Sotsializatsiya (ijtimoiylashuv) vazifasi. Bu madaniyatning bosh, tizim tashkil qiluvchilik
vazifasidir. Insoniy hayot faoliyatining shakli sifatidagi madaniyatning o‘ziga xos xususiyati
aynan shunda o‘z ifodasini topadiki, u insonga maksimal darajasidagi ijtimoiylik, jamoaviylik
ko‘rinishini ato etadi.
Madaniyat vazifalarining umumiy sharhi bir qator quyidagi madaniyatga oid
qonuniyatlarni ifodalashga imkon beradi:
- madaniyat jamiyat hayotining tabiiy va sun'iysharoitlariga (uning turi, xususiyati, kelib
chiqishi, vazifalari, sub'ektlari va hokazo) bog‘liqdir;
- jamiyat hayoti barcha tomonlarining taraqqiyoti, o‘zgarishlari, mavjudligiga
madaniyatning ta'siri;
-madaniyat taraqqiyotida vorislik. U faqat xronologik bo‘lmay, balki ko‘p ko‘lamli
bo‘lishi mumkin.
- ikki jihatdan kelib chiqadigan madaniyat taraqqiyotidagi notekislik: tashqi tomondan
(madaniyatning gullab yashnagan va inqirozli davrlari jamiyatning boshqa doiralaridagi xuddi
shunday davrlariga muvofiq kelishi shart emasligi) va ichki tomondan (madaniyatning turli
ko‘rinishlari bir-biriga nisbatan notekis rivojlanishi);
-madaniy qadriyatlarning shakllanish jarayonida shaxsning o‘ziga xos o‘rni, ijodiy
yagonaligi.
Madaniyatning shakllanishi, amaliy vazifalarni bajarishi va rivojlanishi uchun fan,
texnika va texnologiyadagi sifatiy o‘zgarishlar muhim ahamiyatga egadir. Shu ma'noda
insoniyat tarixida, shartli ravishda eng asosiy, sifatiy uch sakrashni alohida ko‘rsatib o‘tish
mumkin.
Birinchidan, bu ijtimoiy-madaniy hodisa bo‘lgan
yozuvning paydo bo‘lishidirki, uning
tufayli madaniy qadriyatlarni saqlash, ularni ayriboshlash, bir avloddan boshqasiga yetkazib
berish va hokazolar mumkin bo‘ldi.
Ikkinchidan,
bu kitob nashr etishning ixtiro qilinishi o‘ldiki, uning tufayli madaniy
mahsulotlarni ishlab chiqarishni sezilarli darajada ko‘paytirish va tarqatish imkoniyati paydo
bo‘ldi.
Uchinchidan, bu
hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridirki, (radio, kino,
televidenie, ovozni yozib olish, video, kompyuter tarmoqlari va hokazolar), uning tufayli
madaniy qadriyatlardan foydalanish jarayoni haqiqatan ham ommaviy tus oldi.
Madaniyat doirasini ilmiy-texnik jihatdan jihozlanishining miqdoriy va sifatiy o‘sishi
shunga umidvor bo‘lishga imkon beradiki, undan har bir kishi bahramand bo‘lishi mumkin,
hamda madaniy ijtimoiylashish jarayoni borgan sari tezlashib, chuqurlashib, uning samarasi
oshib boradi. Ammo, afsuski, ilmiy-texnika taraqqiyoti imkoniyatiga mos keladigan umumiy
madaniy saviyaning keskin o‘sishi hali yuz bermadi. Bundan tashqari, madaniy makonning
haddan tashqari «to‘lib ketishi», ma'lum ma'noda, shunga olib keldiki, insonning madaniy
dunyoni qabul qilish butunligi yo‘qoldi. U borgan sari ko‘p darajada bir-biri bilan kam
bog‘langan turli madaniy axborot bo‘laklari mozaikasidan iborat bo‘lib qola boshladi.
Ilmiy-texnika taraqqiyotining gurkirab o‘sishi ilgari ma'lum bo‘lmagan
ommaviy
Do'stlaringiz bilan baham: