berilish aqlga tayanishdan ko‘ra ko‘proq va hokazo. Masalan, fransuz tadqiqotchilari bo‘lgan
G.Tard va G.Lebon
389
madaniyat va uning qadriyatlariga bo‘lgan munosabat jihatidan jamiyatni uch qismga
buldilar:
a) hyech narsani tushunmaydigan. Tabiiy instinklarga tayanadigan, «yo‘l boshchiga»
ehtiyoj sezadigan omma (olomon);
b) ba'zi narsalarni
tushunadigan guruhiy oqim;
v) hamma narsalarni ko‘li yetadigan (elita) imtiyozli guruh.
Ommaviy madaniyatning asosiy xususiyatlaridan biri uning avval boshdanoq umumiy
iste'molga yo‘naltirilganligidir. Unga xos bo‘lgan hammaga tushunarli bo‘lishi, yengilligi,
qiziqarliligi va lazzatbaxshlikka yo‘naltirilganlik kabi belgilari ana shu yerdan kelib chiqadi.
Madaniyatning ushbu shakli ko‘p darajada to‘g‘ridan to‘g‘ri ijtimoiy buyurtma asosida o‘z
vazifasini bajaradi. Ana shuning uchun ham uning taraqqiyotining ichki manbalari qandaydir
sezilarli o‘rin kasb etmaydi.
Hozirgi zamon ommaviy madaniyati quyidagi asosiy belgilarga ega:
a) ommaviylik iste'molga ham, ishlab
chiqarishga ham taalluqli;
b) ommaviy axborot va aloqa vositalarining barcha majmuasi bilan yaqindan
bog‘langanlik;
v) uncha yuqori bo‘lmagan ma'naviy- mazmuniy
va estetik saviya;
g) makoniy va zamoniy jihatdan ham doimiy ravishda o‘z-o‘zini yangitdan namoyon qilib
turish.
Ommaviy madaniyat o‘zining vazifalaridan biri bo‘lgan jalb qilishlik va bo‘shliqni o‘rnini
to‘ldirishlik xususiyatini oshirib yuborib, uni madaniy ijod jarayonining asosiga aylantiradi.
Hozirgi zamon ommaviy madaniyatiga xos bo‘lgan misollar quyidagilardir: ommaviy
musiqaviy janrlar (estrada, pop-muzыka, rok va hokazo), teleseriallar (ayniqsa, lotin
amerikasi mamlakatlariniki), plakatlar va boshqa badiiy saviyasi yuqori bo‘lmagan tashqi
tasvir shakllari va hokazolar.
Biroq ommaviy madaniyat elementlari qatoriga «tushish»ning bosh mezoni
ommani jalb
qilishlikdir. Masalan, dunyo kinoekranlari va televizion tarmoqlarida keng namoyish etilgan
«Titanik» filmi, shak-shubhasiz, badiiy jihatdan yuqori saviyadagi asardir. Ammo uning
orasida mashhurligi shunchalik yuqori bo‘ldiki, u to‘la ravishda ommaviy madaniyat unsuriga
aylandi. Uning ko‘p nusxada ishlab chiqilgan va sotilgan videokassetalari, lazerli disklari va
shu filmning musiqasi yozilgan audikassetalar, bosh qahramonlari tasvirlangan plakatlar va
hokazolar bundan guvohlik beradi. Hozirgi zamon ommaviy madaniyatining eng o‘ta
ko‘rinishi sifatida
kitch, ya'ni ommaviy ravishda va didsizlarcha ko‘p nusxada bosilgan
mahsulot, mashhur asarlarning qolipga solinganlari (Mona Liza ichki ko‘ylakda!), hamda
qalbaki ommaviy madaniyat ishlab chiqarish mahsulotlari maydonga chiqdi.
Shunday qilib, hozirgi zamon madaniyatiga katta xavflardan biri uning ommaviy-
jozibakorlik xususiyatini kasb etganligi bo‘lib, uning oqibatida umumiy saviya pasayib ketishi
mumkin. Shuning uchun madaniyat va san'at muassasalari faoliyatida tijoratchilik asosini
yagona va hal qiluvchi omil bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik juda muhimdir.
Insoniyat taraqqiyoti tarixi bizning oldimizda turli mintaqalar, davlatlar, irqiy guruhlar va
jamoalar, ayrim olingan shaxslar o‘rtasidagi turli darajadagi milliy o‘ziga xos
madaniyatlarning xilma-xil shakllari orasidagi uzluksiz aloqalar tarixi sifatida gavdalanadi.
Madaniyatlar o‘rtasidagi aloqalar ijtimoiy hodisa sifatida juda uzoq davrlardan buyon vujudga
kelgan. Ammo irqiy qobiqga o‘ralish, qabilachilik, turg‘unlik, an'anaviylik, konservatiklikka
yo‘nalish uzoq vaqt boshqa etnik guruhlarga mansub bo‘lganlar madaniyati elementlarining
o‘zlashtirishga imkon bermadi.
389
Қаранг: Тард Г. Общественное мнение и толпа. –М., 1902. Лебон Г. Психология народов и масс. СПБ.,
1908
Etnoslar orasidagi madaniy ayrboshlash faqat madaniyat taraqqiyotining oliy
bosqichidagina paydo bo‘lishi mumkin. Siyosiy, savdo-sotiq, madaniy aloqalar, sayyohlik,
o‘zga yerlarni o‘zlashtirish, ko‘chib borish bularning barchasi etnik madaniy ayirboshlash
uchun zamin bo‘ladi. Bu yerda shuni qayd etish lozimki, madaniy boyish hamma vaqt o‘zaro
bog‘lanishga ega bo‘ladi. Hatto turli saviyadagi madaniyatlar o‘rtasidagi aloqa va
ayirboshlash hamma vaqt o‘zaro xususiyatga ega, garchi, odatda, ko‘proq yuqori darajada
tashkil topgan madaniyat hamma vaqt ko‘proq narsa beradi va ko‘proq undan bahramand
bo‘lishga undaydi. Shunga muvofiq ravishda kam darajada tashkil topgan madaniyat ko‘proq
narsa oladi va ko‘p narsani qabul qilishga tayyor bo‘ladi. Shunday bo‘lsa ham, madaniy
jihatdan boyish hyech qachon bir yo‘nalishdagi jarayon bo‘lmasdan – bu shunday narsaki,
hajm, sifat va o‘zlashtirish darajasi jihatidan o‘zaro farq qiladigan madaniy axborot oqimi bir-
birining istiqboli tomon boradigan ikki yo‘nalishdir. Deyarli bir xil saviyadagi etnos
madaniyatlarning o‘zaro aloqasi davrida, odatda, madaniy axborotlar ayirboshlashda
muammo yuq.
Do'stlaringiz bilan baham: