Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Jamiyatning siyosiy sohasi



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   290
Bog'liq
falsafa

3-§. Jamiyatning siyosiy sohasi 
 
Jamiyatning  siyosiy  sohasi  (yoki  sodda  qilib  aytganda  -  siyosat)  sotsium  tuzilmasining 
asosiy qismlaridan biridir. Keng ma'noda «siyosat» va «siyosiy soha» tushunchalari bir-biriga 
mos  keladi.  Tor  ma'noda  siyosat  deganda  odamlarning,  siyosiy  kuchlarning  hokimiyatga 
egalik qilishi, uni saqlab turish, mustahkamlash va amalga oshirishga qaratilgan ongli xatti –
harakati  tushuniladi.  Jamiyatning  har  bir  a'zosi  ma'lum  bir  darajada:  davlatning  fuqarosi 
sifatida,  siyosiy  partiya  yoki  ijtimoiy-siyosiy  tashkilotning  a'zosi  sifatida,  mehnat  jamoasi 
yoki jamoatning a'zosi sifatida siyosiy soha bilan bog‘liqdir. 
Yangi  davrgacha  falsafada  «ijtimoiy»  va  «siyosiy»  degan  tushunchalar  deyarli  sinonim 
so‘zlar degan nuqtai nazar mavjud edi, shunga ko‘ra, siyosiy soha umumiy ijtimoiy-falsafiy 
muammolardan  ajratilmas  edi.  Faqat  XVII-XVIII  asrlarga  kelibgina  siyosiylik  tushunchasi 
inson  faoliyatining  turli,  nisbatan  mustaqil  predmet  sohalaridan,  shu  jumladan  axloq, 
iqtisodiyot sohasidan farqli o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi ma'lum bo‘la boshlaydi.  
Turli  manfaatlarga  ega  bo‘lgan  ijtimoiy  guruh  va  jamoatlarning  shakllanishi  va  faoliyat 
ko‘rsatishi    ular  o‘rtasidagi  siyosiy  munosabatlarning  shakllanishida  muhim  bir  asosga 
aylanadi.  Antik  davrdan  beri  «siyosiylik»  so‘ziga  ta'rif  berishga  harakat  qilib  kelindi. 
Masalan,  Arastu  barcha  sohalar  orasida  siyosatga  qat'iy  ravishda  birinchilikni  bergan, 
jumladan,  «agar  barcha  bilim  va  san'atlarning  oxirgi  maqsadi  yaxshilik  bo‘lsa,  unda  barcha 
bilim va san'atlar orasida eng oliy yaxshilik siyosatning maqsadidir»
376
, deb baho bergan edi.    
Ko‘p  asrlar  davomida  Sharqda  ham  G‘arbda  ham  siyosatni  ijtimoiy-siyosiy  jihatdan 
tushunish  shakllanib  keldi.  Bunda  siyosat  asosan  ijtimoiy  jarayonlarni  boshqaradigan  soha 
sifatida  tushunildi.  Beruniyning  ta'kidlashicha,  «boshqarish  va  yetakchilik  qilish  –  bu 
boshqariladiganlarning tinchligi deb o‘z tinchligidan voz kechishdir… Ularning oilalari, mol-
mulklari va hayotlarini qo‘riqlash hamda himoya qilish uchun o‘z kuchini yo‘qotishdir».
377 
Siyosatning mohiyatini tushunishda Forobiy ham o‘z hissasini qo‘shgan. Siyosiy fanning 
predmeti sifatida u quyidagilarni aytib o‘tadi: a) turli guruhlarning ongli harakatlari, odatlari, 
                                                 
376
 Аристотель. Сочинения. Т.4. 467-б. 
377
 Беруни. Собрание сведение для познания драгаценностей. Минерология. М., 1963, 31-32-б. 


me'yorlari,  ko‘nikmalari  va  boshqalar;  b)  ularning  qanday  maqsadga  va  nima  uchun 
yo‘naltirilganligi;  v)  ularning  insonda  namoyon    bo‘lishining  shakl  va  usullari;  g)  ularning 
insonning xatti-harakatlarida mustahkamlashni boshqarishning usullari va yo‘llari.
378 
Siyosatning  mohiyatiga  oid  zamonaviy  falsafiy  qarashlarning  shakllanishida  J.Lokk, 
T.Gobbs, N.Makiavelli (1469-1527), Sh.Monteske, J.-J.Russo, G.Xegel, A.Tokvil, L.Feyerbax, 
K.Marks,  K.Popper  va  shu  kabi  mutafakkirlarning  g‘oya  va  ta'limotlari  muhim  ahamiyatga 
ega.  Shuning  uchun  ham  hozirgi  zamon  jamiyati  siyosat  sohasining  fundamental  asosi 
shakllanishida  va  ularni  asoslashda  bu  mutafakkirlarning  xizmatlari  kattadir.  Xususan, 
N.Makiavelli birinchilardan bo‘lib, siyosatning inson hayoti va jamiyatda alohida va mustaqil 
o‘rin  egallashini  aniq  asoslab  bergan.  Shuningdek,  T.Gobbsning  «Leviafan»i,  J.Lokkning 
«Davlatni idora etish haqidagi ikki risola»si, Sh.Monteskening «Qonunlarning ruhi haqida»gi 
asari,  J.J.Russoning  «Ijtimoiy  bitim  to‘g‘risida»gi,  Xegelning  «Huquq  falsafasi»  asari, 
I.Kantning  «Abadiy  dunyo  to‘g‘risida»gi  risolasi,  K.Popperning  «Ochiq  jamiyat  va  uning 
dushmanlari» asari va boshqalarning asarlarini yuqori baholash mumkin. 
Hozirgi  zamondagi  ijtimoiy-falsafiy  fikrlarga  binoan  siyosat  «davlat  hokimiyati  va  shu 
jamiyat  ichidagi  davlat  (shu  jumladan,  milliy  davlat)  tuzilmasi  bo‘yicha  katta  ijtimoiy 
guruhlar o‘rtasidagi, shu jumladan, xalqaro maydonda davlatlar o‘rtasidagi munosbaatlar»
379
 
sohasi  sifatida  tushuniladi.  Keng  ma'noda  jamiyatning  siyosiy  tizimiga  siyosiy  faoliyat, 
siyosiy  rejim,  siyosiy  nazariya  va  boshqalar  kiradi.  Tor  ma'noda  esa  siyosiy  soha  jamiyat 
siyosiy tizimining sinonimi sifatida tushuniladi. 
Jamiyatning  siyosiy  tizimi  sotsiumning  asosiy  qismi  hisoblanadi.  U  boshqa  tizimlar  – 
iqtisodiy,  mafkuraviy,  huquqiy,  ma'naviy  va  boshqa  tizimlar  bilan  o‘zaro  aloqadorlikda  va  
ta'sirda bo‘ladi. 
Muayyan jamiyatning siyosiy tizimi o‘zining ijtimoiy tabiati, ijtimoiy qurilishi, boshqarish 
shakli,  siyosiy  munosabatlarning  turi  bilan  belgilanadi.  Siyosiy  tizim  siyosiy  institutlar, 
ijtimoiy tuzilmalar, me'yorlar va qadriyatlarning majmuasidan iborat bo‘lib, siyosiy hukumat 
orqali  amalga  oshiriladi.  Siyosiy  tizim  turli  siyosiy  sub'ektlar  faoliyatlarining  uzluksizligini, 
ular  o‘rtasidagi  aloqani  va  muvofiqlashlarni  ta'minlaydi.  U  ijtimoiy  ziddiyatlar  va 
kelishmovchiliklarni  yechish  yo‘llarini  ko‘rsatib,  jamiyat  taraqqiyotiga  erishish  yo‘lida  turli 
ijtimoiy kuchlarni birlashtiradi. Siyosiy tizim sotsiumning maqsadga erishish resurslarini safar 
ettiruvchi va qarorlarni ishlab chiquvchi mexanizmdir. 
Jamiyat  siyosiy  tizimining  asosi,  poydevori  davlatdir.  Davlatning  asosiy  vazifasi  siyosiy 
hokimiyat  va  siyosiy  boshqarishni  ta'minlashdir.  Davlatning  asosiy  belgilari  sifatida  
quyidagilarni  ko‘rsatish  mumkin:  a)  boshqa  sotsiumlar  ustidan  oshkorona  hukmronlik;  b) 
suverenitet  –  ma'lum  hududlardagi  to‘liq  hukmronlik;  v)  hukmronlik  vakolatlari  amal 
qiladigan  hududning o‘zi (undan davlatni mamlakat deb tushunish kelib chiqadi); g) huquqiy 
hujjatlarni chop etish va ularning bajarilishini talab qilishga bo‘lgan mutlaq huquq; d) soliqlar 
va yig‘imlar undirish huquqi (davlat apparatini ta'minlash va boshqalar uchun)
380

Hozirgi  vaqtda  ko‘p  zamonaviy  davlatlar  hokiyamiyatni  bo‘lish  asosiga  qurilgan. 
Hokimiyatning uch tarmog‘i – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bir-birlariga 
halaqit  bermay,  bir-birlarining  ishlariga  aralashmay  o‘z  vazifalarini  bajaradilar.  Jamiyat 
siyosiy  tizimining  boshqa  elementlari  –  siyosiy  partiyalar,  ijtimoiy-siyosiy  tashkilotlar  va 
harakatlar  bilvosita  siyosiy  institutlar  deb  ataladi
381
.  Siyosiy  rejimlarning  demokratliligi 
oshishi  bilan  ularning  ahamiyati  ham  oshib  boradi.  «Siyosiy  boshqarish»  va  «ijtimoiy 
boshqarish»  tushunchalari  bir-biriga  o‘xshash  tushunchalardir,  lekin  aynan  emas.  Birinchisi 
                                                 
378
 Қаралсин: М.М.Хайруллаев. Философские и социологическин взгляды Фараби// материалы по 
истории общественно-философской мысли в Узбекистане. Т., 1977,  79-80-б. 
379
 С.Э.Крапивенский. Социальная философия. М., 1992, 191-б. 
380
 Қаранг: Н.Ф.Бучило, А.Н.Чумаков. Философия. М., 1998, 200-201-б. 
381
 Р.З.Жумаев. Политическая система республики Узбекистан: становление и развитие. Т., 1996, 101-б. 


davlatni  boshqarish  bilan  bog‘liq,  ikkinchisi  esa,  umuman  jamiyatni  boshqarishni  anglatadi. 
Davlat va hokimiyat bir-biri bilan birlashib, ajralmas bo‘lib ketgan totalitar va avtoritar rejim 
sharoitlari  davrida  bu  ikki  tushuncha  bir  xil  ma'noni  anglatishi  mumkin  va  ular  o‘rtasidagi 
tavofutni anglash qiyin. 
Demokratik taraqqiyot sharoitida  fuqarolik jamiyati, ya'ni sotsiumning davlat tomonidan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri  va  bevosita  boshqarilmaydigan  qismi:  kasaba  va  ijodiy  uyushmalar, 
nosiyosiy  jamoat  tashkilotlari  (yoshlar,  ayollar,  faxriylar  tashkilotlari,  ekologik  va  xayriya 
tashkilotlari va boshqalar), turli qiziqishlar bo‘yicha tuzilgan jamiyatlar va klublar, cherkov, 
xalq harakati va hokazolar muhim rol o‘ynaydi. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati  – bir-
biriga  qarshi  turuvchi  antitezalar  emas,  balki  demokratiya  sharoitida  jamiyatning  siyosiy 
tizimining o‘zaro aloqador va o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi qismlaridir. 
Keng qabul kilingan fikrlarga ko‘ra, bugungi kungi demokratiya – jamiyat ijtimoiy-siyosiy 
tuzilishining  –  eng  oliy  va  eng  yaxshi  shaklidir.  Tarixiy  tajriba  va  ilmiy  nazariyalar 
demokratik  jamiyatning  asosiy  umumiy  tamoyillarini  ta'riflab  berganlar:  erkin  fikr  bildirish, 
kamchilikning  ko‘pchilikka  bo‘ysunishi,  barcha  fuqarolarning  deklaratsiya  qilingan 
tenghuquqliligi,  ularning  jamiyat  va  davlatni  boshqarishdagi  teng  huquqliligi.  Asosiy  davlat 
organlarining  saylanishi,  ularning  saylovchilar  oldida  hisobot  berishi,  tayinlash  yo‘li  bilan 
shakllantirilgan davlat organlarining saylov muassasalari oldida hisobot berishi va boshqalar 
ham  asosiy tamoyillardan hisoblanadi. Lekin ko‘rsatib o‘tilgan prinsiplarning amalga oshishi 
har  bir  muayyan  davlatning  sivilizatsiyaviy,  mintaqaviy,  milliy  xusuiyatlariga  va  muayyan 
vaziyatiga bog‘liq bo‘ladi.  
Hozirgacha  keng  tarqalgan  fikrlar  borki,  ularga  asosan  demokratiya  –  mutlaqo  g‘arb 
an'analariga  asoslangandir.  Sharq  jamiyatlarini  demokratlashtirish  esa,  g‘arb  demokratik 
qadriyatlarini yangi zaminga ko‘chirish demakdir, degan fikrlar ham bor. Lekin bunday ta'kid 
ob'ektiv  asosga  ega  bo‘lmagan,  tarixiy-siyosiy  jarayonlarga  yevropotsentrik  qarashlardan 
boshqa narsa emas. Hozirgi zamon hind faylasuflaridan Daya Krishna 1995 yilda Gonoluluda 
o‘tkazilgan  faylasuflarning  VII  konferensiyasida  o‘zining  «Demokratiya  va  adolatlilik: 
nog‘arbcha nuqtai nazardan falsafiy mushohadalar» mavzusidagi ma'ruzasida shunday deydi: 
«Agar  demkoratiyani  mansabini  suiiste'mol  qilish  va  zo‘ravonlikka  qarshi  institutsiyaviy  va 
prossetsual tayanchni yaratish deb tushunilsa, unda qadimgi davrdan to hozirgacha u Sharq va 
G‘arb  siyosatdonlarning  fikrini  bir  xilda  band  qilib  kelgan.  Faqatgina,  u  yoki  bu 
madaniyatning  qadriyati  bo‘lgan  demokratiyaga  erishishning  «strategiyasi»  (yo‘li)  turlicha 
bo‘lgan»
382
.    Masalan,  hind  gandizmi  doktrinasiga  ko‘ra  demokratik  ruh  tashqaridan  olib 
kirilmaydi,  ichki  sharoitdan  kelib  chiqishi  kerak.  Demokratiya  «hokimiyatning  axloqiy 
avtoritetida»  mavjud  bo‘ladi.  Erkinlik  bilan  ijtimoiy  burchning  eng  yaxshi  uyg‘unligi  o‘z-
o‘zini  boshqarish  (svaraj)  va  zo‘ravonlik  qilmaslik  yo‘li  bilan  amalga  oshiriladi.  Yoki 
bo‘lmasa,  xitoycha  demokratiya  modellaridan  biri  konfutsiylik  demokratiya  boshqaruvchi, 
hokimiyat  tepasida  turuvchi  shaxslarni  shakllantirishga  katta  ahamiyat  beriladi.  Xalq 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarishga qodir bo‘lmaganligi uchun hokimiyatni o‘z vakillariga elitaga, 
liderlarga  (ideal  shaxsga)  topshiradi.  Ushbu  yetakchi  shaxslarning  asosiy  xislatlari  yuqori 
ahloqiy sifatlaridadir. 
Hozirgi  zamonaviy  mamlakatlarning  nafaqat  nazariyasida,  balki  amaliyotida  ham  sharq 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish