sivilizatsiyalararo muloqot asri, deb e'lon qilindi
426
.
423
Ф.Фукуяма. «Конец истории?»//Вопросы философии. М., 1990. №3.
424
Қаранг. С.Хантингтон. «Столкновение цивилизаций?»//Полис. М., 1994. №1.
425
Қаранг: Полис, 1994. №1. 33-б.
1
1
Қаранг: М.Хотеми. Выступление на 53-сессии Генеральной Ассамблеи, информационный бюллетень
посольства Ирана в Ташкенте. 2001. №7.
Bir qator g‘arb, ayniqsa amerikalik olimlarining qarashlarida avj olgan globalizm
g‘oyalari, xususan, Ayru L.Strausning 1997 yilda nashr etilgan «Bir qutblilik. Yangicha
dunyoviy tartibotning markazlashgan strukturasi va Rossiya» maqolasida yangicha dunyoviy
tartibotning «birqutblilik» konsepsiyasi o‘z ifodasini topdi. U xalqaro munosabatlarning
zamonaviy tizimini majoziy ma'noda oddiy yong‘oqqa qiyoslaydi. BMT va boshqa xalqaro
tashkilotlar uning umumiy qobig‘ini tashkil etsa, ichidagi asosini – yadrosini qolgan dunyoni
boshqarib turuvchi, buyruq beruvchi markaz – G‘arb tashkil etadi. Butun tarixning
ilgarilanma harakatini u ko‘pqutblilikning ikki qutblilik bilan, ikki qutblilikning esa bir
qutblilik bilan almashinishida ko‘radi. Shundan kelib chiqib, u G‘arbni butun dunyoni
boshqaruv markazi sifatida tavsiflovchi kelajak dunyoning birqutbli konsepsiyasini yaratdi.
Birqutblilik, Straus fikricha, jahon tarixida yuksak salmoqqa ega bo‘lgan industrial
demokratiyalardan tashkil topadi va uning doirasida AQSh boshqa davlatlarga yetakchilik
qiladi
427
.
Jahon tizimida birqutblilikning salmog‘i faqat uning yaqqol namoyon bo‘lgan, iqtisodiy va
texnologik salohiyati bilangina emas, balki qolgan jamiyatlarning modernizatsiyasi
g‘arblashtirish tomon borayotganligi bilan ham belgilanadi, deydi Straus. Boshqacha qilib
aytganda, birqutblilikning, ya'ni g‘arbning ustivorligi eng avvalo mafkuraviy omilga, aynan
esa liberalizm mafkurasiga bog‘liq.
AQShning sobiq Davlat kotibi Zbignev Bjezinskiy ham «Sovet Ittifoqi mag‘lubiyati va
parchalanib ketishi, AQShning yagona va haqiqatda birinchi asl umumbashariy davlat sifatida
g‘arbiy yarimshar shohsupasiga tez sur'atlar bilan ko‘tarilishida yakunlovchi akkord
bo‘ldi»
428
,- deb ta'kidlaydi. Aksariyat ilmiy va siyosiy doiralarda mazkur konsepsiyaga, bir
maydonli, bir qutbli dunyo haqidagi mulohazalarga ilmiy jihatdan ham, siyosiy jihatdan ham
yetarlicha asoslanmagan nuqtai nazarlar sifatida tanqidiy munosabat bildiriladi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan G‘arbning, ayniqsa AQShning hozirgi zamonda keskinlashib
borayotgan barcha umumbashariy muammolarini faqat o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan
holda o‘zi xohlagancha hal etish «huquqi»ni asoslovchi konsepsiyalardan tashqari, bunday
kayfiyatlardan ogoh bo‘lishlik g‘oyasini ilgari suruvchi ta'limotlar ham mavjud. Xususan,
amerikalik tadqiqotchi Pol Kennedi o‘zining «Buyuk davlatlarning ravnaqi va inqirozi»
kitobida «imperiyaning zo‘riqishi» nazariyasini ishlab chiqdi. U o‘z zimmasiga xalqaro
hayotni tashkil etish va yakka holda yetakchilik qilish ma'suliyatini olgan hyech bir davlat
bunday maqomni uzoq vaqtgacha saqlab tura olmasligini ko‘rsatib berdi. Bunday davlat
o‘zining ichki kuchlarini, eng avvalo, iqtisodiy hayotini barbod qiladi va oxir oqibat oddiy
davlat holatiga beixtiyor o‘tib qoladi.
Fransuz tarixchisi Emmanuel Todd «Imperiyadan so‘ng Amerikacha tizimning inqirozi
haqida esse» (2002) kitobida imperiyalarning tarixi odatda ta'lim sohasidagi, so‘ngra esa
iqtisoddagi yuksalishdan boshlanadi, deb yozadi. Ularning asosida harbiy kuch shakllanadi.
Lekin, iqtisodiy baza torayib va qisqarib borgan sari, so‘nggi saqlanib qoladigan narsa –
harbiy mashina bo‘ladi. SSSRda ana shunday bo‘lgan. Hozir AQShda shunga o‘xshash holat
yuz bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr
bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida
«totalitar tuzum yemirilganidan keyin dunyoning qutblarga bo‘linishi barham topdi. Lekin shu
tufayli u xavfsizroq, barqarorroq, sobitqadamroq bo‘lib qoldimi?», - deb savol qo‘yadi. Va –
«er yuzida vaziyat va kuchlar nisbati shiddatli o‘zgarib bormoqda. Yangi mustaqil davlatlar
maydonga chiqmoqda. Bu esa hozirgi kunda davlatlar va xalqlarning barqarorligini ta'minlash
2
2
Қаранг: Л.Айру Страус. «Однополярность. Концентрическая структура нового миравого порядка и
Россия»//Космополитис. Альманах. М.: Полис. 146-б.
3
3
Збигнев Бжезинский. Великая шахматная доска. Господство Америки и его геостратегические
императивы. М., «Международное отношение».1995. 5-б.
uchun yangicha yondashuvlarni izlab topishni, XXI asr arafasida xavfsizlikning yangicha
modellarini ishlab chiqishni tobora qattiq talab qilmoqda»
429
, - deb ta'kidlaydi.
2-bob. HOZIRGI ZAMON SIVILIZATSIYaSI: YaNGI PARADIGMALARNI
Do'stlaringiz bilan baham: |