Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   290
Bog'liq
falsafa

3-§. Intuitiv bilish 
 
Insonning  olamni  bilish  jarayoni  uning  sezgilari  va  ongi  zo‘r  berib  ishlashini  talab 
qilibgina  qolmasdan,  uning  uzluksiz  qizg‘in  g‘ayrishuuriy  faoliyat  ko‘rsatishini  ham  taqozo 
etadi.  Insonning  g‘ayrishuuriy  bilish  faoliyati  intuitiv  bilish  nomini  oldi,  intuitsiyaning  o‘zi 
esa  -  bu  bilish  ob'ektining  muayyan  sharoitda  boshqacha  yo‘l  bilan  asoslab  berish  mumkin 
bo‘lmagan  xossalarini  bevosita,  g‘ayrimantiqiy  tarzda  haqiqat  deb  bilishdir.  Intuitsiya  sezgi 
va aql harakatiga qarshi turmaydi, balki bilishning xissiy va ratsional jihatlari bilan birgalikda 
chiqib ularni to‘ldiradi. 
Inson  biron-bir  hodisani  g‘ayrishuuriy  tarzda  oldindan  sezgan  oddiy,  kundalik  hayotda 
ham,  olim  bilib  olinmagan  jabhada  uzoq  vaqt  adashib  toliqib  yurganidan  keyin  to‘satdan 
uning ko‘z o‘ngida yorishishinsayt sodir bo‘lib, shu asnoda ilmiy kashfiyot yuzaga keladigan 
ilmiy-tadqiqot  faoliyatida  ham  intuitsiyaning  roli  juda  kattadir.  Akademik  N.N.Moiseev 
hozirgi  ilmiy  bilishda  intuitsiyaning  roliga  yuqori  baho  berib,  mantiqiy  va  matematik  bilish 
metodlari qanchalik mukammal bo‘lmasin, ular intuitsiya, tusmol,  faraz,  sezgirlik, yorishish 
o‘rnini bosolmaydi, deydi. 
Intuitsiya tasavvur bilan uzviy bog‘liqdir, chunki biz biror narsani tasavvur qilar ekanmiz 
shu tasavvur qilinayotgan obrazga ilgari bilib olingan ob'ektlar belgilarini, tomonlarini intuitiv 
tarzda nisbat beramiz. 
Tasavvur  -  xissiylik,  mantiqiylik  va  intuitivlikning  qotishmasidir,  bunda  tafakkur  xissiy 
obrazlarni  umumlashtiradi  va  ularga  ma'no  beradi.  Bilishga  yangi  g‘oyalar  kerak,  ammo 
birgina  empirik  materialning  o‘zi  buning  uchun  aslo  yetarli  emas,  rivojlangan  intuitsiya, 
tasavvur, fantaziya kerak. Intuitsiya fenomeni uzoq o‘tmishdan boshlab o‘ziga e'tiborni tortib 
kelgan. Ved yaratuvchilari, Pifagor va uning izdoshlari, Aflotun va Aristotel o‘zlari bevosita 
bilish deb tushungan intuitsiya jumbog‘ini ochib berishga uringanlar. 
XVII  asrda  R.Dekart  intellektual  intuitsiya  haqida  ta'limot  yaratadi.  Dekartning  fikricha, 
ilmiy  bilish  asosida  yotgan  boshlang‘ich  g‘oyalarning  haqiqatligi  intuitiv  tarzda  anglab 
yetiladi,  bilish  sub'ektining  aqli  bilan  bevosita  aniqlab  olinadi.  Intuitiv  bilimga  o‘z-o‘zidan 
ravshanlik,  aniqlik  nisbat  berilgan.  Dekart  intuitsiya  inson  aqlining  tug‘ma  qobiliyati, 
intuitivlik  bilan  ratsionallik  bir-biri  bilan  bog‘lik,  lekin  intuitivlik  birinchi  o‘rinda  turadi  va 
bilishning oliy shaklidir deb hisoblagan. 
Intuitiv bilishning  to‘satdan, yorishish yo‘li  bilan paydo bo‘lishi, natijaning  aniqligi, uni 
mavjud ma'lumotlardan chiqarib bo‘lmasligi, muammo yechimining to‘g‘riligiga ishonch va 
uni mantiqiy asoslash zarurligini tushunish xissi kabi o‘ziga xos belgilarini qayd etmoq lozim. 


Fanda ko‘pgina kashfiyotlar intuitiv tarzda amalga oshirilgan. Hozirgi zamon matematikasida 
yaxlit bir yo‘nalish: intuitsionizm mavjud. Unga nemis filosofi I.Kant, fransuz matematigi va 
faylasufi A.Puankare va gollandiyalik matematik L.Brauer asos solganlar. 
Geometriyada intuitsionizmni asoslab bergan Puankarening fikricha, bilish jarayonida ijod 
qilish intuitsiyani, g‘ayrishuuriy ishni albatta o‘z ichiga oladi. Bilish quyidagi bosqichlardan 
tarkib  topadi:    birinchi  urinishda  jo‘yali  hyech  nimaga  erishib  bo‘lmaydi,  so‘ngra  ozdir-
ko‘pdir  uzoqroq  tanaffus  boshlanadi,  uning  davomida  g‘ayrishuuriy  ish  qilinadi,  shundan 
keyin  ongli  ishning  yangi  bosqichi  boshlanadi,  u  ham  natijasizdek  tuyuladi,  lekin  to‘satdan 
yorishish  sodir  bo‘ladi,  hal  qiluvchi  fikr  tug‘iladi,  so‘nggi  zaruriy  bosqich  -  vazifaning 
olingan  yechimini  tekshirib  ko‘rish.  G‘ayrishuuriy  intuitiv  ish  faqat  undan  oldin  va  undan 
keyin  ongli  ish  bo‘lgan  taqdirdagina  samarali  bo‘lishi  mumkin.  Puankare  bilish  natijalarini 
ularning aniq bo‘lib tuyulishiga va intuitiv aniqligiga qaramay, albatta tekshirib ko‘rish zarur 
deydi. 
Intuitiv  yorishish,  tusmollab  bilish  tegishli  muammoni  hal  qilishga  olib  kelgan  yo‘llarni 
insonning o‘zi aniq anglamagan holda o‘z-o‘zidan, bexosdan, to‘satdan amalga oshadi. Bunda 
turli  kishilarda  turli  sharoitlarda  intuitsiya  ongdan  turli  darajada  uzoqlashgan  bo‘ladi. 
Intuitsiya  olingan  natijaning  mazmuni,  harakteri,  o‘rganilayotgan  hodisaning  mohiyatiga 
qanchalik chuqur kirib borishi, sub'ekt uchun shaxsiy ahamiyati bo‘yicha  o‘zining individual 
xususiyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga intuitsiya nafaqat hissiy bilishdan, nafaqat abstrakt 
mantiqiy  bilishdan  iborat.  Unda  bilishning  shu  ikkala  jihati  mavjud,  lekin  ular  doirasidan 
tashqariga chiquvchi narsa ham borki, bu intuitsiyani shu shakllardan birontasiga ham mansub 
deb  qarashga  imkon  bermaydi.  Shuning  uchun  hozirgi  zamon  bilish  nazariyasida  intuitiv 
bilim hissiy bilishga ham, ratsional bilishga ham teng ahamiyatli bo‘lgan o‘rin egallaydi. 
 
3-bob. GNOSeOLOGIYaDA HAQIQAT MUAMMOSI 
 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish