Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   290
Bog'liq
falsafa

tushunilganda),  uning  jarayoni  va  natijalarining  birligidir.  U  san'at,  fan,  falsafa,  axloq, 
huquqiy va siyosiy ong, dindan iboratdir. Mazkur barcha ijtimoiy hodisalar jamiyat ma'naviy 
sohasining elementlarini (aniqrog‘i kichik tizimlarini) tashkil qiladi. 
Ma'naviylikning eng asosiy tomonlaridan biri milliy o‘zini-o‘zi anglashdir. Milliy o‘zini-
o‘zi anglash ijtimoiy  ongning  alohida ko‘rinishi  bo‘lib, unda milliy hayot  o‘z aksini topadi. 
Hozirgi  davrda  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy  va  ma'naviy  jarayonlar  qanday  yuz  berayapti 
hamda  ular  millatlar  va  xalqlarning  ongida    qanday  o‘z  aksini  topayapti  degan  masala 
to‘g‘risida  aniq,  muayyan  tasavvurga  ega  bo‘lish  kerak.  Millatlarning  hayotida  yuz 
berayotgan  o‘zgarishlar  ularning  nafaqat  hozirgi  va  kelajakdagi,  balki  o‘tmishdagi 
ma'naviyatlarining  ham  qanday  bo‘lganligi  to‘g‘risida  o‘ylashga  majbur  qilayapti.  Yuz 
berayotgan  o‘zgarishlar  lokal,  mahalliy  (milliy  ongning  alohida  sohalariga  taalluqli)  yoki 
umumiy  bo‘lishi  mumkin.  Milliy  o‘zini-o‘zi  anglashning  o‘sishi  millat  turmush  tarzining 
iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa omillariga bog‘liqdir. 
Milliy  o‘zini-o‘zi  anglash  hodisasi  ongning  yuqori  darajasi  bo‘lib,  u  milliy  ongdan  bir 
muncha keyinroq paydo bo‘ladi. O‘zini-o‘zi anglash bu insonning faqat o‘zini-o‘zi tushunib, 
anglab  yetishi  bo‘lmasdan,  uning  o‘z  o‘ziga,  imkoniyatlariga,  holatlariga  bo‘lgan 
munosabatini ham bildiradi. Bular to‘liq ma'noda milliy o‘zini-o‘zi anglashga ham tegishlidir. 
Demak, milliy o‘zini-o‘zi anglash – bu o‘zini-o‘zi baholashi hamdir.  
Hozirgi  davrdagi  milliy  jarayonlarning  rivojlanishini  hisobga  olib,  ko‘p  tadqiqotchilar 
milliy o‘zini-o‘zi anglash bu millatning zaruriy, muhim belgilari deb hisoblamoqdalar. 
Milliy o‘zini-o‘zi anglash tizimida quyidagi elementlarni ajratish mumkin: 
- milliy identifikatsiya
- hududiy birlikni tasavvur qilish
- tili va madaniyat birligini anglash
- ijtimoiy-davlatchilikka tegishli ekanini anglash
- milliy manfaatlar
385

Milliy  o‘zini-o‘zi  anglash  murakkab  va  ko‘pqirrali  bo‘lib,  jamiyatning  ma'naviy 
hayotidagi muhim hodisadir. Uning tuzilishidagi alohida tomonlarni o‘rganish bilan uning bir 
butun  hodisa  sifatida  anglash  mumkin  emas.  Milliy  o‘zini-o‘zi  anglashning  elementlarini 
birlikda va bir butunlikda olib qaralsagina, uning maxsus ma'naviy hodisa ekanligini tasavvur 
qilish mumkin. Bir ijtimoiy munosabatlar tizimidan boshqasiga o‘tishda, bir davlat tizimidan 
boshqasiga o‘tilishida ma'naviy hayotda ham inqirozga duch kelinadi. O‘zbekiston sharoitida 
ma'naviy  yangilanish  o‘z  ma'naviy  ildizlarimizga  qaytish, jahon  sivilizatsiyasi  qadriyatlarini 
o‘zlashtirish va ma'naviy hayotning yangi bozor sharoitlariga moslashish yo‘li orqali amalga 
oshiriladi. 
Sovet  davrida  davlat  mafkurasi,  hukmronlik  qiluvchi  dunyoqarash  –  marksizm-leninizm 
edi.  U  sotsialistik  jamiyatni  qurishda,  kommunistik  partiya  va  sovet  davlatining  tashqi  va 
ichki  siyosatida  nazariy  qurol  bo‘lib  xizmat  qildi.  O‘zbekiston  davlat  suverenitetiga 
erishgandan  so‘ng  ijtimoiy  hayotni  demokratlashtirish  e'lon  qilindi.  Bu  markscha-lenincha 
mafkuraning  yakkahokimligiga  chek  qo‘yilganini  bildirar  edi.  Shu  bilan  birga  mafkuraviy 
bo‘shliqqa  yo‘l  qo‘ymaslik  muhim  edi,  aks  holda  buning  natijasida  jamiyatda  bir-biriga  zid 
bo‘lgan  turli  oqimlarning  paydo  bo‘lishi  va  bu  bo‘shliqni  turli  anarxo-ekstremistik, 
fundamentalistik kabi yot g‘oyalar egallab, jamiyatda parokandalikni keltirib chiqarish xavfi 
tug‘ildi. Shunga ko‘ra,  jamiyatning umumiy g‘oyalar asosida birlashuvi, jipslashuvi ob'ektiv 
                                                 
385
 А.С.Ачилдиев. Диалектика национального самосознания и национальной культуры. Т., 1997, 49-б. 


ehtiyojga  aylandi.  Bu  sharoitda,  sovet  imperiyasining  bir  asrdan  ziyodlik  zulmidan  ozod 
bo‘lgandan  keyingi  milliy  g‘oya  milliy  tiklanish  g‘oyasiga  aylandi.  Xalq  o‘zining  milliy 
manfaatlarini  anglab, ularni amalga oshirish yo‘llarini izlab topishi kerak edi. Milliy istiqlol 
mafkurasining  paydo  bo‘lishi  va  shakllanishi  bunga  ob'ektiv  javob  bo‘ldi.  U  «millatni, 
jamiyatni, davlatni birlashtiruvchi bayroq» bo‘lishi kerak edi
386
.  
Milliy  istiqlol  mafkurasining  vazifasi  odamlarning,  ayrim  shaxslarning  ongiga  milliy 
mustaqillikning  jamiyatimiz  uchun  ahamiyatini  singdirishdan  iborat  edi.  Ikkinchidan, 
mustaqillikning  siyosat,  iqtisodiyot,  ma'naviy  hayot  sohalaridagi  mohiyati  va  mazmunini 
tushuntirib berish kerak edi. Uchinchidan,  mustaqillikni mustahkamlash va fuqarolarning bu 
jarayonda konkret ishtirok etishlari kerak edi. Va nihoyat, mamlakatni rivojlanishning yaqiin 
kunlari  va  uzoqqa  mo‘ljallangan  maqsadlari  va  istiqbollarini  belgilab  olish  kerak  edi. 
Bularning hammasi  milliy istiqlol  mafkurasining  milliy o‘zini-o‘zi anglashning  tiklanishiga, 
rivojlanishiga xizmat qilishini anglatadi. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish