nazariya, bu - faqat ishonchli bilimgina emas, balki ob'ektiv qonunlarni bilishdir.
Faktlarni aniq bilishdan, hodisalarni, empirik tasvirlashdan farqli o‘laroq,
nazariya mavjud faktlarni tushuntirish funksiyasini bajaradi. Nazariya shunday izoh beradiki,
bunga ko‘ra mavjud faktlarni muayyan soha qonunlari va boshqa muhim aloqalarining
mantiqan zarur oqibati deb tushunish, ya'ni hodisa va voqyealarni tasodif deb emas, balki
ob'ektiv, zarur va qonuniyatli munosabatlarning namoyon bo‘lish formasi deb tushunish
mumkin bo‘ladi. Ilmiy nazariya nisbatan birbutun konseptual tizim sifatida ko‘rinadi.
Nazariya doirasida fan tushunchalari va qonunlarining tabiati ham ochiq-oydin ko‘rinadi.
Har bir ilmiy nazariya avval-boshdanoq turli ob'ektlar yoki vaziyatlarni ideallashtirib
tuziladi. Nazariya tuzilishining o‘zi real voqyelikni muayyan tarzda soddalashtirishni
ko‘zlaydi. Ideallashtiruvchi, soddalashtiruvchi sharoitlarni yo‘q qilib borish, bu – bizni
dunyoni to‘la aks ettirishga yaqinlashtiradigan, ammo hyech qachon bunga erisha
olmaydigan cheksiz jarayondir. Ob'ektiv, absolyut va nisbiy haqiqatlar dialektikasi
nazariy bilimga xosdir. Ilmiy nazariyani ideal ob'ektlarning murakkab tizimi deb
tasavvur qilish mumkin, chunki bu tizim tegishli voqyelik fragmentining o‘ziga xos
modelidir. «Har qanday model singari matematik model ham, - deb yozadi akademik N. N.
Moiseev, - u yoki bu jarayon yoki hodisa haqida tasavvur beradi. Modellarni tadqiq etish,
tahlil qilish bizni ular haqida praktika uchun zarur bo‘lgan yangi bilimlar bilan
ta'minlaydi»
323
.
Ilmiy nazariya sistemalashtirilgan xarakterga ega bo‘lib, konseptual tizimni ifodalaydi.
Uning boshlang‘ich elementlari muayyan tushunchalar, ular o‘rtasidagi nisbatlar va
konstantalardir. Fan qonunlari bu tushunchalar tizimlarini birbutun holga keltiradi va tartibga
soladi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, fan qonunlari tegishli nazariy tizimlar tuzilmasini
aks ettiradi. Shunga muvofiq, nazariya, bir tomondan, o‘z predmetiga tegishli qonunlar (agar
ular kashf etilgan bo‘lsa) asosida yaratiladi, ikkinchi tomondan, yangi qonunlar kashf
etilishiga olib boruvchi tadqiqotlarga yo‘llanma beradi.
Nazariya nafaqat bilimlar yig‘indisi, balki bilimlar tuzilishining, nazariy bilimni
boyitishning muayyan mexanizmini o‘z ichiga oladi; ayrim tadqiqot dasturini gavdalantiradi,
bu esa nazariyaga yagona bilim tizimi sifatida birbutunlik baxsh etadi. «Nazariyaga kelganda,
- deb ta'kidlaydi Lui de Broyl, - uning vazifasi olingan natijalarni tasniflash va sintezlashdan,
ularni oqilona tizimga solishdan iboratki, bu ma'lum narsani talqin qilishgagina emas, balki
hali ma'lum bo‘lmagan narsani imkon qadar oldindan ko‘rishga ham imkon beradi»
324
.
Biz yuqorida aytganimizdek, fan hodisalarni izohlaydi, ularning mohiyatini ochib beradi
va, demak, ularni tushunarli qiladi. Izohlash – hodisalar mohiyatini tushuntirish, ya'ni nima
uchun hodisa shundayku, boshqacha emas degan savolga javob berishdir. Fanda izohlashning
turli xillari: sababli, oqibatli (funksional), tuzilmaviy va boshqa xil izohlar ma'lum,
bular mohiyatni ochish yo‘lidagi bosqichlardir, uning ayrim tomonlarini ochib beradi.
Ob'ektning muhim xossalarini ochish – bu uning tuzilishi va funksiyasi muayyan qonunlarga
bo‘ysunishini ko‘rsatishdir.
Nazariyaning boshqa bir muhim funksiyasi – oldindan aytish, bashorat qilish – uning
izohlovchi funksiyasi bilan uzviy bog‘liqdir. U yoki bu qonunni aniqlash ko‘pincha
cheklangan – ham empirik, ham nazariy – bazisga asoslanadi. Uzuq-yuluq, chala-chulpa
ma'lumotlarga tayanib narsalarning mohiyatiga kira olishda ham ilmiy faraz kuchi namoyon
bo‘ladi. Shunga muvofiq ayrim o‘zaro aloqalarni aniqlash bu qonunni kashf etish
uchun imkoniyat ochib beradi. Yangi kimyoviy elementlarni, Neptun planetasini, ko‘pdan-
ko‘p elementar zarralar va ularning xossalarini oldindan aytish va fanning boshqa
ko‘pgina kashfiyotlari nazariyaning oldindan aytuvchilik funksiyasining ulkan ahamiyatini
xarakterlab beradi.
Qurshab turgan dunyo empirik bilishda ayrim faktlarning, fragmentlarning majmui
sifatida ko‘rina boshlaydi. Ayni bir jarayon ko‘pincha o‘z rivojining turli bosqichlarida turli
empirik qonunlar bilan tasvirlanadi. Ayni bir jarayonni izohlovchi tarqoq empirik
qonunlarni unifikatsiya qilish uchun ularni avvaliga faraz va gipoteza shaklida
ko‘ringan abstrakt nazariy qoidalar bilan bog‘lamoq zarur. Fanning keyingi rivoji
aniqlangan empirik qonuniyatlarni izohlashga, fundamental prinsiplar tizimini aniqlashga
ehtiyojni tug‘diradi, bular voqyelikning tekshirilayotgan sohasidagi hodisalarning barcha
kuzatilayotgan turli-tumanligini yagona nuqtai nazardan izohlashga va mavjud bilimni ham,
yangidan egallanadigan bilimni ham yagona tizilmaga birlashtirishga imkon beradi. Bu
maxsus tushunchalar, nazariy konstruktlar, ideallashtirilgan ob'ektlarni ishlab chiqishni talab
qiladi.
323
Н. Н.Моисеев. Человек, среда, обшество. М.,1982. 23-б.
324
Луи де Бройль. По тропам науки. М., 1962. 162-б.
VSh Bo‘lim. TeXNIKA FALSAFASI
Do'stlaringiz bilan baham: |