vositasidir. Gipoteza esa u yerda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsani tasavvur qilishning
birdan bir usulidir.
Gipoteza, bu – farazdir. Faraz to‘g‘ri va yanglish bo‘lishi mumkin. Gipoteza
asoslash mexanizmi nuqtai nazaridan ham farazdir: faraz induktiv tarzda
(faktlardan) ham, deduktiv tarzda ham chiqarilmaydi. Gipoteza, shunday qilib, alohida
gnoseologik fenomendir. Aslida, har qanday tadqiqot, birinchi navbatda, fan oldiga
qo‘yiladigan problemalarni hal etishdir. Bu problemalarni gipotezalarsiz hal etib
bo‘lmaydi, zero ular tegishli faktlarni sinash uchun muayyan nazariy tizim
asosida
taxminiy izohlashga urinadi. Shuning uchun aytish mumkinki, umuman
fandagi tadqiqot jarayoni gipotezalarni ilgari surish, baholash, tanlash, ishlab chiqarish va
asoslashdan iborat.
Bu umumiy tadqiqot jarayonida gipotezalar ishlab chiqish, baholash va saralash
bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi izlash bosqichi alohida muhim ahamiyat kasb etadi. U butun
tadqiqotning eng muhim va ijodiy qismidir. Gipotezalarni
asoslash, tekshirish va tasdiqlash
bosqichi ko‘pincha gipotezalardan mantiqiy xulosalar chiqarishdan hamda ularni
mavjud empirik faktlar va ma'lumotlar bilan taqqoslashdan iborat bo‘ladi. Tekshirish
imkoniyati nazariyaning tajriba bilan taqqoslana olish imkoniyatidir, ya'ni
gipoteza
hodisalarning bevosita kuzatib bo‘lmaydigan ayrim asoslari to‘g‘risidagi tahmindir va undan
chiqarilgan natijalarni tajriba bilan taqqoslash yo‘li bilangina tekshirib ko‘rilishi
mumkin. Ayrim hollarda masalan, mavjud o‘lchov vositalarining yetarlicha aniq
bo‘lmasligi yoki tekshiruv eksperimenti o‘tkazish uchun zarur sharoit yo‘qligi
sababli aktual tekshirish imkoniyati bo‘lmasligi mumkin. Biroq loaqal tekshirishning
prinsipial imkoniyati albatta bo‘lmog‘i kerak.
Gipoteza qilish qobiliyati inson tafakkurining ijodiy kuchidan dalolat beradi.
Biroq har qanday faraz yoki oddiy gumon, ilmiy gipoteza bo‘la olmaydi, chunki bema'ni,
jiddiy asosi bo‘lmagan fantastik tahminlar ham bo‘lishi mumkin. Tahmin ilmiy gipoteza
bo‘lishi uchun bir qator shartlarni qondirishi: ilmiy dunyoqarash prinsiplariga asoslanishi; fan
aniqlagan qonunlarni hisobga olishi, ya'ni e'tirof etilgan ilmiy nazariyalarga mos kelishi;
muayyan sohada mavjud bo‘lgan faktlarga tayanishi, ularni izohlab berishi va yangi faktlarni
bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Ilmiy gipoteza oldiga qo‘yilgan
muhim talab uni amaliy, eksperimental va umumiy empirik tekshirib ko‘rish mumkin
bo‘lishligidir. Gipoteza yagona prinsipga asoslangan holda barcha aniqlangan
faktlarni qo‘shimcha tahminlarsiz izohlashga layoqatli bo‘lishi kerak. Bu talab
dunyoning birligi to‘g‘risidagi dialektik prinsipga muvofiq keladi.
Gipoteza praktikada tasdiqlang ach, u ishonchli nazariyaga aylanadi. Lekin
Do'stlaringiz bilan baham: