Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


ShAKLLANTIRISh YO‘LIDAGI IZLANIShLAR



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   290
Bog'liq
falsafa

ShAKLLANTIRISh YO‘LIDAGI IZLANIShLAR 
 
Insoniyatning  butun  tarixi  davomida  xalqlar  va  davlatlar  o‘rtasidagi  munosabatlar  urush 
va zo‘ravonlik asosida qurib kelingan. Bu begona hududlar, boyliklar, mehnatni o‘zlashtirish 
orqali,  boshqa  davlat  va  xalqlarning  manfaatlari  hisobiga  o‘z  manfaatlari  va  ravnaqini 
ta'minlashning  eng  oddiy  va  samarali  usuli  bo‘lgan.  Siyosatni  zo‘ravonlik  nuqtai  nazaridan 
shakllantirish  tamoyili  ijtimoiy  ongga  shunchalik  chuqur  singib  ketganki,  hattoki  bugungi 
kunga  kelib  ham  bu  ba'zida  tabiiy  va  normal  holat  sifatida  qabul  qilinadi.  Bunday  an'anada 
huquqiy va ahloqiy regulyatorlar, agar ularning ortida muayyan kuch turmasa, hyech qanday 
qadr-qimmatga ega bo‘lmagan. 
Shu o‘rinda Nikkolo Makiavellining mashhur «Podshoh» asaridan quyidagi mulohazalarni 
keltirish o‘rinlidir: «Barcha davlatlarda… yaxshi qonunlar va yaxshi askarlar hokimiyatning 
asosini tashkil etadi. Ammo yaxshi askarlar bo‘lmagan joyda yaxshi qonunlar ham bo‘lmaydi, 
va aksincha, yaxshi askarlar mavjud yerda yaxshi qonunlar hukm suradi»
430

Boshqacha  qilib  aytganda,  harbiylar  («askarlar»)siz  samarali  huquqiy  tizimning  mavjud 
bo‘lishiga  muammoli  holat  sifatida  qaraladi.  Yangi  mamlakatlarni  iste'lo  qilish  va  bosib 
olingan  hududlarda  o‘z  hokimiyatini  ushlab  turish  yo‘llarini  batafsil  bayon  etar  ekan, 
Makiavelli  quyidagi  xulosaga  keladi:  «Shunday  qilib,  podshohning  harbiy  yurishlar,  harbiy 
mo‘ljallar va harbiy fandan tashqari boshqa niyati ham, tashvishi ham, ishi ham bo‘lmasligi 
lozim»
431

XX  asrga  kelib,  vaziyat  asta-sekin,  qiyinchiliklar  bilan  bo‘lsa-da,  o‘zgara  boshladi.  Biz 
qadam-ba  qadam  urush  va  zo‘ravonlik  kategoriyalariga  tayangan  siyosat  tamoyillari  va 
tafakkurining  huquqiy  va  axloqiy  normalar  ustivorligiga  asoslangan  tafakkurga  o‘rin  bera 
boshlaganini ko‘rishimiz mumkin. XXI asrda bunday tafakkur asosiy  paradigmaga aylanishi 
kerak. 
Ikkita  jahon  urushi  va  ko‘plab  mintaqaviy  mojarolar  tajribasi,  yadro  urushi  oqibatlari 
butun insoniyatni halokat yoqasiga olib kelishini anglash, xalqaro terrorizm xavfi – zo‘rlikka 
asoslangan siyosat va tafakkur usulining istiqbolsiz ekanligini yorqin namoyon qildi. Harbiy 
mojarolar  hanuzgacha  sayyoramizning  goh  u,  goh  bu  yerida  (Afrika,  Afg‘oniston,  Yaqin 
Sharq, Bolqon va boshqa «olovli» nuqtalarida) sodir bo‘lib turishiga qaramay, dunyo ijtimoiy  
ongida  zamonaviy  qurol-yarog‘larning  xususiyatlari  va  har  qanday  harbiy  harakatlarning 
ehtimoliy  (ekologik,  iqlimiy-genetik  va  boshqa)  oqibatlaridan  kelib  chiqqan  holda  kuchlar 
qarama-qarshiligi tarixan o‘z intihosiga yetdi, degan fikr tobora mustahkamlanib bormoqda. 
Kishilar milliy, diniy, sinfiy va boshqa o‘ziga xos manfaatlar bilan bir qatorda, barchaga 
tegishli  umumbashariy  manfaatlarga  ham  ega  ekanligining  tushunib  yetishi  –  XX  asrning 
muhim  kashfiyotlaridandir.  Bunday  umumiy  manfaatlarning  mavjudligi  bugungi  kunning 
realligi bo‘lib, u eng avvalo insoniyatning yer yuzida omon qolishi bilan bog‘liq. Bu masala 
har  qaysi  davlat  yoki  davlatlar  guruhiga,  har  qanday  ijtimoiy  etnik  va  diniy  umumiyatga 
tegishlidir.  
XX  asrning  boshlarida,  deyarli  barcha  mutafakkirlar  tomonidan  dunyoning  keskin 
bo‘linishi eng yangi davr jahon tarixining asosiy omili sifatida tan olingan. Ikki ijtimoiy tizimi 
– «kapitalizm» va «sotsializm» ning o‘zaro muqobilligi va raqobati deyarli bir asr davom etdi. 
                                                 
429
 И.Каримов. Ѝзбекистон: буюк келажак сари. Т., «Ѝзбекистон», 1998. 420-б. 
430
 Н.Макиавелли. Государь. М., 1990. 36-б. 
431
 Ѝша жойда. 43-б. 


«Sotsialistik  lager»  ning  barham  topishi  bilan  asosiy  ijtimoiy  keskinlik  fokusi  G‘arb-

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish