makro va mikrodunyolar bir-biriga bog‘liqdir va ularning birligi korpuskulyar-to‘lqinli
dualizmda ifodalanadi. Mikrojarayonlarning ushbu xususiyatini ifoda etish borasida
V.Geyzenberg «nomuayyanlik nisbati» deb atalgan nisbatni kashf etgan.
Nazariy tafakkurning asosiy formalari orasida eng dastlabki va asosiy formasi
tushunchadir. Tushunchalarning tabiati, ularning ilmiy bilishdagi roli to‘g‘risidagi
masalaning yechimini bilib olmay turib, fan taraqqiyotining qonuniyatini, uning metodini,
fikrlash usulini chuqur tushunib bo‘lmaydi.
Tushuncha predmetning muhim umumiy, zarur aloqalarini va xossalarini aks ettiradi.
Inson tafakkur yordamida yagona narsalardan umumiy va muhim tomonlarini ajratib olishi
mumkin. Tushunchalarda aks etadigan mohiyatni (umumiyni, zaruriyni va muhimni) bilish
asosida kuzatiladigan sohadagi voqyealarning xususiyatini tushunish mumkin.
Tushunchalar, voqyelik hodisalari singari, doimiy rivojlanish jarayonida bo‘ladi.
Tushunchalar o‘zlari aks ettirgan ob'ektlarning o‘zi bitmas-tuganmasligi hamda doimiy
rivojlanish va o‘zgarishda bo‘lganligi uchungina emas, balki ijtimoiy-tarixiy faoliyat
rivojlanganligi uchun ham o‘zgaradi, shu faoliyat asosida tushunchalar paydo bo‘ladi.
Voqyelikning harakatini faqat rivojlanayotgan tushunchalardagina ifodalash mumkin.
Dialektikada tushunchalarning o‘zgaruvchanligi ularning barqarorligi bilan uyg‘unlashadi.
Bularning hammasi o‘zaro bog‘liq tomonlar bo‘lib, bularsiz ilmiy tushuncha yo‘q. Fanning
rivojlanishi ko‘rsatadiki, eski tushunchalarning yemirilishi va yangilarining paydo bo‘lishi
yagona jarayondir: eski tushunchalar o‘ziga xos relyativizatsiyaga, nisbiylashuvga uchraydi
va yangi tushunchalar jihatlariga aylanadi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, eski
tushunchalar imorat qurilayotgan maydonda yordamchi havoza yog‘ochlar rolini o‘ynaydi:
ular imoratlarning arxitekturasiga kirmaydi, va tayyor bino bu havozalardan bo‘shatilishi
kerak bo‘ladi. Albatta, yangi tushunchalar qandaydir ma'noda eski tushunchalarning
rivojlanishi bo‘ladi, yangilarni eskilarning davomchilari deb bilish mumkin. Yangi nazariya
odatda eski g‘oyalar va tushunchalarning yangi faktlarga oddiy moslashuviga qaraganda
ancha ko‘p narsani o‘z ichiga oladi, demak yangi nazariyani to‘la tushunish uchun undagi
haqiqatda bor bo‘lgan yangi g‘oyalarga asoslanish, eski boshlang‘ich g‘oyalarga faqat tarixiy
nuqtai nazardan qarash zarur. Bu yangi
nazariyada bo‘lgan yangi g‘oyalarni ajrata
bilish nazariya taraqqiyotining muhim bosqichidir.
Ilmiy tushunchalar yangi nazariya doirasida sharhlanganda ham yangi ma'no va
mazmunga ega bo‘ladi. Masalan, nazariya yaratuvchi olim istasa-istamasa uning dastlabki
tushunchalaridan foydalanishga, demak, ularni tegishli tarzda talqin qilishga majbur. Shu
bilan birga, fan
tarixi guvohlik berganidek, ilmiy nazariyaning asos soluvchi g‘oyalari
nazariya yaratish vaqtida kamdan -kam to‘g‘ri talqin qilinadi. Ko‘pincha ularning
dastlabki talqini noaniq va hatto noto‘g‘ri bo‘ladi, lekin ayni vaqtda u nazariyani ishlab
chiqishdagi dastlabki qadam sifatida tarixan muqarrardir. U ilmiy nazariyaning
qurilish havoza materiallari elementidir.
Do'stlaringiz bilan baham: