Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   290
Bog'liq
falsafa

sotsiomadaniy  asosga  ko‘ra  bir-biridan  farq  qiluvchi  mamlakat  va xalqlarning yirik  hamda 
uzoq  davom  etadigan  mustaqil  umumiyati  bo‘lib,  ularning  o‘ziga  xosligi  tabiiy,  oxir-oqibat 
hayotning  ob'ektiv  sharoitlari,  shuningdek,  ishlab  chiqarish  usuliga  bog‘liq  bo‘ladi.  Bu 
umumiyatlar  vujudga  kelish,  shakllanish,  inqiroz  va  barham  topish  bosqichlarini  bosib 
o‘tdilar.    
 XX  asrning  oxirlariga  kelib,  ayrim  analitiklar  tomonidan  dunyoning  ikki  yarim  sharli 
tuzilishi va tarixning megatsiklik (megadavriy) xarakteri konsepsiyasi ilgari surila boshladi
420

Bu  ta'limotning  zaminida  insoniyat  tarixini  avval  boshdanoq  Sharq  va  G‘arbga  bo‘lingan 
sotsiomadaniy tizimlar tarzida talqin etish g‘oyasi yotadi. Mashhur nemis faylasufi K.Yaspers 
(1883-1969)  yozishicha:  «Dastlabki  qutblanish  (Sharq  va  G‘arb)  turli  ko‘rinishlarda    asrlar 
davomida hayotiyligini saqlab kelgan… Yunonlar va forslar, Rim imperiyasining G‘arbiy va 
Sharqiyga bo‘linishi, g‘arbiy va sharqiy xristianlik, g‘arb dunyosi va islom, yevropa va Osiyo 
–  bular  birining  o‘rnini  boshqasi  ketma-ket  egallagan  ushbu  qarama-qarshilikning 
timsollaridir…»
421
.    
Bu  nuqtai  nazarning  tarafdorlari  ta'kidlashicha,  uzoq  o‘tmishdayoq  Sharq  va  G‘arb 
o‘rtasida  muayyan  mehnat  taqsimoti  vujudga  kelgan.  Ulardan  birinchisi  –  ma'naviy 
tashabbuslar bilan chiqqan bo‘lsa (buyuk jahon dinlarining aynan Sharqda paydo bo‘lganligi 
ham  bejiz  emas),  ikkinchisi  –  innovatsion  g‘oyalarni  ilgari  surgan.  Insoniyatni  Sharq  va 
G‘arbga  ajratishni  ular  inson  miyasini  chap  va  o‘ng  yarimsharlariga  bo‘linishi  bilan 
qiyoslaydilar. 
Jahon  tarixi  katta  megadavrdan  iborat  bo‘lib,  uning  doirasida  u  yoki  bu  bosqichda 
sharqiy-g‘arb  yoki  g‘arbiy-sharq  fazalari  alohida  ajralib,  bir-birlarini  o‘rnini  egallab 
turganlar. Bunda goh Sharq, goh G‘arb sayyoramizning dunyoviy tizimida yetakchilik qilgan. 
Birinchi  sharqiy  yarimshar  fazasi  (dunyoga  shumer,  ossuriya-bobil,  misr  sivilizatsiyalarini 
bergan)  jahon  tarixi  rivojidagi  jamoatchilikka  asoslangan  bosqich  bo‘lib,  bunda 
sivilizatsiyalashuv  umumiylikning  alohidaga,  jamoatchilikning  individuallikka  nisbatan 
ustivorligini  anglatgan.  Bu  fazaning  eng  yuqori  nuqtasi  –  o‘zining  butun  kuch-qudrati  bilan 
individual-xususiy  tashabbuslarni  yo‘qqa  chiqargan  sharqona  davlatning  shakllanish  davriga 
to‘g‘ri keladi.    
Megatsiklning  ikkinchi  fazasida  tashabbus  g‘arbiy  yarimsharga  o‘tdi.  Uning  eng  rivoj 
topgan,  gullab-yashnagan  davri  qadimgi  Yunon,  keyinchalik  Rim  sivilizatsiyalariga  to‘g‘ri 
keladi.  Ularning  o‘ziga  xos  tomonlari  iqtisodiyotning  davlatdan  ajralishi,  xususiy  mulkning 
paydo  bo‘lishi,  fuqarolik  jamiyati  va  ijtimoiy  tartibotning  demokratik  elementlarini 
shakllanishi,  gedonizm  g‘alabasi,  ya'ni  jamoa  oldidagi  burchga  nisbatan  individual 
ehtiyojlarning ustivor kelishi bilan xarakterlanadi.    
Uchinchi  faza  –  Rimning  inqirozidan  G‘arb  renessansigacha  bo‘lgan  davrni  o‘z  ichiga 
olib, sharqiy-g‘arb,  ya'ni feodalizm  fazasi  hisoblanadi.  Bunda jamoatchilik axloqiga qaytish, 
ijtimoiy burch va shaxsiy vazminlik tan olindi.  
To‘rtinchi  faza  –  katta  jahon  tarixiy  megatsiklining  g‘arbiy fazasi,  XX asrda  boshlangan 
modern davriga to‘g‘ri keladi. 
Shu  bilan  birga,  sharqiy  faza  g‘arbiy  faza  bilan  va  aksincha  almashaganda,  jahon 
tarixining  birligi  saqlanib  qoladi  hamda  bu  har  bir  fazada  muqobil  fazaning  dominantligi  
bilan  belgilanadi.  Insoniyatning  har  bir  «yarimshari»  o‘zida  ham  g‘arb,  ham  sharq 
impulslarini qabul qilgan bo‘lib, ular tegishli dominantlari bilangina farq qiladilar. 
                                                 
420
 Қаранг: Философия истории. 29-32, 47-49-б. 
421
 К.Ясперс. Смысл и назначение истории. М., 1991. 115-116-б. 


Dominantlarning almashinuvi muayyan ma'naviy mexanizmning ta'siriga bog‘liq bo‘lib, u 
yoki  bu  sivilizatsiya  (g‘arbiy  yoki  sharqiy  jamiyat)  inqirozi  harbiy,  geosiyosiy 
muvaffaqiyatsizliklarda  yaqqol  namoyon  bo‘lgunga  qadar,  u  ustuvor  qadriyatlar, 
motivatsiyalar  doirasida  paydo  bo‘la  boshlaydi.  Yuqorida  keltirilgan  konsepsiya  asosida 
so‘nggi  yillarda  nashr  etilgan  adabiyotlarda  tarixning  katta  siklida  hozirgi  zamon  g‘arbiy 
fazaning sharqiy fazaga almashishi (g‘arbiy-sharq fazasining sharqiy-g‘arb fazasiga) haqidagi 
gipotezalar ilgari surilmoqda. Bugungi kunda ham tabiat, ham madaniyat modernizatsiyaning 
ekologik,  iqtisodiy  va  kulturologik  yukidan  shunchalik  horiganki,  g‘arbiy  faza  ilgari  inkor 
etgan  olamni  jonli  mushohada  etish  va  ijtimoiy  tartibot  shakllarini  tiklash  zarurati  vujudga 
keldi.  Kelajakning  bunday  belgilari  sifatida  «Yaqin  Sharq»  fenomeni  –  tinch  okeani 
mintaqasidagi mamlakatlarning tarixiy rivojlanish sur'atlari va mazmunidagi muvaffaqiyatlari 
keltiriladi. 
Jahon  tarixining  megatsiklik konsepsiyasi o‘zining gipotetik va sxematik xususiyatlariga 
qaramay,  jahon  tarixini  birlikda,  Sharq  va  G‘arbning  o‘zaro  dialektik  aloqadorligida 
anglashga  yo‘naltirilgan  zamonaviy  nuqtai-nazarlardan  biri  sifatida  muayyan  e'tiborga 
loyiqdir. 
Formatsion  va  sivilizatsion  yondoshuvlar  bir-birlaridan  farq  qiladi.  Ammo  bir-birlarini 
to‘liq  inkor  etmaydilar,  ular  bir-birini  o‘zaro  to‘ldiradi
422
.  Agar  formatsion  yondoshuv  – 
tarixning ijtimoiy-iqtisodiy kesimi bo‘lib, tarixni moddiy ishlab chiqarish usuli asosida tahlil 
etsa, sivilizatsion yondoshuv madaniyat omiliga, madaniyatga, asosan, xulq-atvor xarakteriga 
– an'analarga, urf-odatlarga, turmush tarziga, mentallikka e'tibor qaratadi. 
Formatsion yondoshuv jamiyatni vertikal kesmasi bo‘yicha rivojlanishini quyi bosqichdan 
yuqoriga  qarab  murakkablashib  borishini  ko‘rsatsa,  sivilizatsion  yondoshuv  jamiyatni 
gorizontal  yo‘nalishdagi  rivojini  tarixiy  makondagi  tarixiy  tuzilmalar,  sivilizatsiyalar,  unda 
yashovchi,  ong  va  irodaga,  muayyan  qadriyatlarga  ega  bo‘lgan  kishilarning  o‘ziga  xos 
madaniyatlari, turmush tarzlarining tahlilidan iborat.        
Formatsion nazariya yangilanishi mumkin va zarur, shu jumladan sivilizatsion yondoshuv 
elementlari  asosida  ham.  O‘z  navbatida  sivilizatsion  yondashuv  ham,  insoniyat  tarixining 
yaxlit  manzarasini  aks  ettiruvchi  formatsion  nazariyaning  oqilona  elementlari  hisobiga 
yangilanishi mumkin. 
 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish