ziddir. Insoniyat mavjudligining g‘arbona tamoyillarga asoslangan yagona (monizm tamoyili)
ijtimoiy tartibotini, uning tashkil etuvchi tarkibiy qismlarining o‘ziga xos xususiyatlarini
(plyuralizm tamoyili) hisobga olmagan holda kurishga qaratilgan urinishlar
antigloballistik
harakat,
antiamerikanizm, bir qolipdagi ommaviy madaniyat va turmush tarzini inkor etish,
milliy mustaqillikni yuqotish xavfini keltirib chiqardi. Kengayib borayotgan
yaxlitlashuv va
bir xillik kishilarning ommaviy ongidagi kuchli qarama-qarshilikka duch keldi. Bir qator
tahlilchilar va siyosiy arboblar siyosiy-madaniy globallashuv shakllari, uning jahon iqtisodiy
makoniga kirishning teng bo‘lmagan iqtisodiy sharoitlarini hisobga olgan holda globallashuv
haqida imperializm, ekspansiya va kolonializmning eng yangi shakli sifatida fikr
yuritishlariga asos bo‘ldi.
Insoniyat sivilizatsiyasi o‘zini yaxlit bir butunlik sifatida tashkil etish jarayonida o‘z
tarkibiy qismlarining madaniy xilma-xilligi va o‘ziga xosligini saqlab qolishi zarur.
Mintaqaviy manfaatlar va ularning kuchlar mutanosibligiga asoslangan dunyoni
yaratishdagi ahamiyatini anglanishi XX asrning muhim kashfiyotlaridan bo‘ldi. Albatta,
mintaqaviy manfaatlar har doim ham bo‘lgan, lekin buyuk davlatchilik tafakkuri
insoniyatning butun tarixi davomida turli mintaqa va mamlakatlarning o‘zaro hamkorlikda
bo‘lishi g‘oyasiga qarshi o‘laroq
monopolizm va gegemonlik g‘oyalarini amalga oshirishga
harakat qilgan. Aleksandr Makedonskiy, Axmoniylar, Qadimgi Rim, Chingizxon, Napoleon,
Natsist Germaniyasi va boshqalarning bosqinchilik urushlari shunga o‘xshash gegemonistik
loyihalarni amalga oshirishning barchaga ma'lum bo‘lgan urinishlaridandir. Ulardan kelib
chiqadigan asosiy tarixiy saboq shundan iboratki, dunyoda monopolistik boshqaruvni
o‘rnatishga qaratilgan har qanday urinishlar ertami, kechmi inqirozga yuz tutadi.
Davlatlararo munosabatlar mafkurasi rivojining mantig‘i quyidagi tarixiy davrlarni bosib
o‘tdi:
bir qutbli dunyo g‘oyasi –
ikki qutbli dunyo g‘oyasi –
ko‘pqutbli dunyo g‘oyasi. XX asr
– endi tarixga aylangan ikkiqutbli dunyoning namunasidir. Ikkiqutblilik davrida ham bir-
biriga qarama-qarshi bo‘lgan bloklarga yetakchilik qilgan superdavlatlar (AQSh va SSSR)
mafkurasi va amaliyotida gegemonlik g‘oyasi yaqqol yoki pinhoniy holda mavjud edi.
Sotsialistik tizimning parchalanib ketish bilan insoniyat oldida yangicha ijtimoiy tartibot
formulasini topish muammosi vujudga keldi.
Bugunga kelib, an'anaviy «eng buyuk davlatlar» (AQSh, yevropa, Yaponiya, Rossiya)
qatorida jahon iqtisodiyoti va siyosatida muhim o‘rin tutayotgan kuchli
mintaqaviy
Do'stlaringiz bilan baham: