Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   290
Bog'liq
falsafa

 
3-§. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi 
 
O‘zbekiston  davlat  mustaqilligiga  erishish  bilan  deyarli  bir  asrdan  ko‘proq  davom  etgan 
tashqi  olamdan  uzilishga  barham  berildi.  O‘z  vaqtida,    Chor  hukumatining  bosqinchilik 
siyosati  natijasida  Qo‘qon  xonligi  o‘rnida  Turkiston  general-gubernatorligi,  deb  atalgan 
odatiy  mustamlaka  hudud  tashkil  etilgan  edi.  Buxoro  amirligi  va  Xiva  xonligi  protektoratga 
aylantirilgan  edi.  Ular  tashqi  dunyo  bilan  mustaqil  aloqalar  o‘rnatish  huquqidan  mahrum 
etilgan.  Sho‘rolar  davrida  xalqaro  –  siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy  va  boshqa  munosabatlarda 
markaz imtiyozli huquqlarga ega bo‘lgan. O‘zbeksiton SSR ularni tegishli ittifoq tuzilmalari 
orqaligina  amalga  oshirgan.  Shu  bilan  birga  O‘zbekiston  sho‘rolar  ittifoqi  ichidagi  mehnat  
taqsimotida  paxta  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan  bo‘lib,  paxta  hamda  boshqa  milliy 
boyliklar – oltin, rangli metall va h.k.larni eksport qilish faqat ittifoq organlari tomonidan olib 
borilgan. 
O‘zbekiston  mustaqilligi  e'lon  qilinishi  bilan  u  xalqoro  munosabatlarning  teng  huquqli 
sub'ektiga  aylandi.  U  jahonning  182  mamlakati  tomonidan  tan  olingan,  142  mamlakat  bilan 
diplomatik aloqalar o‘rnatgan
443
. Ko‘pgina xalqaro, davlatlararo va nodavlat tashkilotlarining 
vakolatxonalari  ochilgan.  O‘zining  tashqi  iqtisodiy  strategiyasi  ishlab  chiqilgan, 
mamlakatning milliy va geostrategik manfaatlari, milliy xavfsizlik konsepsiyasi aniqlangan. 
 O‘zbekiston  Respublikasi  tashqi  siyosatining  asosiy  tamoyillari  uning  Konstitutsiyasida 
belgilab  qo‘yilgan.  Ular  davlatlarning  suveren  tengligi,  kuch  ishlatmaslik  yoki  kuch  bilan 
tahdid  qilmaslik,  chegaralarning  daxlsizligi,  nizolarni  tinch  yo‘l  bilan  hal  etish,  boshqa 
davlatlarning  ichki  ishlariga  aralashmaslik  qoidalari  va  xalqaro  huquqning  umume'tirof 
etilgan  boshqa  qaoidalari  va  normalariga  asoslanadi
444
.  Respublikamizning  tashqi  siyosatiga 
mafkuradan xolislik, ochiqlik xos – u Sharq va G‘arbning barcha mamlakatlari bilan, ularning 
mafkuraviy  va  boshqa  mo‘ljallaridan  qat'iy  nazar,  xalqaro  huquq  tamoyillari  va  qoidalari 
asosida hamkorlik qilishga tayyor. 
Tashqi  siyosat  mamalakatning  ichki  hayoti  uchun  osoyishta  sharoitlarni  yaratib  berish, 
yangi jamiyatni shakllantirish maqsadida chuqur islohotlarni amalga oshirishga, shuningdek, 
milliy  xavfsizlikni  ta'minlashga  xizmat  qiladi.  U  xalqaro  munosabatlarning  barcha  asosiy 
yo‘nalishlari va xillari – siyosiy, iqtisodiy, harbiy, madaniy, fan va texnika sohasi va h.k. larni 
qamrab  oladi.  Shundan  kelib  chiqqan  holda  oldiga  mamlakatni  jahondagi  siyosiy,  madaniy-
intellektual,  iqtisodiy  makonga  integratsiyasini  ta'minlash  vazifasini  qo‘yadi.  O‘zbekiston 
o‘zining tashqi siyosatini XXI asrda yuzaga kelgan jahondagi xalqaro barqarorlikka tahdidlar, 
mojaroli  vaziyatlar  xususiyatlaridagi  keskin  o‘zgarishlarni  hisobga  olgan  holda  qurmoqda. 
Endilikda  xalqaro  terrorizm,  mintaqaviy  ekstremizm,  separatizm  va  narkotrafik  tahdidi, 
shuningdek,  yadro  va  ommaviy  qirg‘in  qurollarining  tarqalishi  miqyoslari  jadal  kengayib 
bormoqda.  Bu  esa  mojaroli  vaziyatlarni  hal  etishda  yangicha  yondoshuv  va  uslublarni  talab 
qilmoqda. 2002 yil 11 sentyabrdagi Nyu-Yorkda, 2005 yil may oyida Londonda sodir etilgan 
va minglab kishilarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan terroristik aktlar, boshqa mamlakatlarda 
ham  terrorizmning  avj  olishi  buning  tasdig‘i  bo‘lib,  bunday  tahdidlarga  qarshi  kurashda 
xalqaro  kuchlarning  birlashuviga  va  xavfsizlikni  ta'minlashning  yangicha  uslublarini  izlab 
topilishiga olib keldi. 
                                                 
443
 Adhamjon Yunusov, Yakov Umanshy, D.Zainutdinova. National Interest and Pragmatish in the Forein Policy 
of Uzbekistan//Burlding. A common Future: Indian and Uzbek Perspektives in security and Economic Issuls. 
Delhi, 1999.P.31. 
444
 Қаранг: Ѝзбекистон Республикасининг Конституцияси. 17-модда. Т., «Ѝзбекистон», 2003. 6-б. 


Yuqorida  qayd  etilgan  tamoyillarning  izchil  amalga  oshirilishi,  ob'ektiv  xarakterdagi 
qiyinchiliklarning  bartaraf  etilishi  Respublikamizni  ijtimoiy  hayoti  bozor  iqtisodiyoti  va 
demokratik tizimga asoslangan ilg‘or davlatlar qatoriga olib chiqish kerak. 
O‘zbekistonning  siyosiy  munosabatlar,  diplomatik  faoliyat  sohasidagi  muhim 
yo‘nalishlaridan  biri  –  davlatlararo,  shuningdek,  nodavlat  xalqaro  tashkilotlar  ishidagi 
ishtirokidir.  Bu,  eng  avvalo,  BMT  va  yevropa  Xavfsizlik  va  hamkorlik  tashkiloti  (yeXHT) 
tuzilmalariga  taalluqli.  O‘zbekiston  1992  yildan  boshlab  BMTning  a'zosidir.  Respublika 
yevropada  xavfsizlik  va  hamkorlik  Kengashining  yakuniy  bitimini  imzolagan.  O‘zbekiston 
Parlamenti  yeXHTning  parlamentlararo  ittifoqi  va  parlament  assambleyasining  a'zosi. 
O‘zbekiston Qo‘shilmaslik harakatining a'zosi sifatida hyech qachon harbiy-siyosiy bloklarda 
ishtirok etmaydi. 
Tegishli  bitim  va  kelishuvlar  asosida  ikkiyoqlama  va  ko‘ptomonlama  davlatlararo 
munosabatlarni  qaror  toptirishi  tashqi  siyosiy  faoliyatning  muhim  yo‘nalishlaridan 
hisoblanadi. MDH doirasidagi faoliyat ustuvor ahamiyat kasb etadi. MDH mamlakatlari bilan 
ikkiyoqlama  o‘zaro  manfaatli  aloqalar  ayniqsa  samaralidir.  Unda  Rossiya  bilan  o‘rnatilgan 
aloqalar muhim ahamiyatga ega. 
O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan yana biri Markaziy Osiyo suveren 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish