darajada
ijtimoiy ko‘rinishga ega bo‘lib, insonni boshqa barcha tabiiy-biologik dunyodan
ajratib turadi. Madaniyat tarixi davomida uning barcha hodisalari va jarayonlari ijtimoiy
fanlarning barcha majmuasi – falsafa, tarix, qadimshunoslik, jamiyatshunoslik, ruhshunoslik
va boshqalar tomonidan o‘rganilgan. Oxir oqibatda, bu shunga olib keldiki,
madaniyatshunoslik deb atalgan mustaqil integral ilmiy fan shakllandi.
Hozirgi zamon fanida madaniyatning 600 dan ko‘proq ta'rifi mavjud bo‘lib uni quyidagi
guruhlarga tasnif qilish mumkin:
- madaniyatni inson faoliyati natijasining majmuasi sifatida o‘rganuvchi
bayoniy ta'rif;
- madaniyatni an'analar va ijtimoiy
meros orqali ifodalovchi tarixiy ta'rif;
- madaniyatni uning me'yorlar tizimi va qoidalaridagi urnini ta'kidlovchi
me'yoriy ta'rif;
- madaniyatni muayyan qabul qilingan qadriyatlarni amalga oshirish natijasi deb biluvchi
qadriyat ta'rifi;
- insonni tabiat va ijtimoiy muhitga o‘rganishiga asoslangan
psixologik ta'rifi;
- madaniyat-g‘oyalar oqimidan o‘zga
narsa emas,
deb biluvchi mafkuraviy ta'rif;
- madaniyatni oldindan belgilab qo‘yilgan qonunlar majmuasi sifatida qarab chiquvchi
semiotik ta'rif
387
.
Bulardan tashqari, madaniyat mohiyatini tushunishga olib keluvchi
texnik,
tuzilish-
vazifaviy,
tizimli,
tajribaviy,
faol va boshqa yo‘nalishlarni ham ajratib ko‘rsatish mumkin. Eng
umumiy ko‘rinishda
madaniyat tushunchasi deganda odamlar hayoti va faoliyatini tashkil
qilish shakllari va turlarida, hamda ular tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy
qadriyatlarda o‘z ifodasini topgan jamiyat va inson taraqqiyotining muayyan tarixiy saviyasi
tushuniladi
388
.
Madaniyat – murakkab va ko‘p vazifalarga ega tizimdir. Uning bosh vazifalari orasida
quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
Adaptatsion (moslashuvchanlik) vazifa. Uning tufayli inson muayyan tabiiy va ijtimoiy
muhitga moslashishga imkon topadi. Agar madaniyat qancha yuqori bo‘lsa, odatda, uning
adaptatsion imkoniyati shuncha ko‘p bo‘ladi.
Ma'rifaiy (evristik) vazifa. Uning mohiyati shundan iboratki, madaniy yutuqlar dunyoni
bilish vositasi sifatida xizmat qiladi. Madaniyatning shunday qismi bo‘lgan fan, butunlay
ushbu vazifani bajarishga bag‘ishlangan. Bu yerda bilish ob'ekti sifatida tabiat, jamiyat va
insonning o‘zi xizmat qiladi.
Informatsion (Xabar yetkazuvchi) vazifa. Uning vazifasi doirasiga ijtimoiy tajribani
to‘plash (jamg‘arish), uni bir avloddan boshqasiga yetkazish, ya'ni tarixiy vorislikni
ta'minlash kiradi. Xabar yetkazish faqat vaqtinchalik bo‘lmasdan, balki makoniy xususiyatga
(bir jamoa yoki guruhdan boshqasiga xabar berish va hokazo) ega bo‘lishi mumkin.
Kommunikativ (munosabat o‘rnatish) vazifasi. U xabar yetkazuvchanlik vazifasi bilan
yaqindan bog‘langan bo‘lib nutq (til), ramziy qiyofa (san'at), belgilar (fan) vositasida amalga
oshiriladi. Jamiyatning taraqqiyot darajasi qancha yuqori bo‘lsa, bevosita aloqa shunchalik
ko‘p darajada bilvosita, ya'ni texnik vositalar yordamida (telefon, telegraf, internet va
hokazolar bilan) amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: