Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Jamiyatning ijtimoiy hayoti



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   290
Bog'liq
falsafa

4-§. Jamiyatning ijtimoiy hayoti 
 
Etimologik nuqtai nazardan «ijtimoiy» degan so‘z «jamiyat» atamasi bilan sinonimdir. U 
keng  ma'noda  «jamiyatning  ijtimoiy  sohasi»ni  belgilaydi.  Shu  jihatdan  jamiyatning  hamma 
sohalar – iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy sohalari ijtimoiy sohalar deyiladi. Biroq shu bilan birga  
jamiyatning  alohida  ijtimoiy  sohasi  bo‘lib,  u  –  har  xil  ijtimoiy  guruhlar,  turli  darajada 
uyushgan elatlar (ijtimoiy qatlam, strategiya, etnoslar, ijtimoiy demokrafik guruhlar, alohida 
jamoalar  va  boshqalar)  o‘rtasidagi  munosabatlarni  ifodalaydi.  Ijtimoiy  munosabatlarning 
xususiyatlari  shundaki,  ular  jamiyatning  hamma  sohalariga  kirib  borgan.  Ularni  faqat 
iqtisodiy, siyosiy yoki ma'naviy munosabatlar, deb ajratish mumkin emas. 
Shuni  aytish  mumkinki,  ijtimoiy  sohaning  asosini  individning  ijtimoiylashuvi  tashkil 
qiladi,  ya'ni  bunga  uning  me'yorlar,  qadriyatlar,  namunali  xulq  ko‘rsatmalarini  bajarishi 
kiradi.  Agar  iqtisodiy  va  ma'naviy  sohalarda  individ  moddiy  va  ma'naviy  boyliklarni  ishlab 
chiqaruvchi va ehtiyojlarni ta'minlovchi bo‘lsa, siyosiy sohada siyosatning ob'ekti va sub'ekti 
bo‘lsa,  ijtimoiy  sohada  esa  ijtimoiy  individdir,  ya'ni  u  sotsiumning  (jamiyatning)  a'zosidir. 
Individ  sotsiumga  turli  guruh  va  birlashmalar  orqali  a'zo  bo‘lgani  uchun  turli  guruh  va 
birlashmalarning  faoliyati  ijtimoiy  sohaning  asosiy  mazmunini  tashkil  qiladi.  Ijtimoiy 
birlashmalar va guruhlar jamiyatning ijtimoiy tuzilishini (strukturasini) tashkil qiladi. 
Ijtimoiy  struktura  o‘z  tabiatiga  ko‘ra  ob'ektiv  xususiyatga  ega  bo‘lib,  u  qonun 
chiqaruvchining  qarorlari  bo‘yicha  ta'sis  etilishi  yoki  bekor  qilinishi  mumkin  emas. 
Jamiyatning  ijtimoiy  strukturasi  undagi  guruhlarning  o‘zaro  aloqadorligi  va  o‘zaro  ta'sirini 
ham o‘z ichiga oladi. 
Jamiyat  strukturasining  quyidagi  turlarini  ajratish  mumkin:  demokrafik,  etnik,  ijtimoiy-
sinfiy, joylashishiga ko‘ra hududiy, kasbiy-ma'rifiy, konfessional tuzilish va boshqalar. 
Har  bir  individ  yoshligi  yoki  keksaligi,  shaharli  yoki  qishloqdan  ekanligi,  qaysi  etnos, 
konfessiya  vakili,  sinf,  kasbi  va  boshqa  xususiyatlari  bo‘yicha  turli  xil  tuzilmaga  kiradi. 
Jamiyatning  demografik  strukturasida  aholining  tarkibini  jinsi,  yoshi,  mehnatga  yaroqliligi, 
aholining  zichligi  va  umumiy  soni,  o‘sish  darajasi,  migratsiyaning  xarakteri,  sog‘lig‘ining 
holati aks etadi. Ko‘plab mutafakkirlar asrlar davomida jamiyatning demografik holatiga o‘z  
e'tiborlarini qaratganlar. Ularning mashhurlaridan biri T.Maltus nazariyasi bo‘lib, u XVIII  asr 
oxiri XIX asr boshlarida «aholi o‘sishining abadiy qonuni»ni asoslab berishga harakat qildi. 
Bu  qonunning  mohiyati  shundan  iboratki,  «hamma  yirik  jonzot  kabi  aholi  (xalq)ning  o‘z 
tasarrufidagi  oziq-ovqatga  nisbatan  tezroq  ko‘payishga  intiladi».  Maltus  aholining  yashash 
uchun kerak bo‘lgan vositalari arifmetik (1, 2, 3, 4, 5…), aholining o‘zi esa geometrik (1, 2, 3, 
4, 8, 16…) progressiya bo‘yicha ko‘payishini hisoblab chiqdi. yer aholisining umumiy soni va 
zichligi nisbatan uncha yuqori bo‘lmagan davrlarda Maltus nazariyasiga yetarlicha ahamiyat 
berilmadi. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida demografik inqiroz aholining ko‘payib ketishi 
bilan bog‘liqligi Maltus nazariyasiga e'tibor qaratish kerakligini taqozo qildi. 


Polietnik  (ko‘pmillatli)  va  polikonfessiyaviy  jamiyat  uchun  etnik  va  konfessiyaviy 
struktura  dolzarbdir.  Birinchi  holatda  ijtimoiy  birlik,  ya'ni  qabila,  millat,  xalq  (umuman  -
etnos)  to‘g‘risida  gap  ketsa,  ikkinchisida  esa  konfessiyaviy  (diniy)  birlashmalar  ustida  gap 
boradi.  Agar  jamiyatning  etnik  tuzilmasida  etnik  birliklarning  rivojlangan  shakli  –  millatlar 
mavjud  bo‘lsa,  u  ko‘pmillatli  bo‘ladi.  yevropa,  Amerika  va  Osiyodagi  ko‘plab  mamlakatlar 
shular  jumlasiga  kiradi.  Agar  etnik  strukturasida  qabilalar  bo‘lsa,  unday  jamiyat  polietnik 
bo‘ladi.  Afrika,  Okeaniya  va  Osiyoning  qator  mamlakatlaridagi  jamiyatlar  shular 
jumlasidandir. 
Jamiyatning ijtimoiy-sinfiy strukturasiga kelsak, u sinflar, qatlamlar, tabaqalar, stratlardan 
iboratdir. Sinflar deganda odamlarning katta guruhlari tushuniladi, ular quyidagi sifatlari bilan 
farq  qiladi:  a)  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  tizimidagi  ma'lum  o‘rni;  b)  ishlab  chiqarish 
vositalariga munosabati; v) mehnat taqsimoti tizimidagi roli;  g) foyda olish usuli; d) ijtimoiy 
boylikdagi ulushi bilan. Lekin bir qator guruhlar ham borki, ular sinflarga xos xususiyatlarga 
ega  emas  (ziyolilar,  byurokratiya,  lyumpenlar  va  boshqalar),  shunga  qaramay  ular  baribir 
ijtimoiy strukturaning elementi hisoblanadilar. 
Hozirgi  zamon  jamiyat  falsafasida  ijtimoiy  strukturani  o‘rganishda  straktifikatsiyaviy 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish