miqdoriy nisbatlar aniqlandi va burchaklarning sinuslari bilan sinish koeffitsientlari
o‘rtasidagi funksional aloqa topildi. Eksperiment ilmiy bilimlarni isbotlash va rivojlantirish
vositasidir.
Shunday qilib eksperiment, bu –
bilimga ega bo‘lish maqsadida amalga oshiriladigan
faoliyat turi bo‘lib, o‘rganilayotgan ob'ektga maxsus asbob-uskunalar vositasida ta'sir
ko‘rsatishdan iborat. Shu tufayli: o‘rganilayotgan ob'ektni uning mohiyatini xiralashtirib
qo‘yuvchi qo‘shimcha hodisalar ta'siridan holi qilish va uni sof holda o‘rganish; jarayonning
borishini qat'iy belgilangan hamda nazorat qilish va hisobga olish mumkin bo‘lgan sharoitda
ko‘p marta takrorlash; ko‘zlangan natijaga erishish uchun turli ta'sir va sharoitlarni reja bilan
o‘zgartirish, birlashtirish va o‘lchash mumkin bo‘ladi. Empirik tadqiqot kuzatuv va
eksperimentning yangi ma'lumotlarini aniqlab, nazariy tadqiqotni kuchaytiradi, uning oldiga
yangi vazifalar qo‘yadi.
Har qanday
nazariya, bu – faktlarni ishonchli tarzda bilishgina emas, o‘rganilayotgan
hodisalarning empi-rik ta'rifigina emas, u bu
faktlarni tushuntirish funksiyasini ham
bajaradi.
Gipotezalardan farqli o‘laroq, nazariya to‘g‘ri va asosli tushuntirish imkonini
beradi. Nazariya mavjud va aniqlangan faktlarni muayyan sohadagi qonunlar va boshqa
mavjud aloqalarning mantiqan zarur oqibati sifatida tushuntiradi. Ya'ni nazariyada bizni
qurshab turgan hodisalar va voqyealarni tasodiflar tartibsizligi deb emas, balki ob'ektiv zarur
va qonuniyatli munosabatlarning ko‘rinish va mavjud bo‘lish shakli sifatida izohlash mumkin
bo‘ladi.
Bundan tashqari,
oldindan aytish, ilmiy bashorat qilish ilmiy nazariyaning muhim
funksiyasidir. O‘tmishni va hozirni tushunishga, yig‘ilgan va ma'lum faktlarning mohiyatini
fahmlashga imkon beradigan tushuntirishdan farqli o‘laroq, ilmiy bashorat yordamida
kelgusidagi taraqqiyotning asosiy tendensiyalari va istiqbollarini ochib berish mumkin.
Bashorat qilish uchun foydalaniladigan qonunlar «dinamik», ya'ni voqyealar borishini bir
ma'noda determinlashtiruvchi bo‘lsa, bir ma'noli bashoratni amalga oshirish mumkin.
Voqyealar sodir bo‘lishining u yoki bu ehtimolini belgilovchi «statistik» qonunlar asosida
bashorat qilinsa unda ehtimoliy bashorat amalga oshirilgan bo‘ladi.
Shunday qilib,
nazariya, bu – muhim munosabatlar va qonunlarni bilish asosida ob'ektiv
Do'stlaringiz bilan baham: