga  borib  taqaladi.  Milodiy  1-ming  yillikning  o‘rtalariga  kelib,  bu  yerda  birinchi 
davlatchilik  uyushmalari  –  So‘g‘d,  Xorazm,  Baqtriya,  Marg‘inona  vujudga  keldi. 
Mamlakatimizning  qadimgi  sivilizatsiya  o‘choqlaridan  biri  va  davlatchilikning  chuqur 
an'analariga  ega  ekanligini  uning  qulay  tabiiy  sharoitlari  bilan  birga,  geostrategik  ahvoli  – 
Osiyo qit'asining markazida, Sharq va G‘arbni bog‘lovchi yo‘l chorrahasida joylashgani bilan 
ham  tushuntirish  mumkin.  Lekin  aynan  shu  qulay  sharoitlari  tufayli  Markaziy  Osiyo  uning 
butun  tarixi  davomida  kuchli  davlat  va  imperiyalarning  bosqinchilik  niyatlari  markazida 
bo‘ldi.  Markaziy  Osiyo  xalqlari  Axmoniylar  davrida  eronliklarning,  Aleksandr 
Makedonskiyning,  VII  asrda  arablarning,  XII  asrda  mo‘g‘ullarning  va  h.k.  bosqinlarini 
boshdan  kechirdilar.  Buyuk  Temur  hukmronlik  qilgan  davrda  Markaziy  Osiyo,  Eron, 
Kavkazorti, Shimoliy  Hindistonni  o‘z  ichiga  olgan  kuchli  markazlashgan  davlatning  asosini 
tashkil etdi. XVII-XVIII asrlarda bu yerda ikki xonlik – Xiva va Qo‘qon xonliklari va Buxoro 
amirligi  vujudga  keldi.  XIX  asrning  so‘nggi  choragida  ular  zo‘rlik  yo‘li  bilan  Rossiya 
imperiyasi tarkibiga kiritildi. 
Markaziy Osiyo xalqlari mustaqilligi uchun kurashish jarayonida murakkab tarixiy yo‘lni 
bosib  o‘tgan,  lekin  har  doim  o‘zligini,  etnik  muayyanligini  saqlab  kelgan.  Odatda,  (salb) 
bosqinchilik yurishlarida ishtirok etgan va o‘lkamiz hududida qolib ketgan boshqa etnik guruh 
vakillari  mahalliy  aholi  bilan  qo‘shilib  ketishgan,  ularning  tili,  an'ana  va  rasm-rusumlarini 
qabul qilishgan. 
Sho‘rolar davrida milliy davlatchilik asosida bo‘linish natijasida markaziy osiyolik millat 
va  xalqlarning  nomlarini  olgan  davlat  tuzilmalari  –  O‘zbekiston,  Tojikiston,  Turkmaniston, 
Qozog‘iston,  Qirg‘iziston  SSR  va  Qoraqalpog‘iston  ASSR  vujudga  keltirildi.  Mohiyatan 
unitar  davlatchilik  sharoitida  bu  respublikalarning  tantanali  ravishda  e'lon  qilingan 
mustaqilligi  amalda  uydirmaga  aylangan  edi.  Yangidan  tashkil  topgan  respublikalarning 
iqtisodi  markazdan  boshqarilgan.  Milliy  an'ana  va  rasm-rusumlarni  bajarishga  to‘g‘onoqlar 
                                                 
439
 Қаранг: Общественные науки и современность. 1995. №5. 141-бет. 


qo‘yildi,  milliy  tilning  ahamiyati  kamsitildi,  asrlar  davomida  kishilarning  ma'naviy 
madaniyati va turmushining ajralmas qismi bo‘lgan din va xalqlarning e'tiqodlari quvg‘inga 
uchradi.  Ta'kidlash  joizki,  bunday  jarayonlar  SSSRning  nafaqat  Markaziy  Osiyodagi,  balki 
boshqa  barcha  respublikalarida,  shuningdek  Rossiyada  ham  kuzatildi.  Aynan  shu  hol  ko‘p 
jihatdan Sovet Ittifoqining oson va  tez tanazzulga uchrashiga ta'sir ko‘rsatdi. 
   

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish