Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   290
Bog'liq
falsafa

demokratiyasining  xususiyatlarini  ko‘ramiz.  Masalan,  Yaponiya  va  Turkiyada  demokratik 
rejim  o‘rnatilganligi  to‘g‘risida  so‘z  borar  ekan,    ularning  iqtisodiy  va  boshqa  yutuqlari 
zamirida o‘rta asrlardan buyon saqlanib kelayotgan qattiq ierarxal tuzilmalar yotganini ko‘rish 
mumkin.  
O‘zbekistonda  demokratik  huquqiy  davlatni  shakllantirishda  g‘arbga  xos  demokratik 
qadriyatlarni  tatbiq  etishda  shuni  e'tiborga  olinadiki,  birxillari,  masalan,  kishilarni  siyosatga 
                                                 
382
 Справедливость и демократия в качестве диалога культур// Вопросы философии. 1996, №3 


haddan  ziyod  aralashuvi  va  individualizm  bizga  mos  kelmaydi:  boshqalarini  qabul  qilish 
uchun esa hali sharoit va xalqning ongi yetarli shakllanmagan; uchinchilari esa muvaffaqiyatli 
ravishda  hayotga  tatbiq  etilmoqda.  Bunda  sharqona  ruh,  milliy  mentalitet  va  mamlakatdagi 
muayyan-tarixiy sharoit hisobga olinadi. 
Umuman olganda, yangi siyosiy tizimning shakllanishida nafaqat sobiq sotsialistik makon  
tugatilgandan so‘ng paydo bo‘lgan mustaqil davlatlarda yuz berayotgan umumiy jarayonlarni 
hisobga  olish,  balki  faqat  O‘zbekiston  uchun  xos  bo‘lgan  xususiyatlarga  ahamiyat  berish 
kerak.    Bu  xususiyatlarni  uch  xil  darajada  bo‘lganligini  bosqichga  ajratish  mumkin: 
sivilizatsion,  hududiy  va  milliy.  Birinchisida  sharq  sivilizatsiyaning  xususiyatlari,  sharq 
madaniyati, G‘arb demokratiyasidan farqli bo‘lgan sharq demokratiyasi nazarda tutiladi. Bu, 
masalan, ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda, shu jumladan, siyosiy sohada ham «yangi 
shaklga  o‘tishda  muvozanatni  saqlab,  shoshilmasdan,  ehtiyotkorlik  bilan  olib  borishda 
namoyon  bo‘ladi.  Demokratiyaning  g‘arbiy  namunasini  qabul  qilish  esa,  agar  ular 
umuminsoniy  qadriyatlarni  mujassamlashtirgan  bo‘lsa,  fuqarolarning  uni  qabul  qilishga 
tayyorligiga qarab sekin-asta ro‘y beradi.  
Hududiy  xususiyatlarga  kelsak,  ularga  Markaziy  Osiyoga  xos  bo‘lgan  paternalizm  bilan 
bog‘liq  bo‘lib,  u  esa,  hokimiyatga  hurmat,  qonunlarga  itoat  qilish  va  boshqalardan  iborat. 
O‘zbekiston Respublikasida o‘tish davrida, kuchli hokimiyat o‘rnatish shu bilan ham bog‘liq. 
Bu  konkret  holda,  masalan,  hokimlarni  joylarda  ijro  etuvchi  va  qonun  chiqaruvchi 
hokimiyatni  birlashtiruvchi  hokimlar  institutining  tiklanishida  namoyon  bo‘ldi.  Va  nihoyat, 
tariximiz, an'analar va urf-odatlarimiz milliy o‘ziga xoslik ham mavjud. Bunga mahallalarga 
o‘zini-o‘zi  boshqarish  huquqi  berilishi,  mahallaning  davlat  tuzilmasining  elementi  ekanligi, 
unga  davlat  maqomi  berilishi,  uning  o‘z  hududida  tartib  va  intizom  o‘rnatishi,  xo‘jalik  va 
maishiy  masalalarni  o‘zi  hal  qilishi  va  yana,  masalan,  kam  ta'minlangan  va  ko‘p  bolali 
oilalarga  ijtimoiy  yordam  berishi  ham  kiradi.  Va  nihoyat,  muayyan  sharoitlar  hisobga 
olinadigan  bo‘lsa,  xususan,  ichki  siyosatda  –  islohotlar  uchun  sharoitlarning  yetilgan-
yetilmaganligi,  xalqning  turmush  darajasi  pastligi,  tashqi  siyosatda  chegaradosh 
mamlakatlardagi  vaziyat  (masalan,  Afg‘oniston)  shular  jumlasidandir.  Shu  munosabat  bilan 
mustaqillikka  erishilgandan  so‘ng  O‘zbekistonda  siyosiy  tizimning  shunday  varianti  qabul 
qilindiki,  bunga  asosan  demokratik  institutlar  –  parlament,  ko‘ppartiyaviylik  asosida 
shakllangan  tizimlar  –  prezidentlik  vertikalning  boshqa  barcha  siyosiy  institutlaridan 
ustuvorligi bilan hamohangdir. 
Albatta,  o‘ziga  xosliklar  yaqqol  ko‘rinib  turibdi,  lekin  gap  faqat  ularda  emas. 
Demokratlashtirish  jarayoni  hali  tugallanganicha  yo‘q,  u  shakllanishda  davom  etayapti.  Bir 
qancha  muammolar,  kamchilik  va  yetishmovchiliklar,  xususan,  amaliy  erkin  muxolifatning 
shakllanishidagi  ommaviy  axborot  vositalarining  «to‘rtinchi  hokimiyat»ga  aylanishidagi  
qiyinchiliklar va boshqalar mana shu ob'ektiv va sub'ektiv omillar bilan izohlanadi». 
Umuman  olganda,  mustaqillik  yillarida  asosan  milliy  davlatchilikning  asosiy  belgilari, 
Yangi siyosiy tizimi – davlatning huquqiy asoslari shakllandi; O‘zbekiston Respublikasining 
demokratiyaning  hamma  talablariga  javob  beruvchi  Konstitutsiyasi  qabul  qilindi; 
ko‘ppartiyaviy-lik  asosida  parlament  –  Oliy  Majlis  saylanadi,  hokimiyatining  bo‘linishi 
konstitutsiyaviy  prinsipi  amalga  oshirildi;  hokimiyatning  ijro  etuvchi  va  sud  tarmoqlari 
shakllantirildi. Demokratik andozalarni chuqurlashtirish va davlat boshqaruvi hamda jamiyat 
qurilishda  qo‘llash  maqsadida  2002  yilning  yanvarida  o‘tkazilgan  referendum  va  Oliy 
Majlisning  XI  sessiyasida  qabul  qilingan  konstitutsiyaviy  qonunlar  asosida  Oliy  Majlisning 
maqomi va vakolatlariga Prezidentning, Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga va saylov tizimiga 
o‘zgarishlar kiritildi. Bir palatali Oliy Majlis o‘rniga ikki palatali parlament – yuqori palata, 
Senat  (o‘z  tarkibiga  hududlardagi  sub'ektlardan  –  Kengashlardan  saylangan  deputatlarni 
birlashtiruvchi  vakillik  organi)dan  va  partiya  ro‘yxatlari  bo‘icha  hamda  o‘z  nomzodini  o‘zi 
ilgari  surish  yo‘li  bilan  saylanadigan  Qonunchilik  palatasidan  iboratdir.  Prezident 


vakolatlarini  bir  qismi,  birinchi  navbatda  davlat  sud  tuzilmalari  va  maxsus  xizmatlarga 
taalluqli,  shuningdek,  tashqi  diplomatik  vakillarni  tanlash  va  tasdiqlash  vakolatlari  ham 
Senatga  topshirildi.  Quyi,  Qonunchilik  palatasining  faoliyati  sessiya  oralig‘ida  faoliyat 
ko‘rsatish  tartibidan  doimiy  asosda  ishlashga  o‘tkaziladi.  Bu  va  boshqa  o‘zgarishlar  yanada 
mukammal  demokratik  jamiyatni  shakllantirishga  va  hokimiyat  tuzilmalarining  yanada 
mukammal  mutanosiblashuviga,  davlatni  boshqaruvi  va  jamiyat  qurilishidagi  demokratik 
islohotlarni o‘tkazishni yanada chuqurlashtirishni taqozo etadi. O‘zbekiston fuqarolik jamiyati 
qurishni maqsad qilib olgan, kelgusida davlatni boshqarishdagi ko‘p vazifalar xalqning o‘ziga 
o‘tkaziladi, faqat ichki va tashqi siyosat, umummilliy strategik vazifalarini ishlab chiqish va 
amalga oshirish bularga kirmaydi. 
 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish