barchasi o‘z yaratuvchisi tomonidan ato etilgan ba'zi tabiiy begonalashmaydigan huquqlardan
bahramanddirlarki, ular qatoriga: hayot, ozodlik va baxt-saodatga intilish taalluqlidir»
391
.
Ana shunday qoidalarni fransuz Deklaratsiyasida ham topish mumkinki, unda quyidagilar
qayd etilgan: «1. Odamlar ozod bo‘lib tug‘iladilar va shunday bo‘lib qolib, huquqda bir-birlari
bilan tengdirlar. 2. Har qanday davlat ittifoqining maqsadini insonning tabiiy va undan
ajralmas huquqini ta'minlash tashkil etadi. Shundaylar jumlasiga ozodlik, mulk, xavfsizlik va
zulmga qarshilik ko‘rsatish kiradi»
392
.
Huquqning jamiyat tizimidagi o‘rni, mavqyei va ahamiyatini tushunishda turlicha
yondoshuvlar mavjud. Ba'zi faylasuflarning nuqtai nazaricha, huquqiy munosabatlar ijtimoiy
munosabatlarning mustaqil turi sifatida namoyon bo‘ladi, huquq doirasi esa – jamiyat
tarkibida mustaqil soha sifatida maydonga chiqadi. Boshqa bir faylasuflarning nuqtai
nazaricha, «huquq ijtimoiy munosabatlarning mustaqil ko‘rinishi bo‘lmasdan, balki shunday
shaklki, unda barcha boshqa munosabatlar (iqtisodiy, siyosiy, oilaviy va hokazo) o‘zlarini
qonunlashtiradilar (e'tirof
etadilar, tan oladilar)»
393
.
Huquq jamiyat hayotining barcha tomonlari bilan chambarchas bog‘langan: iqtisod,
siyosat, axloq va hokazo. Masalan, axloq va huquq shu jihatdan bir-birlari bilan
bog‘liqdirlarki, ular inson xatti-harakati va jamiyatning me'yoriy tizimida tartibga soluvchi
sifatida maydonga chiqadilar. Ular o‘rtasidagi tafovut shundan iboratki, huquqiy me'yorlarni
bajarishni ta'minlashga davlat javob bersa, axloqiy me'yorlarni ta'minlashga jamiyat
a'zolarining barchasi to‘laligicha mas'uldir.
Shuni qayd etish lozimki, huquq tushunchasining o‘zi qotib qolgan, o‘zgarmas narsa
bo‘lmasdan, harakatdagi, rivojlanib borayotgan tushunchadir. U muayyan tarixiy davr
doirasida harakatda bo‘lgan ijtimoiy sharoitlarning ifodasidir. Huquq siyosat, iqtisod,
madaniyat, ilm-fan, urf-odatlar, an'analar, diniy e'tiqodlar, hatto milliy o‘ziga xosliklar bilan
chambarchas bog‘langan ijtimoiy munosabatlarning butun tizimi bilan aloqadordir.
Hozirgi davrda demokratlashtirish jarayonlari, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo
qilish munosabati bilan huquqning roli va ahamiyati oshib bormoqda. Ijtimoiy
munosabatlarga ta'sir o‘tkazishda birlamchilik huquqini har qanday qonun emas, balki
ijtimoiy taraqqiyotning ob'ektiv ehtiyojlarini ifoda qiluvchi, mavjud tashkil topgan ob'ektiv
me'yorlarni fuqarolarning shaxsiy ozodligini buzmaydigan, huquq qoidalari va axloqiy
qadriyatlar tizimiga muvofiq keluvchi, huquqiy mazmunga ega bo‘lgan qonungina kasb
etilishi lozim. Huquqiy fuqarolik jamiyatida o‘zboshimchalik va zo‘ravonlikka yo‘l
qo‘yuvchi, fuqarolarning huquq va ozodliklarini kamsituvchi, huquqqa zid keluvchi
qonunning amalda bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Jamiyat qanchalik ko‘proq demokratik
bo‘lsa, huquq o‘zining asosiy vazifasi bo‘lgan-ijtimoiy munosabatlarning tartibga soluvchilik
vazifasini shunchalik ko‘proq darajada ijro etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: