va keng tushunchadir. U chuqur tarixiy ildizlariga ega bo‘lib, u yoki bu xalqning taqdiri,
milliy xususiyati va mentalitetini ifodalaydi. Ma'naviyat uchta –
ma'rifiy, ma'naviy va
estetik
asosga ega. Shuning uchun ham fan va falsafa, etika (shu jumladan diniy va dunyoviy axloq)
va san'at mavjuddir. Ma'naviyatning hamma sohalari bir-biri bilan bog‘liqdir. Ularning yuragi
axloqiylikdir.
Ma'naviyatni tushunishning yana bir yo‘nalishi mavjuddir. Odatda «ma'naviyat»
tushunchasi insonning hayvondan farqini bildiruvchi aql va irodasini ifodalaydi. Shaxs
irodasining ma'naviy kuchi uning qobiliyati orqali ifodalanadi. Zamonaviy mazmunda
ma'naviyat –
oliy ma'naviy qadriyatlar sifatida qabul qilinadi. Uning asosiy kategoriyalari
Haqiqat, Ezgulik, Go‘zallikdir. Ma'naviyatsizlik esa ezgu maqsad va qadriyatlarning
bo‘lmasligi bilan ifodalanadi.
Ma'naviy qadriyatlar stixiyali ravishda paydo bo‘lmaydi. Ular ma'lum maqsadga
qaratilgan, ijodiy intelektual faoliyat natijasidir. Tarixda ma'naviy ijodkorlarning uch turi
shakllangan –
biluvchi (mutafakkir, donishmand),
avliyo,
badiiy ijodkor (shoir, yozuvchi,
kompozitor va boshqalar). Har bir jamiyat uchun rivojlanishining har bir bosqichida o‘ziga
xos ma'naviy elitasi mavjuddir. Unga nafaqat ma'lum darajadagi professionalizmgina xos
bo‘lib qolmasdan, unga ma'naviy xususiyatlarning elementlari – poklik, yuqori darajadagi
ahloqiylik ham xos bo‘ladi.
Ma'naviy qadriyatlar yaratilgandan so‘ng o‘zining hayotiga ega bo‘ladi. Ular avloddan
avlodga o‘tib, yangi mazmun bilan boyib boradi. Ammo ular keng xalq ommasiga yetib
borgandan keyingina haqiqiy ahamiyatga ega bo‘ladilar, ular hayotining bir qismiga
aylanadilar. Bu esa, faqat
ma'rifat orqali amalga oshiriladi. Ma'rifat ta'lim tizimi, maxsus
ma'rifiy muassasalar faoliyati, san'at asarlarini va unga oid bilimlarni yoyish va tashviqot
qilish orqali olib boriladi. O‘zbek xalqiga chuqur ma'naviy va ma'rifiy an'analar xosdir.
Ulardan mamlakatda boshlangan ma'naviy-ma'rifiy islohotlarda foydalaniladi.
O‘tish davrining murakkab, ziddiyatli davrda, Respublikada ba'zi bir ma'naviy va axloqiy
qadriyatlarga to‘g‘ri kelmaydigan salbiy hodisalar ham yuzaga keldi. Korrupsiya, poraxo‘rlik,
o‘g‘rilik, firibgarlik kabilarning ma'lum darajada rivojlanishi kuzatildi. Ayniqsa, yoshlar
orasida boyishga o‘ta intilish, egoizm, inlividualizm kabi illatlar tarqaldi. Bu bozor
munosabatlari sharoitida ma'naviy-axloqiy qadriyatlarning jamiyat hayotida pasayishi,
madaniyat va ma'naviyatning ikkinchi darajaga surilib qo‘yilganini tabiiyligini bildirmaydi.
Gap shundaki, birinchidan, bozor munosbatlari davlat tomonidan boshqarilib, ular zamonaviy
doiraga olib kirish kerak. Bizning sharoitimizda bozor munosabatlariga o‘tish deganda
jamiyatning har bir a'zosini farovon yashashi uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratish bilan
birga, ma'naviyat sohasiga ham ahamiyat berishni talab qiladi. Bunday jamiyatni qurish va
uning faoliyat ko‘rsatishi uchun bilimli, yuqori malakali, halol, vijdonli, adolatli – umaman
olganda ma'naviyatli kishilar zarur. Mamlakatimizda o‘rta va oliy ta'lim kadrlarini tayyorlash,
ularni yangi sharoitga moslashtirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirila boshladi. Fan va
madaniyat sohalarini, ziyolilarni hamda intellektual va ijodiy mehnat kishilarini davlat
tomonidan samarali qo‘llab-quvvatlash borasida ham katta ishlar qilinishi ko‘zda tutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: