Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Jahon rivojining zamonaviy konsepsiyalari



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   290
Bog'liq
falsafa

3-§. Jahon rivojining zamonaviy konsepsiyalari 
 
SSSR va jahon sotsializm tizimining halokatga yuz tutishi bilan xalqaro hamjamiyatning 
geosiyosiy  strukturasi  o‘zgardi.  Xalqaro  munosabatlarning  ikki  buyuk  davlat  –  Amerika 
Qo‘shma Shtatlari va Sovet Ittifoqi o‘rtasidagi kuchlarning, ayniqsa, harbiy sohadagi nisbiy 
mutanosibligiga, kapitalistik va sotsialistik tizimlar o‘rtasida dunyoni «sovuq urush» asosida 
qarama-qarshi  bloklarga bo‘linishiga asoslangan ikki qutbli sistemasi barham topdi. Xalqaro 
hamjamiyat  xalqaro  munosabatlarning  yangi  davriga  –  yangicha  dunyoviy  tartibotga  qadam 
qo‘ydi. Jahon siyosatshunosligida dunyoda yuzaga kelgan yangicha vaziyat to‘g‘risida bahs-
munozaralar avj ola boshladi. 
Mazkur  munozaraga  birinchilar  qatori  «tarixning  intihosi  »  ta'limotining  asoschisi 
amerikalik  siyosatshunos  Frensis  Fukuyama  hisoblanadi.  Uning  fikricha,  eng  buyuk 
kommunistik davlat – Sovet Ittifoqining qulashi va ijtimoiy tuzum sifatida sotsializmning o‘z-
o‘zidan  barham  topishi  dunyoning  bipolyar,  ya'ni  ikki  qutbli  tizimining  tugashi    va 
ko‘pqutblilik  holatiga  o‘tishi  bilan  cheklanib  qolmasdan,  an'anaviy,  ya'ni  ijtimoiy  ma'noda 
tarixning ham intihosiga yetishini anglatadi. «Tom ma'noda tarix yakuniga yetdi: mafkuraviy 
evolyusiya  tugadi  va  boshqaruvning  so‘nggi  shakli  sifatida  g‘arb  liberal-demokratiyasining 
                                                 
1
1
 Қаранг: Философия истории. 391-397-б. 


universallashuvi  boshlandi»,  -  deb  yozadi  u
423
.  Dunyo  endi  liberal-demokratiya  darajasiga 
yetgan  «tarixdan  keyingi»  xalqlar  va  hali  «tarixda  mavjud»,  lekin  rivojlanishning  asosiy 
maqsadi  mutlaq  g‘arblashish  (vesternizatsiya)  bo‘lgan  hamda  AQShda  o‘zining  yorqin 
ifodasini  topgan  g‘arbona  qadriyatlar  orqali  «tarixdan  keyingi»  mamlakatlar  hamjamiyatiga 
qo‘shilishdan  iborat  xalqlarga  bo‘linadi.  Aynan  AQSh  jahon  hamjamiyatiga  yetakchilik 
vazifasini  va  yangicha  dunyoviy  tartibot  uchun  mas'uliyatni  o‘z  zimmasiga  oluvchi  yagona 
buyuk davlat sifatida ko‘rsatiladi. 
Amerikalik  yana  bir  siyosatshunos  –  S.Xantington  «sovuq  urush»  tugaganidan  so‘ng, 
o‘zgargan  dunyoda  ijtimoiy-madaniy  jarayonlar  dinamikasini  tushuntirishga,  zamonaviy 
dunyoda ixtiloflarning bosh manbaini aniqlashga yo‘naltirilgan yangi paradigmani yaratishga 
harakat qildi. U «sivilizatsiyalar to‘qnashuvi» modelini ilgari surdi
424

Xantington  fikricha,  ilgari  uch  xil  dunyodan  –  kapitalizm,  sotsializm  va  «uchinchi 
dunyo»dan  tashkil  topgan  xalqaro  sistema  endi  8  ta  asosiy:  g‘arbona,  konfutsian,  yapon, 
islom, induizm, pravoslav-slovyan, lotinamerikasi va afrika sivilizatsiyalarini o‘z ichiga olgan 
yangi  tizimga  o‘tmoqda.  Raqobat  qiluvchi  harbiy  bloklar,  uning  fikricha  ushbu 
sivilizatsiyalardan  qaysi  biriga  tegishli  ekanligi  bilan  farqlanadi.  Oxir  oqibat  kishilar  uchun 
siyosiy  mafkura  yoki  iqtisodiy  manfaatlar  emas,  balki  e'tiqod  va  oila,  qon-qarindoshlik  va 
ishonch,  ya'ni  kishilar  o‘zlarini  qanday  anglashlari,  nima  uchun  kurashishlari  va  halok 
bo‘lishlarini bilish muhimroqdir. Ammo Xantington  madaniy-tarixiy maktabning asoschilari 
(Shpengler,  Toynbi,  Danilevskiy,  Sorokin)dan  farq  qilib,  sivilizatsion  o‘zlikni  anglashning 
yangi  mezonlarini  ilgari  surdi,  xususan  bu  qurol-yarog‘,  ayniqsa  ommaviy  qirg‘in 
qurollarining  tarqalishi,  inson  huquqlari  va  immigratsiya  bilan  bog‘liq  jahonshumul 
muammolarni  uzil-kesil  hal  etilishi  edi.  Sivilizatsiyalar  o‘rtasidagi  chegara  aynan  shu 
muammolarning  hal  etilishiga  qarab  aniqlanadi.  Bunda  G‘arb  bir  tomonda,  qolgan 
sivilizatsiyalar, ya'ni qolgan dunyo esa boshqa tomonda joylashadi. 
Xantington  g‘arb  sivilizatsiyasining  yaxlit  birbutunlik  sifatida,  sistemalararo  ixtiloflar 
davriga  nisbatan  dahshatliroq  fojea  oldida  turganligi  haqidagi  tezis  bilan  chiqdi.  Xantington 
konsepsiyasiga  binoan,  kelajakda  geosiyosatdagi  markaziy  muammo  G‘arb  va  qolgan 
sivilizatsiyalar  o‘rtasidagi  ixtilof  bo‘lib  qoladi.  «Sivilizatsiyalar  to‘qnashuvi  jahon 
siyosatining  belgilovchi  omiliga  aylanadi.  Sivilizatsiyalar  orasidagi  uzilish  chizig‘i G‘arb  va 
qolgan  dunyo  o‘rtasidagi  munosabatlar  orqali  o‘tadi»
425
.  Shundan  kelib  chiqib,  u  G‘arbdagi 
hukmron doiralarga g‘arbiy sivilizatsiya chegaralarida, ayniqsa, AQSh va yevropa o‘rtasidagi 
munosabatlarni  mustahkamlash,  boshqa  mamlakatlar  bilan  munosabatlarda  G‘arbning 
manfaatlarini  himoya  qilish  maqsadida  ularning  imkoniyatlarini  kuchaytirish  zarurligi 
haqidagi g‘oyalar bilan murojaat qiladi. 
«Sivilizatsiya  to‘qnashuvi»  modeli  sivilizatsion  bag‘rikenglikka  rahna  soladi.  U  jahon 
jamoatchiligiga kelajakda G‘arb va boshqa mamlakatlar o‘rtasidagi ixtilof –  geosiyosatning 
markaziy o‘q chizig‘i bo‘lib qolishligini isbotlashga qaratilgan. Ushbu model nafaqat olimlar 
o‘rtasida, balki turli mamlakatlar, xususan, islom dunyosidagi siyosiy doiralarda ham turlicha, 
ba'zan  salbiy  munosabatga  sabab  bo‘lmoqda.  Masalan,  Eron  Islom  Respublikasining  sobiq 
Prezidenti  Sayyid  Muhammad  Xotamiy  tashabbusi  bilan  sivilizatsiyalar  o‘rtasidagi  muloqot 
masalasi  YuNeSKOning  1999  yildagi  sessiyadagi  va  BMTning  2000  yildagi  53-Bosh 
Assambleyasida  muhokama  etildi.  Mazkur  ming  yillik  sammitida  XXI  asr  – 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish